Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
yetarlik har xil asbob-uskunalar tayyorlash, albatta, lozimdir. Unga keraklik yaroq 
jabduqlar, quruvchi usta-ishchilar, boshqaruvchi o‘tkir ko‘zlik muhandislar hozirlangan 
so‘nggida vaqti yetib sharoiti kelar ekan, davlat binosi shaksiz quriladi demakdir. Endi bu 
maqsadni qo‘lga keltirishga zamonaviy ilm-hunarni to‘liq ravishda o‘zlashtirib, tarixiy 
an’analarimizdan ajramasdan diniy ruhimiz, milliy hissimizni qo‘ldan bermasligimiz eng 
birinchi shartdir. 
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Akamiz boshliq qarindosh-urug‘lar bilan ko‘rishib, 
zamona ahvoli bilan tanishganimizdan so‘ngra, o‘z joyimiz Bolosog‘un-To‘qmoq shahriga 
qaytmoqchi bo‘ldik. Kelgan yo‘limiz tog‘ safarining xatarlaridan saqlanib, poezd bilan 
Toshkent orqali ketmoqchi bo‘lsak ham, u kunlardagi tartibsizliklar sababli bir hafta, o‘n 
kunlab poezd bileti ololmay yurgan kishilarni ko‘rgach, yana tog‘ yo‘li bilan qaytishga 
to‘xtaldik. Qaytish kunlarimizda bosmachilar joylashgan qishloqlarni oralab o‘tishga 
to‘g‘ri kelganlikdan otlarimizdan ajralib qolish qo‘rquvi bo‘lsa ham, xatarli joylardan 
salomat o‘tib, tog‘ ichiga kirdik. Ketman dovonidan o‘tib, yo‘l o‘rtalanib qolgach, 
qarasak, bosmachilar sababli o‘tkinchilarni tekshirish uchun yo‘l bo‘yiga soqchi askarlar 
qo‘yilmish ekan. Ularga uchrashishlik ham, uchrashmaslik ham xa-tardan xoli 
bo‘lmaganlikdan, dushman yuzini ko‘rmaslikni ortiqroq ko‘rib, yo‘l chalg‘itib qutulib 
ketdik. Ular bizni qanday qilib ko‘zlaridan yo‘qotib qo‘yganliklarini o‘zlari ham bilmay 
qoldilar. Ular ko‘zidan uzab olgach, o‘y-qirlik dalalari ko‘p tog‘ orasidan tizgin tortmay 
chopganimizcha, keng bir tekis yaylovga chikdik. 
Tun qorong‘usi emas, to‘liq oydin kechasi bo‘lganlikdan, yirokdan bizga qarshi 
kelayotgan bir to‘p otliq kishilarning qorasi ko‘rindi. Oldimda ot tosqog‘i (elishi) bilan 
ketayotgan yo‘ldoshim Ibiloxun qanday qilamiz deganday qilchayib (bezovtalanib) 
menga qaray bergach: «Shu yurishingni buzma, yo‘ldan chiqmay, shu chopg‘aningcha 
yuraber», dedim. Oramiz bir-ikki chaqirimcha qolgan edikim, biz tortinmay to‘g‘ri 
kelayotganimizdan cho‘chishgan bo‘lishlari kerak, to‘g‘ri yo‘ldan tog‘ tomonga burilishib, 
ko‘zimizdan g‘oyib bo‘ldilar. Bularning bizdan qochqaniga qaraganda, ular 
Qirg‘izistondan O’zbe-kistonga yoshirincha qatnovchi savdogarlar deb o‘yladik. Shu bilan 
orada bir qo‘nib, Qalmoqoshuv orqali Merki shahriga tushib, undan uch qo‘nib 
To‘qmoqqa yetdik. Bu safarimizning borish-kelishi yaqin bir oy chamali bo‘lmish edi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə