Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
O’rta asr vahshiylari — mo‘g‘ul askarlari o‘z vaqtida islom markazi bo‘lgan Bag‘dod 
shahriga bosib kirganlarida, ular nazdida o‘ljaga arzimas, g‘oyat qimmatbaho, nafis, 
nodir kitoblar Dajla daryosiga tushganlikdan, olti oylab daryo suvi qorayib oqqanligi 
tarixlarda yozilmishdir. Undan ham jirkanchli ishlarga yigirmanchi asrda madaniy 
yirtqichlar hoki-miyati davrida yo‘l qo‘yilganlikdan, anchagina tarixiy asarlarimizni, xalq 
qo‘lida saqlanib yotgan qimmat-baho, nodir qo‘lyozma kitoblarimizni egalari 
qo‘rqqanlaridan o‘tta yoqtirib, suvga oqizishga majbur bo‘lmish edilar. Yolg‘iz o‘zimning 
To‘qmoq, So‘qulukdagi biror arava kelgudek har turli kitoblarim esa, shu ko‘milganicha 
chirib yer ostida qolmishdir. Bu kabi fojialar yolg‘iz chet o‘lkalardagina emas, balki 
hukumat mar-kazi Petrograd kutubxonalarida ham bo‘lmish edi. Shundoqqi, butun islom 
olami ko‘z tikkan, 1300 yildan ortiq tarixiy sharafga ega bo‘lgan Mushaf Usmoniy, ya’ni 
hazrat Usmon ustida shahodat topgan Qur’-on, shu kutubxonada saqlanib kelar edi. Oti 
musul-mon bir necha gumrohlar tomonidan uning anchagina varaqlari olinmishdir. 
Marhum Tatariston muftiysi hazrati Rizafahriy boshliq Musohazrat va boshqa olimlar bu 
fojiadan xabar topgach, darhol chorasiga kirishib, bu ulug‘ tarixiy Qur’on shu kunga davr 
saqlanib qolinishiga sababchi bo‘ldilar. Alloh ularni rahmat qilsin! Hozirda esa bu Qur’on 
Toshkent muzeyxonasida saqlanib, chetdan kelgan sayohatchilarga, ayniqsa 
musulmonlar uchun bek hurmatli nodir estalik hisoblanadi. 
Shunday qilib, Qorako‘l shahrida bir oy — qirq kun chamali turg‘anim so‘nggida, u 
yerdan qaytib To‘qmoqqa keldim va yana bir voqea ustidan chiqdim. Shundoqki, hozirgi 
kunlarda Arabistonda turishgan Oltinxon, Mubashshirxonlarning ustozi, asli Koson 
zodagonlaridan, Farg‘ona viloyatida obro‘yi baland bo‘lgan, zamonasiga ko‘ra ulug‘ 
olimlardan sanalgan, marhum Nosirxon to‘ra kommunistlarga qarshi qo‘zg‘o-lon 
ko‘tarmish edi. Nima qilishlarini bilolmay, suvga oqqan kishiday hayronlikda turgan 
musulmonlar, o‘z diniy olimlarini ilohiy kuchdan xoli bo‘lmasa kerak deb gumon 
qilganliklaridan, mol-jonlarini ayamay, u kishiga qo‘shiluvchilar o‘lka bo‘ylab ko‘paymish 
edi. 
Biroq, ish vaqtidan o‘tgan, ne fursatlar qo‘ldan ketgan edi. Uzoq-yaqindagi 
bolsheviklarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar butunlay bostirilib, ishlari markazga 
bog‘lanmish edi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning «Har oqil kishi o‘z 
zamonasiga tushungan bo‘lsin», degan hikmatlik so‘zlariga amal qilish va 
payg‘ambarimizning 23 yillik nubuvat davridagi ibratlik tarjimai holidan xabardor bo‘lish 
hammadan ko‘proq islom olimlariga lozim edi. Zamonaviy siyosat olamidan xabarsiz 
bo‘lganlikdan u kishining butun ishlari teskarisiga aylandi. Yolg‘iz qo‘zg‘olonchilargina 
emas, shular bahona o‘zlariga to‘g‘ri kelmagan, ikki kishiga so‘zi o‘tarlik odamlardan 
Namangan, Koson atroflari bilan hech joyda qoldirmay, otib-chopib o‘ldirdilar. Qolgan 
qo‘lga tushganlari qattiq qamoqda yoki uzoq surgunlarga yuborilib, yo‘qotildi. Bechora 
Nosirxonto‘ra qochib yurgan yeridan ikki o‘spirin o‘g‘li bilan ushlanib, Toshkentga 
keltirilgan so‘nggida, eng qattiq, yer osti, qorong‘u zindonda yotqonlig‘ini eshitgan edik. 
So‘ngra ikki o‘g‘li bilan birlikda o‘lim jazosi berilib, dunyodan yo‘qotilmishdir. Agar 6u 
kishi o‘rnida siyosat olamidan xabardor, onglik boshqa birov bo‘lganida, ishni boshqacha 
tashkiliy ravishda olib borar edi. Bu qadar ulug‘ qo‘zg‘olon maydonida to‘kilgan yerlik 
xalq qonlari bekorga ketmas edi. Chunki, janubiy tomondagi Afg‘on va Hindiston 
chegaralari qo‘lga keltirilsa, u yoqdan yordam yetkazish imkoniyati tug‘ilmish edi; 
ongsizlik shumligidan shu ishni bajara olmadilar. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə