Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc


SHARQIY TURKISTONGA O’TISHGA HARAKAT



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120
SHARQIY TURKISTONGA O’TISHGA HARAKAT 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Bu ish (Nosirxonto‘ra qo‘zg‘oloni) boshlanish oldidan Qirg‘iziston atrofiga va boshqa 
joylarga maxsus kishilar yuborilmish ekan. Xudo saqlab, u kunlari men Qorako‘lda 
bo‘lganim uchun hech ishdan xabarim yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham uyga kelib, hafta 
o‘tmay, shu chog‘dagi vahshiylik odatlari-cha, shirin uyqu, tun yarimida GPU jallodlari 
tomdan tushib, meni bosdilar. Kecha qorong‘usida qurollik harbiy kishilarga tuyuqsizdan 
ko‘zlari tushib, qo‘rqqanlikdan mo‘ltirashib turgan xotin-bolalar hollarini nima deb 
aytishga to‘g‘ri keladi? Shuning uchun bu kabi dahshatlik ko‘rinish ko‘rmagan ko‘p 
kishilar yurak o‘ynaq kasalliklariga yo‘liqmish edi. So‘ngra ko‘zga ko‘ringan 
yozuvchizuvlarni yig‘ishtirib, meni hay-daganlaricha, Pishpekga keltirgach, hech nima 
so‘ramasdan yer osti uyi — zindonga kirgizib qamab qo‘yish-di. Bu yo‘li ushlanib, uch oy 
chamali yotganim ichida har yoqlama qattiq tekshirish o‘tkazgan so‘nggida, bu ishdan 
mening xabarim yo‘qligi bular oldida aniq-lanmish edi. Shu bahona bo‘ldi, haqiqatda esa, 
g‘oyi-biy kuch yordami yetti bo‘lg‘aykim, bu kabi dahshatlik qamoq balosidan ko‘p 
uzoqlamay yana qutulib chiqdim. 
Endi bundan buyon bu yerda turishim o‘z boshim yoki dinim uchun xatarlik ekanligini 
aniq tushunmish edim. Shuning uchun G’ulja tomon ketmoqchi bo‘layotgan do‘st 
kishilardan Abish degan qirg‘izga yo‘liqib, u bilan safar yo‘ldoshi bo‘lishga va’dalashib, 
ikkovimiz qo‘l olishdik. So‘ngra bek soqlik bilan safar jamalg‘asini qilishga kirishdim. Ot-
uloq, oziq-ovqat tayyorlangach, 1930 yili sentyabr oyi boshlarida qo‘l olishgan 
yo‘ldoshim Abish keldi. Men shu kunlarda esa To‘qmoqdan olti chaqirim bo‘lgan 
Sho‘rtepadagi yerimda deh-qonchilik ishlari bilan quymalashib yotgan edim. Ishlarim 
chala bo‘lsada mo‘ljalim buzilmasligi uchun, borlig‘in Tangriga topshirib, oqshom nomozi 
o‘tagan so‘nggida chalaqozoq tog‘alardan Abdurashid xo‘ja, tun-gon Mokemir, 
yo‘ldoshchi qirg‘iz Abish — to‘rt kishi otlanib el yota To‘qmoqdagi qo‘roga keldik. 
So‘zim shu yerga yetgach ko‘nglim munglanib, ko‘zim yoshlandi, chunki yuqorigi 
yo‘ldoshlarim va bulardan boshqa ko‘p sonli mungdoshlarimdan endi hayot olamida 
birorta ham kishi qolmapti. Yoshlik — yigitlik chog‘larimdan beri xalq uchun boshlangan 
g‘am-qayg‘ulik kunlarim esa, umrim davomicha uzilmay shu hozirgi dav-riga erishdi. 
Ko‘z ochkan kunimdan boshlab ko‘zlagan maqsadim — Sharqiy Turkiston ozodligi — 
qanchalik to‘kilgan Vatan bolalarining muqaddas yosh qonlari hisobiga qo‘lga kelmish 
edi. Nachoraki, o‘zini ezilgan-yanchilgan xalqlarni zolimlardan qutqazuvchi, dunyo 
bo‘yicha haqsiz-mazlumlarga yordam beruvchi hisoblagan aldamchi, kazzob Stalin 
hukumati olti million uygur musulmonlarini o‘z foydasi uchun qurbon qildi. Ko‘yni qashqir 
ogzidan qutqardi, lekin kechqurun qo‘l-oyogini boglab qassobga topshirdi. Ko‘ring, endi 
shu kunlarda (1967 yil) bu bechora mazlum qardoshlarimiz Xitoy bosqinchilari, yirtqich 
kommunistlar tish-tirnoqlari orasida chaynalib; diniy, milliy huquqlari buyon tursin, 
insoniy huquqlaridan ham butunlay ajrab, yutilish oldida turibdilar. Agar biror ba-hona 
bo‘lib, umumiy dunyo siyosati o‘zgarmas ekan, Chiqish, Botish — ikki Turkiston ahllari 
ko‘p uzoqlamayoq bosqinchilar to‘lqinlari ostida ko‘milib ketishlari mumkindir. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shu kecha oilam ustiga tuyuqsizdan kelib, ulardan uzilib 
chiqishimdagi tortgan ruhiy-vijdoniy azoblarimni eslasam, oradan 40 yil o‘tgan bo‘lsa 
ham, o‘sha fojia zarbasidan ko‘nglim yarasi hali ham bitmaganlikdan, qalamim uchidan 
oqqan qora siyoh u kunni eskarib qonga aylanur edi. Chunki, hech ishdan xabari yo‘q 
marhuma onalari boshliq u kunda barisi yosh, uyg‘oq — uyquluq o‘g‘il, qizlarim ustilariga 
tun qorong‘usida eshikdan kirib kelishim bilan, barilari ko‘zimga jaldirashib qarab 
turishdi. Endi sizlarni Allohga topshirdim. Yer usti tor ko‘rinib, hech joyga sig‘may 
qoldim, yo‘ldoshlarim ko‘chada qarashib turibdi. «Omin» denglar deyishim bilan, cho‘ng-
kichik demay uvvos tortqonlaricha qo‘l-oyoqlarimni quchoqlashib, «Bizni kimga tashlab 
ketasiz?» - deb yig‘lashgani turdilar. Ko‘nglim buzilib boshimga tog‘ ag‘darildi, nima 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə