Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
kishilarni, ko‘ngilsiz kuyalarni oralagancha Xo‘tan ariq bo‘yida ota mahallamizdagi 
pochchamiz Abdullahoji uyiga tushdik. U kecha orom olib, ertasiga Olimxonto‘ra akamiz 
bilan ko‘rishgandan keyin, bu yerda haftao‘n kunlab turishga to‘g‘ri keldi. Shu muddat 
ichida ko‘pgina kishilar bilan so‘zlashgan bo‘lsam ham, u kunlarda dushmanlar 
tomonidan qo‘llanilayotgan siyosat sehriga tuvalik (asosi bilan, tag-tugi bilan, chuqur) 
tushungan birorta kishini uchratolmadim. Shundoqqi, Maskov sehrchilari «bosmachi» 
nomida chiqqan qo‘zg‘olonchilarni hech kimga tuydirmay (bildirmay, sezdirmay) 
o‘zlarining eng yaqin qurollik askarlari qatoriga qo‘yib, ulardan foydalanmoqda edilar. 
Chunki, inson nasli yer ustiga taqalgandan beri hech davrda ko‘rilmagan buzuq, 
jirkanchli tuzumini bolsheviklar hech kimga qabul qildirolmagach, insonning hayotiy 
yemak-ichmak oziq-oqatlariga osilib, biror kishi uyida don urug‘idan ortiqcha hech narsa 
qoldirmay yig‘ib olishdi. Shu orqalik xalqni och o‘ldirish qo‘rqinchi bilan o‘zlariga 
bo‘ysundirmoqchi bo‘ldilar. Lekin bu zulmlarini shahar ichlarida qamov dov kabi har 
turlik vahshiyliklar orqali tezda bajara olgan bo‘lsalar ham, shahar atrofi qishloqlarda 
sharoiti to‘g‘ri kelmagach, bu siyosatni yurgiza olmadilar. Chunki, bu kabi boshi tuyuq 
(berk), qorong‘u ko‘chaga xalqni kirgizish faqat iqtisodiy, siyosiy majburlik orqaligina 
bo‘lishi mumkindir. Shuning uchun bolsheviklar atrofdagi o‘zlariga qarshi bosh 
ko‘tarishgan nodon dushmanlarga ostirtdan (yashirincha, pinhona) qurol yetkazib turish 
siyosatini qo‘lladilar. 
O’lka bo‘yicha o‘n mingdan oshiq taxminlangan qo‘zg‘olonchilar askarlarini bir 
maqsad, bir nuqtaga kelti-rib, bir tug‘ ostiga to‘plagudek yerliklar ichidan ishga yaramlik 
birorta odam chiqmaganliqdan, bu qora botirlar nima qilishlarini bilmagach, o‘zlarini 
ta’minlash uchun xalq boyligini talashga kirishdilar. Natijada butun xalq borliq 
boyliklaridan ajrab, qanot-quy-rug‘i yulingan qarg‘adek och-yalang‘och, bir tishlam 
nonga zor bo‘lgan holda «gah» desa qo‘lga qo‘ng‘udek bo‘ldi. Zamonga tushunmagan u 
qora botirlarga xalqning naf-rati oshdi va ular bosmachi degan nomni oldi. 
Bularning ichida bir oz bo‘lsa ham zamonasiga tushungan, xalq oldida hurmati bor, 
ishonchligi ortgan Madaminbekni o‘rtadan ko‘tarish zarur bo‘ldi. Qandaydirki, 6u 
masalani qurol kuchi bilan emas, balki makr-hiyla orqalik hal qilishga kirishganlikdan 
tubandagi moddalarni qabul qilgan bo‘lib, u bilan 6itim tuzmish edilar: 
1. Farg‘ona muxtoriyatini tasdiqlash. 
2.
Sharoitga qarab o‘n mingdan qirq minggacha Madaminbek qo‘l ostida milliy askar 
saqlash va bularning qurol-yaroqlarini markaziy hukumat tomonidan ta’minlash. 
3.
O’quv-o‘qituv ishlari yerlik hukumat ixtiyorida bo‘lib, o‘z ona tillarida yurgazish. 
4. Musulmonlarning diniy va o‘zaro da’vo ichki ishlari butunlay o‘z qo‘llarida bo‘lish va 
shariat buyrug‘icha amalga oshirish. 
Mana shular kabi eshitishga ancha foydalik ko‘ringan ishlar bilan kelishim tuzilgan 
so‘nggida (1920 yillar) Madaminbek Toshkentga chaqiriladi. Uning kelish hurmati uchun, 
chet davlatdan kelayotgan hukmdorlarga qilgandek, ko‘chalar bezatilgan holda tantana 
bilan qarshi olinib, katta marosim o‘tkazilmish edi. Buni ko‘rgan musulmonlarning ruhlari 
ko‘tarilib, tarixiy an’analari qo‘zg‘olganlikdan milliy ozodlik umidi bilan milliy 
hukumatlarini eskarmish (eslamish, yodiga tushirmish)
edilar. Bundan foydalangan 
Vatan bosqinchilari o‘zlarining oldindan o‘ylab qo‘ygan makr-hiylalik rejalarini tezlik bilan 
amalga oshirish siyosatiga kirishdi. Yo‘q esa har ikki tomon rizoligicha to‘xtam qilingan 
bitim moddalarini xalqaro qonun bo‘yicha amalga oshirishlari lozim edi. 
Bunga qaramay bekka iltimos qilgan bo‘lib, Farg‘onada qolgan Ko‘rshermat, Xolxo‘ja 
kabi qo‘zg‘olonchilarni ham Toshkentga keltirishni unga taklif qildilar. Bu ham «Ular 
mening so‘zimdan chiqmaydi» deb, ishonganlikdan ehtiyot yo‘lini o‘ylamay to‘g‘ri bular 
oldiga kelmishdir. Holbuki, makkorlar allaqachon o‘z qo‘llari bilan chuqurlar tayyorlab 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə