Nizomiy nomidagi davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə1/3
tarix10.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#132883
  1   2   3
2 O‘ZBEK BASTAKORLIGIDA MAHALLIY USLUBLAR


NIZOMIY NOMIDAGI DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FAKULTET: MUSIQA MADANIYATI
(101 GURUH)


MUSTAQIL ISH
MAVZU: O‘ZBEK BASTAKORLIGIDA MAHALLIY USLUBLAR




TASHPULATOV NEKRUZ HUSNIDDINOVICH
KIRISH
O‘zbek xalq mumtoz musiqa ijodiyoti xalqimiz ma’naviy
merosining negizlaridan hisoblanadi. Moddiy-ma’naviy boyliklar
asosida yuzaga kelgan ulkan merosning zaminida xalqimizning
milliy an’analari, qadriyatlari mujassam topgan. Ma’naviy merosni
o‘rganish, zamonga mos rivojlantirish har bir davr taraqqiyotining
asosiy omillaridandir. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
belgilangan asosiy masalalardan biri ham kelajak avlodning
kamolotida, ta’lim-tarbiya berishning maqsadi yosh avlodni istiqlol
mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida
tarbiyalash va musiqa ta’limiga tayyorlashdan iborat ekanligi e’tirof
etilgan.
Xalqimizning milliy-ma’naviy merosini musiqa san’atisiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib,
qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz,
an’anaviy tarzda avlodlardan avlodlarga o‘tib, xalqimizning buyuk
ma’naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti,
musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san’ati, kasbiy
musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Chunonchi, bu jarayon
musiqa san’atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo‘lgan
tarmoqlari uchun asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalar kabi milliy musiqa
san’ati ham nazariy hamda amaliy jihatdan keng o‘rganilib, har
tomonlama ravnaq topib kelayotganligi sir emas. Buning asosiy
sabablaridan biri respublikamizda xalqimiz o‘tmishini o‘rganishga,
buyuk allomalar yaratgan ilmiy merosni idrok etishga, sohaning
amaliyotini o‘zlashtirish bilan birga nazariy mezonlaridan bilim olishga katta e’tibor qaratilayotganligidir. Asosiy maqsad ham yoshlarimizni
komil inson sifatida tarbiyalash, hech kimdan kam bo‘lmagan
barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, «Vatanimizning
kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon
hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning
unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga
bog‘liq»
Darhaqiqat, san’at millatning ma’naviy boyligi, hayotining
ko‘zgusidir. San’atlar ichida musiqa xalqqa tez yetib boradigan,
keng ommalashgan turi hisoblanadi. Musiqa san’ati o‘zining
qadimiyligi, janrlarga boyligi, mazmun-mohiyatan keng qamrovliligi,
ommabopligi bilan jamiyat turmush hayotining ajralmas qismiga
aylanib ulgurgan. Musiqa san’atining muhim tarmog‘i musiqa ijodiyoti va
ijrochiligidir. Musiqiy namunalar yaratilish va ijro etish kabi
mezonlarni o‘z ichiga oladi. Ularni tugal asar shakliga keltiradigan,
ohang va sadolar orqali insonga ruhiy ozuqa beradigan kuy va
qo‘shiqlarning yaratilishi bastakorlik ijodiyoti bilan bog‘liqdir.
Bu, albatta, musiqa san’atining eng muhim tarmog‘i hisoblanadi.
Demak, musiqa yaratuvchilari, ya’ni bastakorlarning ijodiyoti
xalq ma’naviyati, madaniyati, tarixi, an’ana va qadriyatlari haqida
ma’lumot beruvchi axborot manbayi vazifasini ham o‘taydi.
Bastakorlik san’ati juda keng tushunchadir. Oddiy qilib aytganda,
xalq musiqasi ham xalq tomonidan ommaviy tarzda yaratiladi va
ijro etilib kelinadi. Demak, bu ham bastakorlik san’atining bir
ko‘rinishidir. Faqat ular xalqimizning hayoti, voqelik, marosim va
udumlariga bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Ana shu jarayonning
ravnaqi, ya’ni milliylikning rivoji, xalqimizning tafakkuri,
ma’naviyati, ma’rifiy kamoli, jamiyat rivoji va buyukligini musiqiy
ohanglarda muayyan shakllarga solib tasvirlab berish – bastakorlik amallari desak to‘g‘ri bo‘ladi. Zotan, bu amal muayyan shaxs, ya’ni
musiqa bilimdoni tomonidan amalga oshiriladi. Eng muhimi shundan
iboratki, bastakorlik ijodiyotining mahsuli, xalqning ma’naviy
dunyosini zamonasiga mutanosib holda aks ettirib, yana xalqqa
taqdim etishdan iboratdir. Unda zamon nafasi, milliy an’analar,
xalqning dunyoqarashi, ruhiyati, falsafasi, e’tiqodi, estetikasi kabi
jihatlar mukammal uyg‘unligini topishi lozim.
Musiqashunoslik ilmida bastakorlik ijodiyotini o‘rganish va tahlil
etishga alohida e’tibor berib kelinganligini qayd etish lozim. Ushbu
ilm-fan yo‘nalishida, folklor va og‘zaki professional musiqaning
o‘ziga xosliklari, yaratuvchi namoyandalari haqida so‘z yuritilgan
ilmiy risolalar, monografiya va ilmiy maqolalar orqali bastakorlik
ijodiyoti yoritilib kelinadi. Bastakorlik ijodining nazariy va amaliy
ildizlari haqida ko‘plab olimlarning ilmiy izlanishlari, ushbu soha
tushunchasi hamda qarashlarni kengaytirishga qaratilgan. Shulardan
Al-Kindiy, Al-Forobiy, Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvesh
Ali Changiy kabi allomalar hamda zamonamizning musiqashunos
olimlari I. Rajabov, F. Karomatli, T. Vizgo, M. Ahmedov,
K. Olimboyeva, A. Jabborov, T. G‘ofurbekov, O. Matyoqubov,
R. Abdullayev, R. Yunusov, A. Nazarov kabilarning ilmiy-tadqiqot
ishlarini keltirish lozimdir.
Hozirgi davrga kelib, o‘zbek an’anaviy musiqa ijrochiligi har
tomonlama mukammal, teran mazmunli, an’ana va zamonga mos
sayqal topayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bu, albatta, mustaqillik
davrida milliy musiqa ijodiyoti va ijrochiligiga bo‘lgan e’tiborning
yuksakligidir. An’anani saqlab, davom ettirish uchun davr yoshlari
mohir ijrochi bo‘lishlari barobarida, kelgusida shu sohaning
yetuk mutaxassisi, kamolotga yetaklovchi o‘qituvchisi, ya’ni har
tomonlama bilimdon ustoz sifatida kamolga yetishishlari lozim.
Ma’lumki, XX asr musiqa ijodiyoti yangi oqimlar bilan boyidi.

Reja:


  1. Musiqa-Bastakor-mumtoz musiqa yo`nalishining uslublari

  2. Xorazm,Surxondaryo-Qashqadaryo, Farg`ona vohalarini mahalliy uslublari

  3. XX-asrning o`zbek bastakorlik ijodi



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə