Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
oshiruvchi musulmonlar har ikki dunyo davlatiga, albatta, ega bo‘ladilar. Bu so‘zning 
haqligiga hech shak yo‘kdir. Islom davlatining avvali, ayniqsa, hazrat Umar davridagi 
islomning shon shavkati bu so‘zni aniq isbotlaydi. Turkiya sultonlaridan Sulton Sulaymon 
davrida deyarlik butun Ovrupo hukumatlari islom podshohining buyrug‘iga bo‘ysunmish 
edilar. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Bu ummatim avvalda nima bilan 
ko‘tarilgan bo‘lsa, oxirida ham shu bilan ko‘tariladi», dedilar. Ma’lumdirki, Rasululloh 
davridan boshlab, islom taraqqiyoti davomida islom podshohlari oldida, Qur’on hukmi 
birinchi qo‘llanma bo‘lmish edi. 
Endi yuqoridagi so‘zlardan ochiq ma’lum bo‘ldiki, ilm-hunardan orqada qolib, 
boshqalar oyoq ostida ezilgan musulmonlar Kur’on hukmini amalga oshi-rolmay, haqiqiy 
islomiyatdan bahra topmagan ekanlar. Yo‘q esa, Qur’on hukmlari, asosan, uch ishga 
to‘xtalmish: 
1. ittifoqlik; 
2. zamonaviy ilm-hunarni o‘rganib, har ishning sabablarini imkoniyat boricha 
to‘liqlash; 
3. dushman qarshisida o‘limdan qo‘rqmaslik. 
Mana shu uch narsaga hayot olamida har kim ega bo‘lar ekan, o‘z Vatanlarini, butun 
insoniy huquqlarini bosqinchi dushmanlar hujumlaridan, albatta, saqlay oladilar. 
Afsuski, biz yaqin o‘tmishimizda ham jirkanchli ittifoqsizlik sababli o‘z davlatimizdan 
ajradik. 1840 yillardan boshlab ruslar O’rta Osiyoni istilo qila boshladilar. Bu yerda uchta 
xonlik bor edi: Buxoro amirligi, Xo‘qand va Xiva xonliklari. Ovrupoda ilm madaniyat 
taraqqiy qilib, butun insoniyat olamiga uygonish yoedusini socha boshlagan bir davrda 
bu xonliklar xurofot botqogiga botib, johiliyatning nihoyatiga yetgan edilar. Ne 
qobiliyatlik Vatan o‘glonlari o‘zlarining aziz umrlarini Buxoroning qadimgi eski 
madrasalarida arabiy, forsiy tillarni o‘rganish bilangina o‘tkazdilar. 
Forobiylar, Ibn Sinolar chiqqan bu ulug Vatanning va millatning kelgusi istiqboli uchun 
hech kim qaygurmas edi. Shunday ahvolda bo‘lishlariga qaramay, ittifoqsizlik balosining 
eng yuqori bosqichiga yetganliklarini ko‘rsatib, dushmanga qarshi birlashish o‘rniga 
doimo o‘zaro nizo va qon to‘kishlar bilan shugullanib keldilar. Inqiroz bo‘lish oldida 
turishlariga qaramay, ilmsizlik natijasida, buning oldini olish uchun qo‘llarida bor 
imkoniyatdan ham foydalanolmadilar, keraklik sabablarini qilmadilar. O’qish o‘qitish 
ishlari o‘rta asrdagidan farqi yo‘q edi. Yetarlik iqtisodiy boylik mavjud bo‘la turib, 
davlatning mudofaa ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Askariy tartib shu eski 
usulda bo‘lib, nizomiy tartib kirgizilmagan va zamonaviy qurollar yo‘q edi. Bunday ongsiz 
hukumatning inqi-roz bo‘lishi tabiiydur. Bular Vatan va millat ol-dida eng kechirilmas 
jinoyatchi odamlar, chunqi davlatlarini inqirozga, millatlarini qullikka, Vatanlarini xorlikka 
olib keldilar. Qani, Kur’on hukmiga ularning amal qilganliklari? 
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Shu bilan Qorate-pa qo‘rg‘onidan o‘tgandan so‘ngra 
dovon ustiga qarab tirmashdik. Ba’zi bir tog‘larda tutaklik (ciyrak, kislorodi kam) havo 
borligini xalq og‘zidan eshitgan bo‘lsam ham, o‘zim ko‘rmagan edim. Yo‘lning qiyinligi, 
tog‘ning tikli-gidan ot ustida turolmay, hammamiz otlarimizdan tushib, yayov yurishga 
majbur bo‘ldik. Biroz yurganimizdan keyin yuragimiz urib, suvlig‘imiz (tomog‘imiz) qisila 
boshladi. U tog‘larda tutak borlig‘idan xabarimiz bo‘lmagani uchun tibbiy tomondan 
uning chorasini oldinroq ko‘rmagan ekanmiz. Yigitligim to‘liq, tanim sog‘ tutagi yo‘q 
tog‘larda takadek sakrab yurgan kishi edim. Bu yerda esa bir qadam yuqori bosishga 
hech qaysimizda quvvat qolmaganligidan ot quyrug‘iga osilishib, ming turli qiyinchiliklar 
bilan zo‘rg‘a dovon ustiga chiqdik. Qarasak, dushmanga qar-shilik ko‘rsatish uchun tog‘ 
cho‘qqisidagi qisiq joyga ilgari ham cheb (chegara, post) bog‘lamish ekanlar. Dovon 
oshib, tutakdan qutilgach, tog‘ tagida ko‘rinib turgan qirg‘iz Solmirza saroyiga kelib 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə