Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
balo ofatlarni ko‘rib, boshidan kechirgan bo‘lsalar ham, shu kunlarda bizlarning bosh 
ustimizga kelib o‘rnashgan dinsizlik balosini ko‘rmagan edilar. Ayniqsa, bu balodan 
boshqalarga qaraganda eng qat-tiq zararlanganlar biz Turon Turkiston musulmonlari 
bo‘ldik. Chunki, chor bosqinchilarining shum qadamlari yetgan kundan boshlaboq o‘z 
hukumatimizdan ajragan bo‘lsak ham, diniy, milliy, vataniy huquqlarimiz o‘z qo‘limizda 
edi, qachonki bu madaniy yo‘qsillar qo‘liga hukumat o‘tdi ersa, shu kundan bosh-lab 
yuqoridagi huquqlarimizdan ham ajradik. 
Nega bunday bo‘ldik? deganimizda, Qur’onning aytishicha, bandaga berilgan 
ne’matlarning zavoliga o‘zi sababchi bo‘lur. Hech vaqt qaytarib olmagay, berganini 
qaytarib olishdan Alloh o‘z bandalariga nahiy qilib, ularga bu ishni loyiq ko‘rmas ekan, 
o‘ziga qanday loyiq ko‘radi? Xudo Qur’onda «Sizlarga bergan ne’matlarimga qanchalik 
shukr qilsanglar, men ham shunchalik orttiraman. Agar qadriga yetmasanglar, u 
ne’matlardan ajraysizlar, yana qattiq azoblik javobga tortilasizlar», deydi. Vatanimizni, 
dinimizni dushmanlardan saqlash, Kuron hukmicha, hamma musulmonlarga farzdir. 
Chunki, xudo Qur’onda: «Dushmaninglarga qarshi imkoniyat boricha qurol tayyor 
qilinglar», deydi. 
Rasululloh zamonlaridagi musulmonlarga o‘sha zamon qurollarini tayyorlamoq farz 
bo‘lmish edi. Bizlarga esa, o‘z Vatanimizni ozod qilish va uni saqlash uchun zamon qurol 
jabduqlarini qo‘llamoq va zamonaviy ilmlarni o‘qimoq farzdir. Agar buni qilmas ekanmiz
Qur’ondagi Alloh amriga tushunmagan bo‘lamiz. Vatanimizni ozod qilish, o‘z davlatimizni 
qo‘lga keltirish va uni saqlash uchun, har davrning o‘ziga yarasha butun sabablarini 
qilish, Kur’onda aytilgan Alloh amri deb bilishimiz kerak. Ba’zi bir johillarning 
aytganlaridek, Kur’onda: «Bu dunyo kofirlarniki, oxirat-sizlarniki», deyilgan emas, balki 
«Islom hammani yengadi, hech kimdan yengilmaydi, hammaning ustida bo‘ladi, ostiga 
tushmaydi. Har ikki dunyo yaxshiligini Allohdan so‘ranglar», deyilgandir va ham bularni 
qo‘lga keltirish choralarini ko‘rsatib, butun sabablarini to‘liqlab qilishga buyurmishdir. 
Endi xudo va payg‘ambar so‘zlarida hech shak yo‘qdir. Nima bo‘lguluq, ko‘rguluklar 
boshimizga tushdi ersa, undan ibrat olib, kelajagimizni o‘nglashimizdan boshqa uning 
chorasi yo‘qdir. 
B a y t: 
Borlig‘im saqlay desang ilm hunardan qil yaroq!
Yo‘q esa olg‘ay boringni qilmay hech kim so‘roq.
Yer yuzi o‘zgardi ammo, o‘zgarishdan bizda yo‘q,
Sindi Turkiston elining boshida yuz ming tayoq.
Och ko‘zing Turon eli, zing‘irt bo‘lurmu qo‘ychibon,
Bormu bu yongliq bulon, payqab qara boshdin oyoq!
Har o‘g‘il voris bo‘lur qolgan otaning moliga,
Bo‘ldi Turkiston elining vorisi yuzsiz qaroq.
Mol egasidur qaroqchilar bu ajoyib ishga boq!
Baxt ochilmas ul kishilar, kim erurlar ilmsiz,
Ilmsizlar xor bo‘lur xohi qarodur, xohi oq.
Qaysu millat ustidin hokimlik etsa boshqalar,
Bu kabi xorlik hayotdin o‘lganidir yaxshiroq.
Ilmu iymon ikkisidin bahralik bo‘l ey o‘g‘il!
Bu ikkovlon birla olg‘aysan qo‘lingga shamchiroq. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə