Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/80
tarix29.11.2023
ölçüsü422,56 Kb.
#139273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
ahmad lutfiy-o\'gay ona

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
yonidan ham shuncha tez ketadimi? 
Ismoil Fotima opasining ko‘nglini ko‘tarish uchun yana qaytib o‘tirdi. Sal fursat o‘tgach: 
Endi ketay, opa, — deb qo‘zg‘aldi. 
— Mayli, bor. Ammo yana kel, kutaman. 
Ismoil chiqdi. So‘ng qayoqqa ketganini hech kim bilmaydi. U ancha vaqt mahallada 
ko‘rinmadi. 
Agar go‘rkov o‘sha kuni joyida bo‘lganida, oltietti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, 
shoshapisha qabriston oralab ketganini ko‘rgan bo‘lardi. Bu bola o‘sha tunda ziyorat 
qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir 
emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuprokdagidek aftni hech yerdan, hatto otasidan ham 
topolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan o‘zi o‘rtasida begonalik paydo 
bo‘lganidan bu yerga keldi. Chopib keldi. Har kim ko‘ngilxushlik uchun shoshgan bayram 
ayyomida to‘yib-to‘yib yig‘lamoq, yillar ko‘ngliga cho‘ktirgan dardlarining bir qismini 
yengillatmoq uchun kelgandi Ismoil... 
Bayram o‘n besh kecha-kunduz bo‘ldi. O’gay onaning Ismoil to‘g‘risida bergan ma’lumoti 
otani o‘ylantirib ko‘ydi. Uning aytishicha, Ismoil teztez qayoqlargadir ketar, yarim soat, 
bir soatgacha hech kim uni ko‘rmasmish. O’zidan so‘ralsa: 
— O’ynadim, — deb ko‘ya qolar, boshqa javob olinmasdi. 
Yangi xotinning ra’yiga qarab bugungacha o‘z o‘g‘liga o‘gay ota qatorida bo‘lmoqdan 
boshqa narsa ko‘lidan kelmagan otani o‘y bosdi. Bola qayoqqa ketishi mumkin? 
Boshqa mahallalarga o‘ynagani borib, u yerda bolalardan tayoq yeb qaytgani esiga 
tushdi. Ezildi. Ismoil o‘zi uchun muglaqo xuzursiz bu uydan uzoqlashishi tabiiy emasmi?! 
Ikkinchi marotaba uylanganidan keyin ota sifatida o‘g‘li uchun hech narsa qilmadi. Ota 
buni ilk bora bugun xis etdi va o‘z qilmishlarining kechirilmas gunoh ekanligini 
anglaganday bo‘ldi. Uni ichidan qaynab chiqayotgan bir nido ezardi: vijdonli bir o‘gay ota 
Ismoilga sendan ko‘ra yaxshiroq muomala qilar, mehrliroq bo‘lardi. Turdi. Tashqariga 
chikdi. Ko‘zyoshlarini sidirmoqdan boshqa bir chora topolmayotgandi. 
Ikkn kun o‘tdi. Havo ancha ilib qoldi. Do‘konlarning eshiklari ochildi. Ko‘kraklarni 
to‘ldirib-to‘ldirib bahor xavosini oladigan zavqli damlar boshlandi. Bir do‘stinikida 
mehmondorchilikda o‘tirib, choyning oxirgi yutumini ho‘plarkan ko‘zlari birdan katta-
katta ochilib ketdi. U ko‘chada yugurib ketayotgan Ismoilni ko‘rib qoldi. Mezbon bilan 
xayr xo‘shlashishga ham sabri chidamasdan Ismoilning ortidan tushdi. Ismoil orqasiga 
qaray demasdi. Besh daqiqalardan so‘ng qabriston eshigidan avval olti yoshlardagi bola, 
undan keyin bir kishi kirdilar. Uning qaydaligi endi ma’lum edi. Avval mozorchiga 
uchradi. Mozorchi bu bola bir ikki haftadirki, qabristonga serqatnov bo‘lib qolganini, 
shoshapisha, hatto yugurib kelishi va birozdan so‘ng qaytishini aytdi. 
Mozor boshlarida hech kim ko‘zga tashlanmasdi. Ota ajablangan ko‘yi Ismoilni axtara 
boshladi. O’g‘li hadeb ko‘zga tashlanavermagach, Fotiha o‘qib ketishuchun marhuma 
xotinining qabri tomon yo‘naldi. O’n odimcha masofa qolgan ediyamki, mozorning narigi 
tarafidagi g‘alati butaga ko‘zi tushdi. Butaga yaqinlashib, shoxni ko‘tarish uchun egilishi 
bilan hayratdan dong qotdi. Ko‘zlari kosasidan chiqkuday bo‘lib, bir hamlada buta 
shoxini chetga tortdi. Buta tagida Ismoilning zaif vujudi ko‘rindi. Chuqurligi bir qarichcha 
keladigan, yotganda Ismoilning bo‘yiga mos bir joy qazilgan. Ismoil shu chuqurda ozi 
mozorga tegar darajada yotibdi, yuziga bo‘z parchasi yopilgan. Ustidan buta olinishini 
sezar-sezmas Ismoil yotgan joyidan irg‘ib turdi. Qarshisida otasini so‘rdi. Sakrab 
turarkan birinchi qilgan ishi yuzidagi bo‘z tarchasini cho‘ntagiga solmoq bo‘ldi. Har ikkisi 
kutilmagan bu uchrashuv hayajoni ichra qo‘rquv va hayrat aralash bir-biriga tikilib 
qoldilar. 
Ismoil oyoq tovushlarini eshitgan, biroq ziyoratchi uni sezmasdan o‘tib ketishiga ishonib, 


O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə