Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/80
tarix29.11.2023
ölçüsü422,56 Kb.
#139273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
ahmad lutfiy-o\'gay ona

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
7
berajagi, bu ishlarni chap va o‘ng yelkasidagi ikki kotib farishta yozib borajagini bilishi 
bilan ko‘zlari yoshlandi. Shu kundan boshini o‘radi, ko‘pchilik orasida o‘zini qanday 
odobli tutsa, yolg‘iz qolganda ham shunga qattiq amal qildi. 
Ayollar to‘planishgach, bemalol ochiq-sochiq o‘tiraveradilar. Hatto Fotima yaxshi 
taniydigan adabli, tarbiyali bir nechta xotinlar ham shunday ish tutishdi. Dugonalari, uni 
ham boshini ochib, ro‘molnni yechib o‘tirishga qistashardi. U qabul qilmasdi. 
— Bu yerda hech kim yo‘q-ku, Fotima, kim ko‘rib o‘tiribdi?! Buncha talabchan 
bo‘lmasang?! 
— Alloh ko‘radi, — deb javob berardi Fotima. 
— Xo‘p, sen o‘raganing bilan sochingni Alloh ko‘rmaydimi? — deya e’tiroz etdi dugonasi. 
— Tabiiyki, ko‘radi. 
— Unda nechun bu taassub, mutaassiblik?! Nimadan buncha saqlanasan, Fotima?! 
— Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab bo‘lgan holatda ko‘rmasin. O’zi amr etgan
rozi bo‘ladigan qiyofada ko‘rsin. 
Hech qanday e’tirozga o‘rin qolmadi. Fotima yodlangan qoidalarni shunchaki gapirmadi, 
balki shu qadar sammiy javob berdiki, ochilgan tizzalar va boshlar darhol yopildi, bu 
so‘zlar vijdonlarga qadar yetdi, qalblar titratib yubordi. Shu kundan so‘ng Fotimaga 
bunday tak lif bilan murojaat qilishga hech kim botinmadi. Hatto uni ziyorat qilgani 
kelishgan dugonalari boshqa joylardagiday va avvalgiday emas, tartibli va nazokatli 
bo‘lgan holda o‘tiradigan bo‘ldilar. 
Bolalikdan xotirasida qolgan bir voqea bor: bir kun boqqa borishdi. Olti yoshga kirib-
kirmagan Fotima bog‘dan u yoq bu yoqqa yugurayotib bir olma topib oldi va «ona senga 
olma keltirdim “dedi sevinib, so‘ng toklar orasiga kirib ketdi. Yon qo‘shnining bog‘idan 
bir bosh chiroyli uzum ularning bog‘iga osilib turardi. Endi uzaman deb turganida 
otasining ovozi darhol ko‘l tortishga maj etdi: 
— Fotima,uzma qizim! Bu uzum bizga harom!
Uning jajji shuurida uzum qora bo‘lganligi uchun harom degan fikr qoldi. Oradan yillar 
o‘tdi, lekin Fotima bir dona ham qora uzum yemadi. Uzumning qoraligi uchun emas, 
birovning moli bo‘lgani uchun harom ekanini yillar o‘tib bilgach ham oq va qora uzum 
ko‘yilsa, uning ko‘llari beixtiyor oqga uzalaverardi... 
Bu yil o‘n to‘qqizga kirayotgan Fotima kichikligidan shunday o‘sdi. Qalbidagi Allohdan 
qo‘rqish, odob va tarbiya hissi vijdonidagi iffat tuyg‘usi, insoniy noztkliklar... Yoxud 
suhbatlari, uyalishlari, harakatlariyu muomalasi...Uni o‘zidan katta-kichik, barcha 
ayollarga o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin. Chunki Fotima o‘zini, so‘zlari va harakatlarini 
nazorat qilishga qodir qiz bo‘lib yetgandi. 
Fotima bo‘y yetgan qizlar kabi atrofdan so‘rala boshlandi. So‘raganlar orasida boy-
badavlatlar, faqiru o‘rtahollar bor. Bulardan har biri bir bahona bilan etilardi. Fotima 
turmushga chiqishi kerak bo‘lgan olam dini butun bir musulmoy, pok, go‘zal axloqli, 
insoniy fazilatlar bilan ziynatlangan inson bo‘lishi kerak. Boy yoki faqir bo‘lishi uning 
uchun aytarli ahamiyatga ega emas. Mahallasida boy deb tanilgan va zamona zayli bilan 
faqirlashgan kishilar bor. Bir zamonlar kunlik ovqatini zo‘rg‘a topib, ertangi quni uchun 
ko‘lida hech vaqo bo‘lmagan,lekin serg‘ayratligi tufayli boshqalarga yordam beradian 
darajada boyib ketgan odamlarni ham biladi. Shu tufayli Fotima mol-mulk kabi bugun 
kelib, erta ketadigan narsalarga ahamiyat bermasdi. 
Bir kuni uni ikki bolali beva erkakka so‘rab kelishi. Xotini bir yil burun vafot etgan bu 
odamning bolalari parishon bir holda qolgandi. Buvisi,ya’ni marxum xotinning onasi bu 
parishonlikni biroz bo‘lsada kamaytirish uchun ancha urindi, lekin o‘zi ham xastalanib 
qoldi. Shundan so‘ng Odilbek bolalarining axvolini biroz bo‘lsada yaxshilash umidida 
ikkinchi bor uylanishga istar-istamas rozi bo‘ldi. 


O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə