Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/80
tarix29.11.2023
ölçüsü422,56 Kb.
#139273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
ahmad lutfiy-o\'gay ona

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
9
esidan chiqarmagani uchun xafa bo‘ladigan, tirg‘aladigan qiz emas. O’zi bir vaqtlar 
kichikligidan boqib katta qilgan mushugi yo‘qolganda uning xotirasini ko‘nglidan chiqarib 
tashlayolmagan Fotima, ikki bolasini omonat qoldirgan bir insonni unutib yuborishni 
tasavvuriga sig‘dirolmasdi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri muruvvatsizlik bo‘lardi. 
O’zining u xonimni unuttiradigan nima bor? Balki u xotin ko‘p ustun, saviyali, fazilatli 
bo‘lgandir. Uni unutish— u qoldirgan go‘daklarni ham yoddan chiqarish demakdir. 
Holbuki, Fotima bu xonadonga shu go‘daklarni deb kelmoqda edi, toki ular unutilmasin, 
iztirobda qolmasin. 
* * * 
Fotimaning ikki yetimi bor odamga tegishga rozi bo‘lishidan qarindosh urug‘ behad 
hayron bo‘lib qoldi. Ular bolani eplash mushkulligidan so‘zlar, o‘ylamasdan ish 
tutilayotganligini aytib, kuyinishardi. Yosh, kelishgan u odamning qusur va kamchiliklari 
deyarli yo‘q aksincha, u bir talay fazilatlarga ega. Qarindoshlarning ba’ilari do‘stona 
achinishib, ozorlanishar, ba’zilari esa qaror qabul qilgan Fotimani ayblashar edi. Hali 
ham fikridan qaytish uchun kech emasligini, aksincha, bu eng to‘g‘ri yo‘l ekanini 
aytishardi. Onasi kelganlarning dashnomlariga javoban: 
— Qancha harakat qilmay kor qilmadi, tushuntirolmadim. Ne qilay, qo‘limdan nimaham 
kelardi. Ana o‘zingiz chaqirib gaplashinglar, —demoqdan boshqa chora topolmasdi. Ular 
Fotimaning o‘zi bilan gaplashishdi: 
— Fotima, seni yaxshi ko‘rganimizdan kuyinamiz. Bo‘lmasa, bizga nima? Ke, o‘zingni 
qiynama. Xohlasat pochchang aralashadi. Kech bo‘lmasdan oldini olaylik. 
Fotimaning yuragi siqildi. Nega har kim aralashaveradi? Boradigan, yashaydigan va buni 
ko‘ngil rizoligi bilan istagan uning o‘zi-ku. Har holda o‘z zararini o‘z ham ularchalik o‘ylar 
va tushunardi. 
— Hola, — dedi, — meni yaxshi ko‘rganingiz uchun gapiryapsiz, ammo mening qarorim 
qatiy. Mening maqsadim ikki go‘dakka qarash hamda ularni iztirobdan, mashaqqatdan 
kutqarish. Men pushaymon qilmayman. Buning uchun behuda aziyat chekmang. 
— Ishqilib pushaymon bo‘lib qolmasang bo‘lgani, Fotima! 
— Parvardigorim meni uyaltirmas. Yomon ish qilmoqchi emasmanku! 
So‘z shu yer da to‘xtadi. 
* * * 
To‘yni oddiygina o‘tkazish taklifi keldi. Fotimanin otasi bu taklifni ma’qullab qarshi oldi. 
— Xotini yaqinda vafot etgan odam, dabdabaning bugun va umuman hojati yo‘q, — 
dedilar. 
Fotima ham bu taklifni o‘rinli deb bildi. Hatto bundan Odilbekning tushungan bir inson 
ekani ko‘rinardi.Hurmatli inson bo‘lmasaydi, marhum xotinining xotirasini xayoliga ham 
keltirmasdi. 
* * * 
Yillar bo‘yi inson ko‘li tegmagan, parvarishdan uzoq, begona o‘tlardan ko‘rinmas holga 
kelgan bog‘cha bilan istalgan mahalla va hattoki shahar ayollari ahvoli o‘rtasida katta 
o‘xshashlik bor. Bu bog‘chada yetishgan narsalarning ko‘pi iste’molga yaroqli mahsulot 
bo‘lib yetishishi qiyin. Bog‘bon tarbiyasi bog‘cha uchun begona edi. Shu sababdan har 
nihol, o‘zicha — qanday yo‘l topsa, shunday o‘sib yotardi. 


O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə