Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/80
tarix29.11.2023
ölçüsü422,56 Kb.
#139273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
ahmad lutfiy-o\'gay ona

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
Odilbek namozxon, xushfe’l, xushbichim, fayzli bir inon edi. U haqda eshitilgan qisqa 
ma’lumot — shu. Fotimaning onasi bunday turmushga rozi bo‘lmaydiganga o‘xshardi. 
Ikki yetimga qarash oson bo‘ptimi?! Uni muamolar kamroq,har jihatdan to‘kin oilaga 
uzatmoqchi edi. U to‘g‘rida qizi bilan maslahatlashdi: 
— U odam yaxshilikka yaxshi emish, ammo ikki yetimn or, qizim, nima qilasan? 
— Ularga farzandimday qarayman, ona bo‘lib tarbiyalayman. 
Ona bo‘lib qarash osonmi, qizim? Saniha nima qildi? Ismoil yegan tayoqlarni 
ko‘rmayapsanmi? Bola shuncha zulm ko‘ryapti, Saniha shuncha gunoh orttiryapti. 
Xo‘sh, Sanihaxonim onalik qildimi, buni istadimi,bunga tirishdimi? Kelganining uchinchi 
kuniyoq Ismoil uydan yig‘lab chiqmaganmidi? Qachon Ismoil Salmaday go‘zal, toza 
liboslar kiydi? Qachon Salma bilan teng ko‘rildi? Salmaga qarashdan ortib, biror marta 
do‘stlari bilan o‘ynadimi? Aminmanki, u uyda Salma Sanihaxonimning bolasi, Ismoil esa 
uning xizmatkoriday ko‘riladi. Hatto xizmatkorga ham bunday muomala qilmaydilarku. 
— Qizim, bir narsa menga ma’lumki, yetimning qahri qattiq bo‘ladi. Qancha urinma, 
o‘zingni ularga ona sifatida tan oldirolmaysan. Senga bir narsa aytaymi? Yetimg‘esirsiz, 
qaynonasiz, bolasiz oilaga kelin bo‘lishing kerak. Nega o‘zingni zaxmatga urasan,el 
qilmaganni qilasan? 
— Ho‘sh, unda bu bolalar nima bo‘ladi, ona? Bironta o‘zini bilmaydigan kelib har xil 
zulmlar o‘tkazsa, bechora bolalarning 
HOAI 
ne kechadi, ularning aybi nima, ona? 
— Senga nima, Fotima? Birovning bolasi bo‘lsa, o‘ylagan narsangni qara. Qancha 
chidaysan, bir hafta, bir oy sabr qilding, xo‘sh, oxiri nima bilan tugaydi? Bir kun kelib 
boshqacha o‘ylab qolasan. Pushaymon bo‘lasan, hayoting so‘ngigacha ularning dardiga 
o‘ralashib o‘zini jabr qilasan, yo Sanixaga o‘xshab, og‘izlariga urib, tashqariga quvib, 
haydaysan. Bundan boshqa yo‘l bormi? 
— Bor, ona. Ularni o‘z farzandimday o‘stirib, savob olish bor. O’z bolasini parvarish qilish 
hayvonning ham qo‘lidan keladi. Inson bir pog‘ona ustun bo‘lishi kerakmasmi? Insonning 
xayvovdan ustunligi g‘arib yetimni bolasiday bag‘riga bosa olishida emasmi? Zulmning 
har qanday turi ham yomon, ammo yetimga qilingam zulm, zolimni, ya’ni zulm qilguvchi 
insonni hayvondan pastroq tushirib ko‘ysa kerak. 
Bu suhbat Fotimaning istagi amalga oshishi bilan yaqunlandi. Qizini so‘ratgan bu 
odamning yomon odam emasligini bilgan otasi ixtiyorni Fotimaga berdi Yetimlarni 
parvarishlash Fotimaning qo‘lidan keladi Agar Fotima xoxlayotgan inson axloqiy buzuq
ichkiliboz, qimorboz, din dushmani bo‘lsa, qizini unga bermaslik otaning burchi. Aksi 
bo‘lsa, Fotimani o‘z ixtiyoriga qo‘yish kerak. Shu sababdan sovchilarga muvofiq va 
munosib javob berdi. 
Bayramdan bir oylar keyin Ismoilning ahvolini ko‘rganlar uning sekin-asta o‘nglanib 
borayotgani haqida xulosa chiqarishlari mumkin edi. Ba’zan otasi uni bozorga olib borar, 
ba’zan Ismoil o‘rtoqlari bilan o‘ynardi. Uyda yana uni kaltaklashyaptimi, yo‘qmi bilib 
bo‘lmasdi. Faqat ilgarigiday tayoq yeyishlar nihoyasiga yetgan! 
eDI
. Buni birinchilardan bo‘lib Fotima angladi.Aslida Fotimaning ikki yetimi bo‘lgan kishiga 
turmushga ishiga sababham Ismoil edi. To‘g‘rirog‘i, Ismoil chekkan iztiroblarning uning 
ko‘nglida qoldirgan teran ta’siri edi bu. Ikki yetimning qo‘nglini olish—ularni zolim ko‘liga 
tushishdan kutqarish edi uning niyati. Yo‘qsa, Fotimaday ham ruhiy, ham jismoniy 
go‘zallik sohibasi,ishchan qizga uylanmoqchi bo‘lganlar ko‘p edi. Yana ko‘plab topilardi 
ham. U uylangan odamga turmushga chiqarkan, uning marhum xotini xotiralariga 
bog‘lanib qolishi mumkinligini bilgani holda, bu go‘daklarni qutqarish fikrida edi. 
Modomiki, bo‘lg‘usi er murosali inson ekan, muammo yo‘q hisob. Har holda o‘lgan bilan 
tirik bir emas. Endi uylangan xotini ham sevadi, hurmatlaydi. Buning ustiga, Fotima eri 
bo‘ladigan odamga, birinchi xotiniga nisbatan xurmatni unutishini taklif etadigan, uni 


O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə