Mifologik dunyoqarashlarning o’ziga xos xususiyatlari va ularning inson ongiga ta’siri


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 334,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü334,35 Kb.
#148255
1   2   3   4   5
mifologik-dunyoqarashlarning-o-ziga-xos-xususiyatlari-va-ularning-inson-ongiga-ta-siri

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1501-1505 
Academic Research, Uzbekistan
1502
www.ares.uz
 
vositasida hikoya qilib berilgan, natijada bugungi kungacha yetib kelgan. Ilmiy 
manbalarda mif – atamasining 500dan ortiqroq ta’rifi mavjudligi qayd qilinadi. [10] 
Olam, tabiat hodisalari va ijtimoy hayot xususidagi qadimgi fantastik 
tushunchalarni o’zida aks ettirgan miflar quyidagi turlarga bo’linadi: 1) ibtido 
haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo bo’lishi to’g’risidagi 
miflar); 2) samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarning paydo bo’lishi 
haqidagi miflar); 3) antropogenik miflar ( g’ayrioddiy xislatga ega bo’lgan afsonaviy 
personajlar haqidagi miflar); 4) kult miflari (muayyan e’tiqodiy ishonchlar bilan 
bog’liq miflar); 5) totemistik miflar (totem-ajdod haqidagi qadimgi tasavvurlar 
asosida paydo bo’lgan); 6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bog’liq miflar); 
7) o’lib – tiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar; 8) animistik miflar (jon 
to’g’risidagi qadimgi tasavvurlarni o’zida mujassamlashtirgan miflar); 9) manistik 
miflar (ajdodlar homiyligi haqidagi miflar); 10) dualistik miflar (ezgulik va yovuzlik 
kuchlari o’rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o’zida aks ettirgan miflar); 
11) esxatologik miflar (olamning intihosi, oxir zamon to’g’risidagi miflar). 
Ilmiy bilimlar tizimi ijtimoiy ong shakllaridan biri bu – fan hisoblanadi. Fan – 
o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasi ega bo’lgan, olamni bilish va 
o’zlashtirishining maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir. 
Mifologiya – miflarni o’rganuvchi fandir va ibtidoiy madaniyatning asosi - 
olamni idrok etishning qadimgi vositasi va badiiy tafakkurning ibtidosidir. 
Mifologiya – inson aqliy faoliyati taraqqiyotining dastlabki bosqichi sifatida muhim 
ahamiyatga ega. Uning asosini qadimgi odamning mifologik tasavvurlarini o’zida 
mujassamlashtirgan miflar tashkil etadi. Mifologiya bir jihatdan odamlarning dunyo 
tabiat va inson haqidagi fantastik go’yalarini aks ettiruvchi xudolar, qahramonlar, 
ruhlar, badiiy to’qimalar haqidagi hikoya qiluvchi afsona va asotirlar majmui 
hisoblansa, boshqa jihatdan afsonalarning kelib chiqishi, mazmuni, ularning tarqalishi 
avloddan avlodga yetib kelishi, ularning boshqa xalq ijodiyoti janrlari bilan 
aloqalarini diniy e’tiqod va marosimlarini, tarixning tasviriy san’ati, afsona va 
to’qimalarning mazmun mohiyati bilan aloqador jihatlarini o’rganadigan fandir. 
Shuning bilan bir qatorda mifologiya mafkuraning shakllarini rivojlantirishda katta 
ahamiyat kasb etadi va u falsafa, ilmiy g’oyalar, adabiyot va madaniyatni 
shakllantirish uchun manba vazifasini bajaradi. 

Yüklə 334,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə