Mifologik dunyoqarashlarning o’ziga xos xususiyatlari va ularning inson ongiga ta’siri



Yüklə 334,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü334,35 Kb.
#148255
1   2   3   4   5
mifologik-dunyoqarashlarning-o-ziga-xos-xususiyatlari-va-ularning-inson-ongiga-ta-siri

 
NATIJALAR VA MUHOKAMA 
Mifologiyaning arxaik qatlamiga nazar soladigan bo’lsak, quyosh, oy va 
yulduzlar haqidagi shamsiy qamariy miflar, olamning paydo bo’lishi haqidagi 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1501-1505 
Academic Research, Uzbekistan
1503
www.ares.uz
 
samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi antropogenik miflar, qadimgi 
e’tiqodiy qarashlarni o’zida ifodalagan totemistik, anemistik va kult miflaridan 
tashkil topganining guvohi bo’lishimiz mumkin. Ba’zi hududlarda dehqonchilik 
madaniyati shakllanganligi tufayli tabiiy-iqlimiy o’zgarishlarning ramziy metaforik 
talqinlarga asoslangan taqvimiy miflar va o’lib tiriluvchu tabiat kultlari haqidagi 
miflarning keng tarqalishiga sababchi bo’lgan. Natijada Osiris (qadimgi Misr); 
Adoris (Finikiya); Dionis (Yunoniston); Syovush (O’rta Osiyo) haqidagi mifologik 
syujetlar yuzaga kelgan. [4] Bunday syujetlar badiiy tafakkurning shakllanishi va 
taraqqiy etishida katta ahamiyat kasb etibgina qolmasdan xalq og’zaki badiiy 
ijodiyoti, yozma adabiyot va san’at asarlarida mifologik personajlarning 
mavjudligidan dalolat beradi. Mifologik obrazlar ibtidoiy badiiy to’qima va fantaziya 
mahsuli bo’lib, koinot, tabiat va jamiyatdagi g’ayritabiiy hodisalar, qadimgi odam 
hayolot dunyosida mavjud bo’lgan g’ayrioddiy kuchlarning vujudga kelish 
sabablarini izohlash vazifasini bajargan. Badiiy tafakkur taraqqiy etgan sari bunday 
obrazlar adabiyot va san’at olamiga asta sekin ko’cha boshlagan. O’zbek xalq 
afsonalari va ertaklaridagi, “Alpomish”, “Kuntug’mish”, “Rustamxon” hamda 
“Go’ro’g’li” turkumiga mansub dostonlardagi mifologik obrazlarning paydo bo’lishi 
buning yaqqol misoli. Shuningdek, folklor va yozma adabiyotdagi mifik obrazlar 
badiiy talqinning namoyon bo’lishi va poetik tafakkurning yuksak darajada aks 
ettirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Mifik syujetlar aks ettirilgan asori atiqalar
xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati asarlari qadimgi tasavvurlar asosida 
yaratilgan bo’lib, mifologik tasavvurlarning vujudga kelishiga sababchi bo’lgan. 
Mifologik tasavvurlar ibtidoiy udum va marosimlarda ritual o’yinlar sifatida 
namoyon bo’lgan. Mifologik tasavvurlar hayoliy uydurmalarni bayon qilib kelsa 
ham, mif o’z ijrochilari tomonidan bo’lib o’tgan voqelar deb sifatlanadi. M.I. Steblin 
Kamenskiyning ta’kidlashicha, “mif – bu muayyan voqelik bayoni bo’lib, unda 
hikoya qilingan voqea-hodisa nechog’lik uydurma bo’lmasin, yaratilagn va yashab 
kelgan joyida u hamisha haqiqat, real voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan. Mifni 
o’rganadigan tadqiqotchi undagi uydurmaga ishonmaydi. Shuning uchun ham mif 
bugungi kunda haqiqiy hayotiy voqelik ifodasi sifatida anglashilmaydi. Shu tariqa 
tadqiqotchining mif haqidagi o’z tasavvuri ya’ni “ mif – uydurmadir” degan qarashi 
yuzaga keladi. Yaratilgan va ommalashgan joyida mif aslida real voqelik ifodasi deb 
tushunilgan” [8] . 
Mifologik obrazlar o’z navbatida insonlarning dunyoqarashlariga ham ta’sir 
qiladi. Dunyoqarashning mohiyati shundaki, u faqat insongagina xos bo’lib, hayotiy 
tajriba va emperik bilimlar asosida shakllanadi. Dunyoqarash hayot bilan bog’liq 



Yüklə 334,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə