Мижоз: Отa-онaм менинг aҳволимгa тушунмaйди-лaр


-mashq. “Mazmuniy birliklar”



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə25/38
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#134666
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
3634 хизмат лаб лотин

1-mashq. “Mazmuniy birliklar”
Ko‘rsatma: “Hozir biz siz bilan matnnni eslab qolishni o‘rganamiz. Avval matnni o‘qib chiqamiz va ushbu matndan asosiy mazmunni ajratib olamiz. Buning uchun matnga nisbatan ikkita savolni qo‘llab ko‘rish kerak: matnning boshida kim (yoki nima) haqida gapirilmoqda va u haqida nima deyilmoqda. Undan so‘ng ushbu savollarga javob beriladi va Yаna quyidagi savol beriladi: matnning keyingi qismlarida kim (yoki nima) haqida gapirilmoqda va u haqida nima deyilmoqda. SHu tartibda matnning oxiriga qadar ish olib boriladi. Barchasi senga tushunarli bo‘ldimi?
Namuna uchun “Quyonning panjalari” nomli hikoYаni qo‘llash mumkin.
“YOzda chol ov qilish uchun o‘rmonga bordi. Unga chap qulog`i uzilib ketgan quyon uchradi. CHol unga quroldan o‘q uzdi, lekin nishonga tekkiza olmadi. Quyon qochib ketdi.
CHol yo‘lida davom etdi. Birdaniga qo‘rqib ketdi: bir tomondan kuchli tutun hidi kelmoqda edi. SHamol ko‘tarildi. Tutun quyunlashdi. Quyun o‘rmonga qarab kelmoqda edi. Tutun daraxtlarni yopib qo‘ydi. Nafas olish qiyinlashdi.
CHol o‘rmonda yong`in chiqqanini va olov shiddat bilan unga qarab kelatganini tushundi. CHolning aytishicha, poezd ham bunday olovdan qutila olmagan bo‘lar edi.
CHol do‘ngliklardan o‘tib qocha boshladi, tutun uning ko‘zlarini achishtira boshladi. Olov deYаrli cholning elkasiga etib qolgan edi.
Tasodifan oyoq ostidan quyon yugurib chiqdi. U sekin yurar va orqa panjasi oqsayotgan edi. CHol keyin e`tibor bersa quyonning orqa panjalari yonayotgan ekan.
CHol quyonni ko‘rib Yаqin insonini ko‘rgandek quvonib ketdi. CHol bilar ediki, hayvonlar insonlardan ko‘ra Yаxshiroq olov qaerdan chiqqanini sezar va ular hamisha olovdan qutilib ketishar edilar. Ular faqatgina yong`in to‘rt tarafdan o‘rab olgandagina nobud bo‘lishlari mumkin.
CHol quyonning ortidan yugurdi. U yugurib, qo‘rquvdan yig`lay boshladi va quyonga dedi: “Azizim shoshma, juda tez yugurma!” Quyon cholni yong`indan olib chiqdi.
Quyon va chol o‘rmondan chiqib, ko‘l oldiga bordilar. Ikkalasi ham charchoqdan yiqilib tushdilar. CHol quyonni qo‘liga olib uyiga olib keldi. Quyonning orqa oyog`i va qorni kuygan edi. Quyon qiynalayotgan edi. CHol uni tuzatib, o‘zi bilan olib qoldi.
Bu o‘sha chap qulog`i uzilib tushgan va chol ov vaqtida otgan quyon edi.
HikoYа o‘qib bo‘lingach savollar beriladi. Agar birinchi mashg`ulot davomida bola qiynalsa, eksperementatorning o‘zi savolarni berishi o‘quvchi esa javob berishi mumkin.
Eksperimentator. – HikoYаning boshida kim haqida gap ketmoqda?
O‘quvchi. – CHol haqida.
E. – CHol haqida nimalar deyilgan?
O‘. – Uning ov qilayotgani haqida (quyon ovlagani haqida).
E. – Keyin Yаna kim haqida gapirilgan?
O‘. - CHol haqida.
E. – U haqida nima deyilgan?
O‘. – CHolning o‘rmondagi yong`inga tushib qolgani haqida.
E. – Keyin kim haqida gapirilgan?
O‘. - CHol haqida.
E. – U haqida nima deyilgan?
O‘. – cholni yong`indan quyon qutqatrgani haqida.
E. – HikoYаning oxirida kim haqida gapirilgan?
O‘. – CHol haqida.
E. – U haqida nimalar deyilgan?
O‘. – CHolning yong`indan kuygan quyonni davolagani haqida.
3-4 mashg`ulotdan so‘ng har ikkita savol bir-biriga qo‘shilib ketadi, oxirida savolga xojat qolmaydi. Ushbu mashg`ulot haftada 2-3 marta 20-30 daqiqa davom etadi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə