Мижоз: Отa-онaм менинг aҳволимгa тушунмaйди-лaр


-mashq. “Men g`azabni chizaman”



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə37/38
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#134666
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
3634 хизмат лаб лотин

3-mashq. “Men g`azabni chizaman”
Maqsad: O‘z g`azablarining individual xususiYаtlarini ochish; kelgusidagi ish uchun diagnostik material olish.
Mashqni o‘tkazish vaqti. 35–daqiqa.
Bajariladigan ish tartibi. Boshlovchi ishtirokchilarga qog`oz varaqlarini tarqatadi va ularni ikkiga bo‘lishlarini so‘raydi, chap tomonda o‘z g`azabingizni, uni qanday ko‘rgan va his qilgan bo‘lsangiz shundayligicha chizing, o‘ng tomonda esa qanday ko‘rishni va his qilishni xohlagan bo‘lsangiz shundayligicha chizing.
Vazifani bajargandan keyin hissiyotlar, kechinmalar bilan o‘zaro almashuv bo‘ladi. Rasmlarni izohlash kerak emas, faqat quyidagicha savollar berish mumkin: chizayotganingda sen nimani his qilding? Bu rang, bu shakl bilan nimani ko‘rsatishni xohlarding?
4-mashq. “G`azab raqsi”
Maqsad: G`azabning namoyon bo‘lishini his qilish; taranglikni, haYаjonlanishni dinamik mashqlar yordamida olish.
Mashqni o‘tkazish vaqti. 15 – daqiqa.
Bajariladigan ish tartibi. Boshlovchi oldin xayol surish orqali, xayoliy raqsdagi harakatlar orqali qanday qilib g`azabning fe`l–atvorini kechishini aytib berishlarini taklif qiladi (misol uchun bundan oldin “Moviy qush” filmidagi Olov, Suv, Sut, Mushuk va b. raqslarini eslash mumkin).
So‘ngra tez, ritmik musiqa ostida ishtirokchilar raqs tushadilar. SHundan keyin ular raqs tushganlarida nimani his qilganlarini, vaqt bilan holat qanday almashganini muhokama qiladilar.
Muhokamadan keyin boshlovchi ishtirokchilarni raqs jismoniy ish taranglikni olishga imkon beradi degan fikrga olib keladi.
5- mashq. "Avtobus"
Maqsad: Ishtirokchilar orasida o‘zaro ishonchni rivojlantirish va guruhda ishchanlik muhitini Yаratish.
Mashqni o‘tkazish vaqti. 10 – daqiqa.
Bajariladigan ish tartibi. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linadilar. Boshlovchi ular ikkita avtobusda joylashishlari kerakligini aytadi. Avtobus o‘rindiqlari sifatida stullardan foydalanish mumkin. Ishtirokchilar stullarga bir-birlariga qarama-qarshi joylashib o‘tiradilar. Hamma ikki avtobusga joylashib bo‘lgach, boshlovchi birinchi avtobus yurmasligini, u buzilib qolganligini ma`lum qilib, hamma ikkinchi avtobusga o‘tishi kerakligini aytadi. Bu o‘yin boshlovchiga guruhga ishtirokchilar orasida bir-biriga ishonchni rivojlantirishga yordam beradi. Ishtirokchilardan biri so‘ng manzilga etib kelganlarini aytadi va hamma bir biriga samimiy tilak bildirib xayrlashadi.
Vazifa: o‘smirlarda xulq-atvor psixokorrektsiYаsini amalga oshirish uchun mashg`ulotlar majmuasini ishlab chiqing.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə