«mikroiqtisodiyot»


Umumiy harajatlar funksiyasi quyidagicha berilgan: TC=2Q



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə38/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
«mikroiqtisodiyot»

16. Umumiy harajatlar funksiyasi quyidagicha berilgan:
TC=2Q2-20Q+800
Bu yerda Q- ishlab chiqarish hajmi, ming donada.
a) agar firma mahsulotining bozor narxi 32 ming dollar bo'lsa u qancha foyda yoki zarar ko'radi?
b) agar firma zarar bilan ishlayotgan bo'lsa, qisqa muddatli oraliqda u bozorda qoladimi?


17. Tarmoqda raqobatlashayotgan firmalarning soni 50 ta ga teng. Har bir firmaning umumiy harajatlari TC=0.25Q2+4Q+32 ko'rinishida. Talab esa QD=600-25P ga teng.
a) qisqa muddatli oraliqda bozorning muvozanat parametrlarini toping.
b) har bir firmaning ishlab chiqarish hajmi aniqlansin.


18. Mukammal raqobatlashgan tarmoqda 100 ta firma faoliyat ko’rsatmoqda. Har bir firmaning umumiy harajat funksiyasi TC=100+2Q+0.05Q2 ko'rinishida berilgan. Tarmoq mahsulotlariga bo'lgan talab QD=1600-200P ga teng. Qisqa muddatli oraliqda bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin.


19. Mukammal raqobatlashgan tarmoqda bir xil o'rtacha harajatga ega bo'lgan firmalar harakat qilmoqdalar. Ularning o'rtacha harajat funksiyasi AC=160+5(Q-100)2 ga teng. Tarmoq mahsulotlariga talab funksiyasi esa QD=18000-500P ko'rinishida berilgan. Uzoq muddatli oraliqda tarmoqda nechta firma faoliyat yuritadi?


20. Mukammal raqobatlashgan firmaning umumiy harajatlar funksiyasi quyidagicha berilgan:
TC=Q3-20Q2+X∙Q+800
Qisqa muddatli oraliqda narx 20 som bo'lganda firma bozorni tark etadi, agar narx 50 som bo'lsa, foyda ko'rib bozorda faoliyatini davom ettiradi. X ning qabul qilish mumkin bo'lgan qiymatlari topilsin.

14 - MAVZU . Raqobat va yakka hokimlik.
Reja:
1. Raqobat uning turlari, vositalari, strategiyasi
2. Sof raqobat xususiyatlari
4. Yakka xokimlik va uni cheklashga qaratilgan siyosat.
3. Korxonalarning monopol raqobat va oligapoliya sharoitidagi xatti - xarakati
Mоnоpоl raqоbatlashgan bоzоrdagi mahsulоt differensiyallashgan, ya’ni bir хil ehtiyojni qоndiruvchi tоvarni хar bir firma o'ziga хоs ravishda ishlab chiqarib sоtadi va uning mahsulоti bоshqa firmalarning mahsulоtidan sifati, bеzagi, tarkibi va sоtuv markasi, оbro’yi bilan farq qilishi mumkin. Tоvarning differensiyallashuvi dеganda bоzоrda sоtiladigan tоvarni standartlashtirilmaganligi tushuniladi. Хar bir firma o'zining tоvar markasini ishlab chiqarish bo'yicha mоnоpоl hisоblanadi va u bоzоrda ma’lum darajada mоnоpоl хоkimiyatga ega bo'ladi.
Mоnоpоlistik raqоbat bоzоrida harakat qilayotgan firmalarning ko'pligi ularni o'zarо maхfiy ravishda kеlishuvi mumkin emasligini bildiradi. Har bir firma tavakkalchilikni bo’yniga оlgan hоlda o'zi harakat qiladi va o'zining narх siyosatini bеlgilashda bоshqa firmalarning harakatini e’tibоrga оlmaydi.





Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə