Milliy qo‘shiqchilik san’atida shashmaqom san’atining rivojlanish tendensiyalari nigora Arzimurodova Samarovna


TАDQIQOT NАTIJАSI VА UNING MUHOKАMАSI



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə5/6
tarix23.04.2023
ölçüsü25,93 Kb.
#106746
1   2   3   4   5   6
N.Arzimurodva

TАDQIQOT NАTIJАSI VА UNING MUHOKАMАSI
Musiqiy ta'lim va ustozlar O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik madaniyatining o'sishi, jahon klassik bastakorlari asarlarining o'zlashtirilishi, O'zbekiston bastakorlarining xalq cholg'ulari uchun maxsus asarlar yaratishdagi faol ijodiy faoliyati o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'atini yanada yuksalishi uchun muhim zamin bo'ldi. Shu bilan birga, yuqori malakali ilmiy pedagogik va ijrochi kadrlarni puxta va mukammal qilib tayyorlash masalasini ham kun tartibiga qo'ydi. O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilikning keyingi davrlardagi yuksalishi Toshkent konservatoriyasining faoliyati bilan chambarchas bog'langan. 1948 yildan boshlab mamlakatimizdagi musiqa oliy o'quv yurtlarida, shu jumladan; M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasida ham xalq cholg'ulari ijrochiligi bo'yicha ta'lim berish boshlandi. O'zbek xalq cholg'ulari bo'limiga (orkestr fakulteti tarkibida) rahbarlik qilish, o'quvchilarni saralab yig'ish, o'quv rejalarini tuzish A.I.Petrosyans tomonidan amalga oshirildi. Toshkent Davlat konservatoriyasida o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligi bo'yicha professional ta'limni yo'lga qo'yishda V.A.Uspenskiy, M.A.Ashrafiy, A.I.Petrosyans, I.P.Blagoveshchenskiy, B.F.Gienko, G.G.Sobitovlar katta rol o'ynashdi. 1948-49 yillardagi birinchi o'quv yilida konservatoriyaga O'zbekiston Davlat filarmoniyasi xalq cholg'ulari orkestrining 13 cholg'uchisi o'qishga qabul qilindi. Shulardan 10 kishi: Nazir Nigmatov (qo'shnay), Abbos Bahromov, Aleksandr Evdokimov (primarubob), La'li Sultonova, Mirzaev, Buriboy Mirzaahmedov (qashqar), Mahamatjon Asilov, Obid Xolmuhamedov (g'ijjak), Anvar Liviev (doira) 1-kursga qabul qilindi. Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining bitiruvchilari Axmadjon Odilov (chang), Valentina Borisenko (prima rubobi), Feoktist Vasilevlar (qashqar rubobi) esa
2-kursga qabul qilindi. Muhammadjon Mirzaev (1913 yilda tug'ilgan) respublikadagi rubobchilarning eng mashhuri, kuychi-bastakori.[9;53] Konservatoriyani qashqar rubobi sinfida A.I.Petrosyans raxbarligida tamomlagan. 1951 yildan filarmoniya orkestrida ishlash bilan bir qatorda, o'zbek xalq musiqa merosini o'rganish bo'yicha yosh ijrochilarga murabbiylik qilib kelgan. Xalq artistlari X.Mavlonova, M.Turg'unboyevalar bilan ijodiy hamkorlikda «Bahor valsi», «Yangi tanovar», «Gulnoz», «Dilbar», «Gulxumor», «Dildor» kabi lirik qo'shiqli raqs kuylarini yaratgan. U yaratgan qo'shiqlar orasida «Shirmonoy», «Oltin sandiq», «Uch dugonalar» ayniqsa mashhurdir. M.Mirzayev O'zbekiston xalq artisti, O'zbekiston bastakorlar uyushmasi a'zosi va bir qancha mukofatlar sohibi. Rubob ijrochiligida (keyinroq yosh ijrochilar tomonidan rivojlantirilgan) hissiy va yorqin uslub asosini yaratgan dastlabki rubobchilardan hisoblanadi. Mirza Hakimovich Toirov (1930 yilda tug'ilgan). Konservatoriyani nay ixtisosligi bo'yicha tamomlagan dastlabki bitiruvchilardan biri (1956). U o'z ustozi A.I.Petrosyans bilan hamkorlikda «Nay maktabi» o'quv qo'llanmasini yaratgan.[10;43] M.Toirov 1957 yildan ijrochilik kafedrasida avval o'qituvchi, so'ngra dosent bo'lib ishlagan. Ayni bir paytda T.Jalilov nomidagi xalq cholg'ulari orkestrida ham ishtirok ettan. M.Toirov musiqa ijrochilari Butunittifoq konkursining (1957) hamda Yoshlar va talabalarning VI jahon festivalining sovrindori (1957), Moskva, Estoniya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikistonda bo'lib o'tgan o'zbek san'ati dekadalarida qatnashgan. M.Toirov bir necha iste'dodli naychilarni tarbiyalab kamol toptirgan. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim o'rin egallaydi.
XULOSА
Hozirgi kunda davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori milliy san'atimizga bo'lgan yuksak e'tiborni ifodalovchi tarixiy hujjat bo'ldi. Unga asosan, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkaziladi. 2018 yil 6 aprelda Prezidentimizning ushbu yo'nalishdagi navbatdagi hujjati - "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori milliy san'atimizga bo'lgan yuksak e'tiborni ifodalovchi tarixiy hujjat bo'ldi. Unga asosan, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkaziladi. 2018 yil 6 aprelda Prezidentimizning ushbu yo'nalishdagi navbatdagi hujjati - "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Ayni paytda respublikamizda maqom san'atini keng targ'ib qilish hamda noan'anaviy ekspozisiyalar yaratish bo'yicha xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga erishilmoqda.


Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə