Milliy qo‘shiqchilik san’atida shashmaqom san’atining rivojlanish tendensiyalari nigora Arzimurodova Samarovna



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə4/6
tarix23.04.2023
ölçüsü25,93 Kb.
#106746
1   2   3   4   5   6
N.Arzimurodva

АDАBIYOTLАR TАHLILI
1917 yildan keyin o'zbek musiqa san'ati jadal va jo'shqin taraqqiy qila boshladi. Birinchi o'n yillikdayoq musiqa ta'limi, folklorshunoslik, ijrochilik san'ati sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi. Musiqa o'quv yurtlari - Toshkentdagi Turkiston xalq konservatoriyasi (1918) va uning Samarqanddagi, Farg'onadagi (1919), Buxorodagi (1920) filiallarida katta ishlar amalga oshirildi.[6;54] Ularda asosan o'zbek xalq cholg'ularini hamda ba'zi Ovrupacha musiqa cholg'ulari (fortepyano, skripka va damli cholg'ulari) ni chalish o'rgatilar edi. Bu musiqa bilim yurtlari tom ma'nodagi konservatoriya bo'lmasa-da, biroq, o'tgan davr musiqa madaniyati ilmini o'rganish imkoniga ega bo'lmaganlarga sodda musiqa nazariy ilmi hamda ijro san'atida saboq berilar edi. Shu tufayli yosh respublikaning ko'pgina shaharlarida musiqa havaskorligi keng quloch yoydi. O'zbek san'atining asoschisi, dramaturg, bastakor, muallim, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy musiqa san'ati rivojiga katta xissa qo'shdi. 1917 yilgacha bo'lgan davrdagi xalq musiqachi va ijrochilari yaratgan an'analar cholg'ularning keyingi avlodi ijodida tarkib topdi va davom etdi. Musiqachi-ijrochilar qayta tuzilgan madaniy ma'rifiy tashkilotlarda ishga kirishib ketdi. Taniqli tanburchi va xonanda Shorahim Shoumarov 1919 yilda Toshkentdagi «Namuna» maktab-internati qoshida xalq cholg'ulari ansamblini tuzdi. Bu ansambl keyinchalik Toshkent musiqa texnikumini tashkil qilish uchun asos bo'lib xizmat qildi. 20-yillarda o'quv yurtlari, zavodlar, fabrikalar qoshida, qishloq joylarda «Ko'k ko'ylak», «San'atchi qizlar», «Sanoyi nafisa» kabi musiqiy jamoalar tuzildi. Tashkil qilingan ijodiy jamoalar tarkibida naychi. changchi, dutorchi, tanburchi, g'ijjakchi, doirachi, nog'arachilar va qashqar rubob sozandalari bo'lgan xalq cholg'ulari ansambllari ham bor edi. Xalq cholg'ulari ansambllari Farg'onada, Andijonda, Samarqanda ham tuziladi. Ularga mashhur cholg'uchilar usta Olim Komilov, To'xtasin Jalilov, Ahmadjon Umirzoqov, Yusufjon Shakarjonov, usta Ro'zmat Isaboyev, Matyusuf Xarratov, Usta Toyir Marufjon Toshpo'latov, Muhiddin Mavlonovlar rahbarlik qilishgan. Ularning samarali ijodi tufayli, o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'atidan ko'pchilik bahramand bo'ldi. 1936 yilda Moskvada bo'ladigan dekada munosabati bilan Qori Yoqubovga Davlat filarmoniyasini tuzish topshiriladi, u filarmoniyaning birinchi direktori etib tayinlanadi.[7;112] Qori Yoqubovning va boshqa musiqa san'ati arboblarining qat'iyligi tufayli, Toshkent Davlat Konservatoriyasini tuzish haqida qaror qabul qilinadi. O'zbek xalq musiqasi an'analarining davomchisi, toshkentlik mohir xalq cholg'uchisi-dutorchi, tanburchi, naychi Yunus Rajabiyning (1897-1976) ijodiy faoliyatiga ma'rifatparvarlik keng musiqiy ijtimoiy xususiyatlar xos edi. Besh jildlik o'zbek xalq musiqasini yozib olib, nashrga tayyorlaganligi Yunus Rajabiyning ko'p yillik ijodiy faoliyatining eng ajoyib samarasi bo'ldi. 1927 yili Yunus Rajabiy O'zbekiston radio qo'mitasi qoshida 12 cholg'uvchi (xonanda va sozandalar) dan iborat xalq cholg'ulari milliy ansambli tashkil etadi. Bu ansamblga u Toshkentdagi o'sha paytda mashhur musiqachilar - qo'shnaychi Xayrulla Ubaydullaev, dutorchilar Abdusoat Vahobov, Orif Qosimov, tanburchilar Rixsi Rajapov, Mahsudxo'ja Yusupov, g'ijjakchilar Imomjon Ikromov, Nabi Hasanov, Mahmud Yusupov, naychilar Dada ali Soatqulov, Said Kalonov, changchilar Nigmatjon Do'stmuhammedov, Faxriddin Sodiqov, Mahamatjon Rasulov, doirachi Dadaxo'ja Sottiyevlarni jalb etdi. Ansambl repertuarida o'zbek xalq kuylari bilan bir qatorda zamonaviy bastakor, shu jumladan Yunus Rajabiyning «Chorgoh», «Ko'chabog'i», «Bayot», «Birlashingiz», «Fabrika», «G'alaba», «Hammamiz», «Ilg'or», «Mirzadavlat» kabi asarlari bor edi. Keyinroq bu ansamblda respublikaning mashhur xonandalari toshkentlik Mulla To'ychi Toshmuhamedov, buxorolik domla Halim Ibodov, samarqandlik dutorchi va xonanda hoji Abdurahmon Umarov, xorazmlik tanburchi va xonandalar Matyoqub Xarratov, Safo Mugoniy, Toshkentlik Nazira Axmedova kabi san'atkorlar ishlagan. Ayni paytda ansamblning ijrochilik repertuari «Shashmaqom»ning mushkulot va nasr qismlari: «Nasurulloi», «Navro'zi Sabo», «Talqini ushoq», «Sarvinozi talqincha», shuningdek, bastakorlarning «Uyg'oning», «Bizning qishloq», «Yashasin», «Kolxozimiz» kabi asarlar hisobiga kengaydi. 1930 yilda Toshkent musiqa oliy maktabi, 1936 yilda esa uning asosida O'rta Osiyoda birinchi musiqa oliy o'quv yurti - Toshkent Davlat konservatoriyasi ochildi. 1936-1937 o'quv yili xalq cholg'ularida ijrochilik sohasida musiqiy ta'lim rivoji uchun juda muhim davr bo'ldi. Aynan shu davrda Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida A.I.Petrosyans tashabbusi bilan Yu.Rajabiy, A.Daroshev, A.Mansurov, B.Gienko, N.Krestyanin, V.Marsinkovskiy, A.Maxsudov, O.Qosimov kabi o'qituvchilar umummaqbul nota sistemasi asosida o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik bo'yicha saboq bera boshladilar. Sh.Shoakramov, A.G'ofurov, M.Yunusov (chang), S.Yuldoshov, G.Qodirov (tanbur), A.Ilyosov, M.A'zamov kabilar ularning birinchi o'quvchilardan bo'lishdi.[8;90]

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə