Milliy qo‘shiqchilik san’atida shashmaqom san’atining rivojlanish tendensiyalari nigora Arzimurodova Samarovna



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə3/6
tarix23.04.2023
ölçüsü25,93 Kb.
#106746
1   2   3   4   5   6
N.Arzimurodva

MАTERIАL VА USULLАR
Musiqa ijrochiligi san'atida maqom janrini tiklash va rivojlantirish XVII-XIX asrlarda cholg'ular batafsil ta'riflangan yirik asarlar yaratilmadi. Bu ko'proq feodal tarqoqligining kuchayishi bilan bog'liq. Ulkan davlat ayrim-ayrim xonliklarga bo'linib ketadi. (Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklari). Bu esa musiqa san'ati taraqqiyotida aks etmay qolmadi. O'zbek musiqa madaniyati mahalliy xususiyatlar kasb eta boshladi. O'ziga xos musiqa cholg'ulari shakllandi. Musiqa turlaridan-maqomlar bundan buyon har xonlikda o'ziga xos yo'nalishda takomillashdi. Maqom ijrochilari zarurat yuzasidan o'zgarishlar kiritishdi. Shunga qaramay, musiqaning umumiy xususiyatlarini saqlab qolishdi. Har bir ijrochi maqom ijrosiga ijodiy yondashib, musiqa ijrosiga o'ziga xos takrorlanmas jihatlar kiritdi. Og'zaki tarzda cholg'ularni saqlab qolish an'anasi maqomning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lib, busiz uning yashab qolish va so'nggi taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Har bir xonlikda o'ziga xos bir yo'nalishda xalq musiqasining yangi turlari yaratildi; bayramona, kuylar, xalq tomosha kuylari (dorbozlik, ko'g'irchoqbozlik) yangi tipdagi raqs kuylari. Bu kuylar o'zining quvnoqligi, sho'xligi bilan bir-biridan farq qilib turgan va keng xalq ommasini o'ziga jalb etgan. XVII asr oxiri va XIX asr boshlarida o'zbek musiqa madaniyatida xalq va professional musiqa san'atining quyidagi ko'plab yangi turlari takomillasha boshladi; katta ashula, katta o'yin, Shodiyona, Navro'z, Mavrigiy, Shashmaqom, Chor maqom (unga Dugoh, Husayniy, Chorgoh, Bayot, Gulyori-Shahnoz kirgan). Joylarda mavjud musiqa cholg'ulari va ijrochilarga bog'liq holda turlicha cholg'u ansambllari tuzilgan. Ko'p hollarda xalq cholg'ulari ansambl tarkibiga g'ijjak, tanbur, dutor, chang, nay, qo'shnay, doira kabi musiqa cholg'ulari kiritilgan. Musiqachilikda olti turkum asarlardan iborat Shashmaqom ayniqsa mashhur bo'lgan.[3;89] U O'rta Osiyo xalqlari syuita (turkum) shaklidagi professional musiqasining uzoq taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. I.Rajabov yozadi: Shashmaqom olti xil turli sistemalaridan iborat, ularning har biri, o'z navbatida, mushkilot (cholg'u) va nasr (ashula) bo'limlaridan iborat bo'lgan quyidagi maqomlarga (qismlarga) bo'linadi: «Rost», «Buzrug», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» ... Har bir maqom 20 tadan 40 tagacha katta-kichik qismlarni o'z ichiga oladi. Hammasi bo'lib turkumda 250 ga yaqin mushkilot va nasr qismlari bor. Bir maqomning ijrosi bir necha soat davom etgan. Xalq cholg'ulari xalq og'zaki ijodi va klassik adabiyot bilan uzviy bog'liqlikda rivojlanadi. Xalq cholg'ulari haqidagi tasavvurlarni badiiy asarlardagi musiqa cholg'ulari ifodalari, kitob miniatyuralaridagi cholg'uchilar tasviri boyitadi. Firdavsiy, Sa'diy, Navoiy, Dehlaviylarning asarlarida 60 dan ziyod xalq cholg'ularining nomi zikr etilgan. Maqomlar asosan saroy ayonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan sharoitlarda ijro etilgan. Hatto mohir qo'shiqchilarning o'ziga xos musobaqasi (ayniqsa, avjlarni ijro etishda, shuningdek, yangi qismlarini to'kishda) tashkil etilgani ma'lum. Musiqa ijrochiligi san'atida maqom janrini tiklash va rivojlantirish davom etdi. Maqom o'zining oxang va ritm qonuniyatlariga ko'ra xalq qo'shiqlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, faqat qamrovining kengligi bilan farqlanar edi. Odatda, har bir maqom ikki katta qismga bo'lingan. Birinchisi - faqat cholg'ularda ijro etilgan qismi bo'lib mushkilot deb atalgan, ikkinchisi - cholg'ular jo'rligida aytiladigan ashula qismi bo'lib, nasr deb atalgan. Nasr o'z ichiga raqs kuyiuferni ham olgan. Cholg'uchilar orasida musiqa tovushlarini yozib ko'rsatadigan maxsus belgilar sistemasi notasiya yaratishga intilish paydo bo'ldi. Buni amalga oshirish shoir-musiqachi Pahlavon niyoz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy 1825-1879) ga nasib etdi. Iste'dodli musiqa ijrochisi mohir tanburchi va g'ijjakchi Paxlavon niyoz Mirzaboshi sayohat chog'ida nota bo'yicha kuy chalayotgan cholg'uchilarni ko'rib hayratga tushdi. Mirzaboshi - Komil Xorazmiy Xorazmga qaytishi bilanoq ilgaridan diliga tugib yurgan niyati maqomlarni yozib olishga ilhom bilan kirishdi. Paxlovon noyoz Mirzaboshi Komilning shogirdi Muhammad Yoqub Xarratov (1867-1939) mashhur tanburchi edi. U nafaqat chog'uchilik san'atini, balki hattotlik san'atini ham mukammal egallagan edi. Iste'dodli cholg'uchi Komil Xorazmiy rahbarlik qilgan saroy xalq cholg'ulari ansambilining sozandasi bo'lgan Muhammad Yoqub Xarratov (Matyoqub Xarratov) tanbur notosiyasini tuzishda va xorazmcha maqomlarni yozib olishda qatnashgan. Ustozidan xorazmcha maqom turkumlarini qabul qilib, ularning saqlanib qolishiga katta hissa qo'shgan. [4;56] Muhammad Rahimxon (1806-1825) saroyida ishlagan mashhur tanburchi va qo'shiqchi Niyozxo'ja Hojining ijodiy va ijrochilik faoliyati Xivada kechdi. U xorazm musiqa madaniyatiga katta e'tibor berdi. Matyoqub Xarratovning aytishicha, Niyozxo'ja Buxoroga «Shashmaqom»ni o'rganish uchun borgan. U Buxorodan qaytgach, buxorocha maqomlar Xiva cholg'uchilari tamonidan o'zlashtirilib, Xorazmda keng tarqala boshladi. Xorazmning mashhur cholg'uchilari Muxammadrahim Feruz, Komil Xorazmiy, Mirzo Muxammadrasul va boshqalar Niyozxo'ja bilan hamkorlikda maqomlarga yangi cholg'u bo'limlari qo'shib, ularni boyitdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida Qo'qon shahri mashhur cholg'uchilar to'plangan markazga aylangan edi. Bu erda Usta Xudoyberdi rahbarligida o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik maktabini o'rganish bo'yicha o'ziga xos maktab yaratildi. Farg'ona cholg'ulari buxorocha shashmaqomni faol o'zlashtira boshladi. Ota -Jaloliddin Nosirov (1845-1928) maqom ijrochisi, taniqli o'qituvchi, cholg'uchi, usta tanburchi edi. U dastlab musiqa ilmini onasidan o'rgandi, so'ngra maqomlarning zukko bilimdoni va mohir ijrochisi bo'lgan otasidan ta'lim oldi.[5;43] Ota-Jalol Nosirov uzoq yillar mobaynida Amir Olimxon (Buxoro), Amir Muzaffarxon (Shahrisabz)," Amir Otajonlar (Karmana, hozirda Navoiy)lar saroyida o'zbek xalq cholg'ulari ansamblining doimiy rahbari va xonandasi bo'lgan. Ota G'iyos Abdug'ani (18581924) o'zbek musiqasining bilimdoni, buxorolik tanburchi edi. U Shashmaqomning Mushkulot qismini yaxshi bilgan va har bir maqomni unga xos usul va xususiyatlarni saqlab qolgan holda ijro etgan. Xoji Abdulaziz Rasulev (1852-1936) o'zbek va tojik musiqasining taniqli ijrochilaridan biri, mohir tanburchi Hoji Raximqulning shogirdi. 1888 yilda Buxoroga bordi. U yerda Ota Jaloliddin Nazirov rahbarligi ostida bir yil ichida Shashmaqomni mukammal o'rgandi. A.Rasulov Farg'ona, Samarqand, Toshkent shaharlarida o'zbek xalq musiqasi va maqomlarini faol targ'ib qildi. U o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligi rivojiga tanburchi, dutorchi va xonanda sifatida salmoqli hissa ko'shib, xalq va musiqa jamoatchiligining mehr-muhabbatiga sazovor bo'ldi. Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan musiqachi-cholg'uchilar o'z ijodiy yo'lini boshlab o'z davrida ijodiy kamolotga etdilar. Ular hammasi ma'rifatchilar, yosh musiqachilarning ustozlari edilar. Ularning pedogogik karashlari, ta'limotlari o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik bo'yicha yangi pedagogik hayotiy manba bo'lib, o'lmas meros sifatida saqlanmoqda.

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə