Milliy qo‘shiqchilik san’atida shashmaqom san’atining rivojlanish tendensiyalari nigora Arzimurodova Samarovna



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə2/6
tarix23.04.2023
ölçüsü25,93 Kb.
#106746
1   2   3   4   5   6
N.Arzimurodva

Abstract: In this article, opinions are expressed about the history of the development of the art of shashmaqom in the art of national singing and its importance today. Also, detailed information about the stages of formation of shashmaqom and kata singing in the art of national singing, development processes, and the lives of representatives of the art field who contributed to the development of the field are given. In addition to the scientific work, the reform processes implemented in the field are also highlighted. Key words: shashmaqom, national singing, art, singer, voice methods, kata singing, ghazal, cultural development, reforms, music art
KIRISH
O’zbek xalq musiqasi o’zining serqirrali mazmuni, shakli va janri bilan O’rta Osiyodagi qozoq, tojik, turkman va boshqa xalqlar musiqa madaniyati bilan mustahkam bog‘langandir. Xalq qo’shiqlari bir ovozli bo’lishiga qaramasdan ajoib kuychan, turli usullarga (musiqa ritmlariga) boy o’zbek musiqa san’atining xazinasidir. O‘tmishda o’zbek elida ko’p xonliklar bo’lib, har qaysi xonlik o’z xonanda va sozandalariga ega bo’lgan. Toshkent va Farg‘onadagi ”Katta ashula” boshqa vohada yo’qligi so’zimiz isboti bo’laoladi. Agar Toshkent-Farg‘ona, Xorazm, o’lkalarida o’rta diapozonli kuy va qo’shiqlarga ega bo’lsa, Buxorodagi ”Xalq qo’shiqlari” keng diapozonga ega bo’lgan xalq musiqasining merosidir. Ko’pincha o’zbek xalq qo’shiqlari kvinta intervalidan boshlanib, qo’shiqni o’rta qismdagi avjlari to ikkinchi oktava tovushlarigacha yuqoriga chiqib yana o’rta avj vositalari bilan asosiy tonliklarga qaytadi. Qo’shiq kuylari uning so’zlarini to’la ma’nosini bildiradi. Hatto ba’zi joylarda she’r mazmunini kengaytiradi. She’rlar to’rt misrali (ruboiy, g‘azal, muhammas) shaklida yozilgan tarzda ko’proq ishlatiladi. G‘azal shaklidagi she’rlar ko’proq katta hajmdagi (Shashmaqom) asarlarida ishlatiladi. Masalan: Navoiy she’rlari bilan ”Gulizorim”, Muqumiy she’ri bilan ”Farg‘onacha jonon”, Zavqiy she’ri bilan ”Oromijon”, ”Asiriy”, Hislat she’ri bilan ”Naylaram” va boshqalar. O’zbek xalq qo’shiqlarining usullari (ritmlari) har xil bo’ladi. Oddiy usuldan to murakkab usulgacha ijro etiladi. Masalan: ”Mug‘ilchai dugoh”, ”Mug‘ilchai segoh”, ”Mug‘ilchai chorgoh”, ”Mug‘ilchai panjgoh”, ”Talqini bayot”, ”Adoiy”, ”Asriy”, ”Chapandozi bayot”lar 3/4, 4/8 usullarda ijro etiladi. ”Miskun” va shunga o’xshash qo’shiqlar 4/4 dan iborat va hokazolar.[1;35] Xalq qo’shiqlariga musiqa asboblarining jo’r bo’lishi alohida ahamiyatga sazavor. Ba’zi holatlarda kuylar asboblar jo’rligida yana ham mayinlashib, kuyga o’zgacha jilo beradi. Xalq kuy va qo’siqlarimiz ikki xil ansambl jo’rligida ijro etiladi:
1. Uyda, xonada: g‘ijjak, nay, tanbur, rubob, dutor, doira asboblari jo’rligida.
2. Katta marosimlarda karnay, surnay, nog‘ara, bir necha doira va boshqa asboblar jo’r bo’ladi.[2;67]
Xalq qo’shiqlarimizni ikki turga bo’lishimiz mumkin: cholg‘u turi va qo’shiq turlariga. Masalan: cholg‘u turiga ”Yangi tanavor”, ”Gul bahor va tanavor”, ”Cho’li iroq”, ”Norim-norim” va boshqalar. Qo’shiqlar misolida biz ”Munojot”, ”Ushshoq”, ”Bayot” va hokazolarni aytib o’tishimiz lozim.

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə