Milliy universiteti jurnalistika fakulteti



Yüklə 321,87 Kb.
səhifə11/12
tarix23.04.2023
ölçüsü321,87 Kb.
#106688
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Metaforaning badiiy

Metafora va epitet. D.Xo’jayeva epitetlarni metaforadan farqlashga harakat qilib, quyidagilarni yozadi: ―Ko’pincha adabiyotshunoslik va tilshunoslikka doir adabiyotlarda oltin barg, sher yigit kabi birikmalardagi oltin, sher so’zlarida sodir bo’lgan ma‘no o’zgarishini ba‘zan metafora deb, ba‘zan epitet deb talqin etiladi. Biroq epitet aynan metafora bo’lmaganidek, epitet metaforaning ayrim ko’rinishi ham emas1.
I.Shukurov bu ikki hodisa o’rtasidagi farqi leksemalarning semik tuzilishi asosida ko’rsatib beradi. Uning ta‘kidlashicha, sher leksemasining semik strukturasi ―kuchli,
―dovyurak, ―xayvon semalaridan iborat. Agar shu leksemaning muayyan kontekstda semantik strukturasidagi semalarida o’zgarish sodir bo’lsa, yangi ma‘no kasb etadi va metafora ro’y beradi. Masalan, Qani, sherlar olg‘a! ... (H.Olimjon). Bu gapdagi sher leksemasida ―kuchli,
―dovyurak semalari saqlanib, ―hayvon semasi o’rniga ―odam semasi qo’shilgan. Ana shu o’zgarish metaforaga sabchi bo’lgan. Sher yigit birikmasida esa dastlabki ikki sema ―kuchli,
―dovyurak semalari bilan qo’llangan. Uchinchi sema tushib qolgan. Yangi sema vujudga kelgan emas. Shuning uchun u metafora emas, balki epitetdir. Shunday qilib, metaforada yangi sema mavjud bo’lib, ma‘noda o’rganish ro’y beradi. Epitetda esa ma‘no tuzilishidagi ayrim semalargina yuzaga chiqadi.

X U L O S A


Metafora qadimdan o’rganila boshlangan, bu masaladagi nazariy qarashlar metaforani
―nutq bezagi deb tushunishdan inson tafakkurining muhim mexanizmlaridan biri sifatida tushunish tomon o’zgarib borgan. Xususan, ijodiy individuallikka e‘tiborning kuchayishi bilan poeziyada metaforaning ahamiyati ham ortib borgan, unga til va tafakkur bilan bog’liq hodisa sifatida qarala boshlangan.
Metafora atamasi hozirda o’xshashlik asosida ko’chma ma‘noda qo’llangan bitta so’zni, matnning bir bo’lagida ifodalanuvchi obrazni, ba‘zan esa butun boshli asarni ham anglatadi. Ya‘ni keng ma‘noda metafora poeziyada (umuman san‘at)dagi bir narsa-hodisa mohiyatini ikkinchi narsa- hodisa orqali ochish, fikrni obrazli va bavosita ifodalashning har qanday shaklini anglatadi.
Metafora badiiy tafakkurning asosiy mexanizmi bo’lib, badiiy asarning barcha sathlarida (tildan boshlab kompozitsion qurilishigacha)kuzatiladi. Shunga ko’ra, o’rganilish ko’lamidan qat‘i nazar (muayyan asar, alohida san‘atkor ijodi, u yoki bu adabiy yo’nalish, maktab avlod va b.), metaforani tizim sifatida o’rganish talab etiladi.
Metafora aslida nomi yo’q bo’lgan narsa-tasavvurlarga nom berish, ularni atashning eng muhim vositalaridan biridir. Ammo bu vositadan foydalanish faqat ana shu ehtiyojgagina bog’liq emasligini, u inson tabiatidagi obrazli ifodaga o’chlik bilan aloqadorligini, nomi bor narsalarni ham metaforik yo’l bilan ifodalashga insonda ichki bir tabiiy intilish mavjudligini mutaxassislar alohida ta‘kidlaydilar.
Har qanday lingvistik hodisa kabi metafora ham lisoniy asosga ega. Sememaga mohiyatan mos bo’lgan semalarning turlicha yaqinlashuvi sababli yangi-yangi ma‘noga egadek tuyuluvchi nutqiy so’z aslida yagona lisoniy mohiyatlidir. Ana shu mohiyatning yuzaga chiqish imkoniyatlari – o’xashashlik, aloqadorlik kabilar orqali yangi ko’rinish kasb eta oladi.
Metafora ana shu imkoniyatlardan bittasi – obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi o’xshashlikning lisoniy akti bo’lmish mutanosib semalar asosida bir narsaning nomi ikkinchi bir narsa nomi o’rnida qo’llanilishidir. Metafora – ko’p qirrali jarayon. Shuning uchun ham uning tasnifi bir necha jihatni qamrab olishi shubhasiz.
Metafora va so’z yasalishi orasidagi farq aynan semantik strukturada yotadi. Ya‘ni metafora so’z semem strukturasini o’zgartira olmaydi, so’z metaforik qo’llanganda uning semalari to’lig’icha saqlanib qoladi, faqat ayrim semalar yorqinlashsa, ayrimlari xiralashadi. So’z yasalishi esa so’z semem strukturasini butunlay yangilaydi. Tashqi jihatlardan so’z yasalishi va metafora bir-biriga juda o’xshaydi. Chunki har ikkalasi ham nomlashni nazarda tutadi. Ko’p ma‘nolilik, metonimiya, o’xshatish va so’z yasalishi metafora bilan lisoniy sistem munosabatda turadi. So’z semem strukturasidagi o’zgarish nisbatiga ko’ra ko’p ma‘nolilik, metonimiya, metafora bitta gruppani tashkil etib, bir tomondan so’z semem strukturasida hech qanday o’zgarishga yo’l qo’ymaydigan o’xshatish, ikkinchi tomondan so’z semem strukturasining o’zgarishini nazarda tutadigan so’z yasalishiga oppozitsiyada turadi.



Yüklə 321,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə