Milliy universiteti



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə11/13
tarix14.05.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#110285
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O\'ralova Madina 108-guruh Kurs ishi

Spetsifomeduzalar dengiz hayvonlari bo`lib, ular meduza shakliga ega bo`lsada, murakkab tuzilishga ega(11-rasm).

Ularda nerv hujayralari to`planib tugunlar (gangliyalar) hosil qiladi va shu tariqa nerv sistemasi markazlashadi. Og`zi tomoq bilan tutashgan, ichak bo`shlig`ida esa kameralar hosil bo`ladi. Jinsiy hujayralar entodermada joylashgan jinsiy bezlarda rivojlanadi.
Meduzalarning paypaslagichlari juda ko`p otiluvchi hujayralar bilan jihozlangan bo`lib, ular yirik hayvonlarga va odamlarga ta`sirchan bo`ladi.
Marjon poliplar sinfi ham o`z ichiga dengiz hayvonlarini oladi. Ular yanada murakkab tuzilgan ektoderma ostida joylashgan muskul qavatga ega. Ektoderma hujayralari shoxsimon yoki ohaksimon modda ishlab chiqib, ulardan tashqi yoki ichki skelet hosil qiladi.
Ko`pchilik marjon poliplar kolonial organizmlar. Ularning koloniyalari orollarni o`rab olgan katta hajmdagi har xil rangli to‘siqlar, riflar hosil qiladi (12-rasm). Ularning eng kuchlisi Avstraliyaning sharqiy qirg`oqlarida joylashgan va 1400 km ga cho`zilgan. Marjon poliplarga alohida yashovchi, uzunligi bir necha mm dan 1,5 m gacha bo`lgan skeletsiz aktiniyalar ham kiradi. Ayrim aktiniyalar qisqichbaqasimonlar bilan simbiont holda yoki mollyuskalar chig`anoqlarida hayot kechiradi.


Taroqlilar sinfi. Bu sinfga kiruvchi barcha kovakichlilar ham dengiz hayvonlari bo`lib, ular xaltasimon yoki noksimon shaklga va taroqsimon plastinkaga ega (13-rasm). Ayrim taroqlilarning shakli yassilashgan bo`lib, ular voyaga yetgan paytda taroqsimon plastinkalarini yo`qotadi va siljib harakat qiladi. Siljib yurish esa tana shaklini o`zgarishiga olib keladi. Bunday taroqlilarning tuzilishida ayrim dengizlarda yashovchi yassi chuvalchanglar bilan birmuncha o`xshashlik seziladi. Taroqlilarning nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv to`ridan iborat. Hazm sistemasi esa murakkab tuzilgan. Taroqlilar germafrodit, ko`payishi faqat jinsiy yo`l bilan kechadi. Otalanishi tashqi.


Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə