Milliy xalq o'yinlari va ularning kelib chiqishi Reja: Tayanch so`zlar va iboralar


Педагогические основы оздоровительной



Yüklə 84 Kb.
səhifə7/7
tarix29.05.2023
ölçüsü84 Kb.
#114003
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek xalq o\'yinlari va ularning kelib

Педагогические основы оздоровительной 
направленности учебно-воспитательного процесса в общеразвивателышх 
школах Узбекистана: Автореф. дис... д-ра пед. наук. — Т., 2000. — 60 с.
7. 
Usmanxodjayev T.S. va boshqalar.
1001 o‘yin. — Т.: Ibn-Sino, 1990. — 350 b.
8. 
Usmanxodjayev T.S., va boshqalar.
Harakatli o‘yinlar. — Т.: 0 ‘qituvchi, 
1992. - 80 b.
9. 
Usmanxodjayev T.S., va boshqalar.
500 mashq va harakatli o‘yinlar. — T. 
1999.- 6 0 b.
10. 
Usmonxodjayev T.S.va boshqalar.
Bolalar va o‘smirlar sporti asoslari.
— Т.: Zamon-Poligraf, 2014. — 189 b.
11. 
Qurbonova M.A., Qosimova M.U.
Milliy va harakatli o‘yinlar: 0 ‘quv- 
uslubiy qo‘Hanma. Т., 2009. — 66 b.
12. 
Шарапова Д.Д. и др.
 Охрана здоровья школьников. — Т.: Медицина, 
1984. - 100с.
13. 
Шарыпова Д.Д.
Школьник и его здоровье. — Т.: Медицина, 1987. — 
160с.
/

2-BOB
XALQ HARAKATLI G‘YINLARINING MOHIYATI 
VA TASNIFIY XUSUSIYATLARI
2
.
1

0 ‘yinlaraing tavsifl
« 0 ‘yin nima?» yoki «Siz o'yinning nimaligini bilasizmi?», 
«Qanday o‘yinlar sizga yoqadi?». Darhaqiqat bunday savollar qan- 
chalik ko‘p va g‘alati tuyulmasin, har bir inson «o‘yin»ni o‘zicha 
talqin qiladi.
Yuqoridagi qator savollarga javob topish uchun, awalo, o‘zbek 
tilida nashr qilingan lug‘atlarga murojaat qilamiz. 0 ‘yin motiv 
natijasida emas, balki shu jarayonning o‘zidan iborat faoliyat 
turi. Kishilik jamiyati tarixida о‘yin sehrgarlik, diniy marosim 
va boshqalar bilan qo‘shilib ketgan: sport, harbiy va boshqa 
mashqlar, san’at (ayniqsa, uning ijro shakllari) bilan uzviy 
bog‘langan. Bolalar tarbiyasi, ta’limi ham rivojlanishda, ularni 
kelgusi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash vositasi sifatida 
muhim ahamiyatga ega.
«U kim? Bu nima?» — o‘yini haqida «Bolalar ensiklopediyasi»da 
quyidagicha ta’riflanadi: «Qachonlardir, o‘tmishdoshlarimiz ov 
yoki jangga jo'nashdan oldin jangovor raqs va о‘yinlar tashkil 
etishgan, nislionga olishda, chaqqonlik va kuch sinashda muso- 
baqalar uyushtirishgan.
Bunday mashqlar ularga dushman ustidan g‘alaba qozonishga 
ham yordam bergan.
Siz katta bo‘lganingizda kim bo‘lishingizdan qat'i nazar — 
shil'okor yoki shofyonni, operator yoki konstruktormi, o‘qituvchi 
yoki sinovchi-uchuvchimi, foydali, hushchaqchaq, qiziqarli 
o‘yinlarga albatta, zarurat sezasiz», deb izoh berilgan.
«Ruscha-o‘zbekcha lug‘at»da «igra» — o‘yin, o'ynash shaklida 
berilgan bo‘lib, quyidagicha izohlangan: 1. 0 ‘yin o‘ynash — bolalar 
o‘yinlari; koptok o‘yini; shaxmat o‘yini. 2, Jilva — tovlanish, 
yaltirash. 3. Jimirlash ~ vijillash, chaynash, mavj. 4. Mashq — 
chalish, ijro (cholg‘u asboblarida). 5. Ijro etish — ijro, o‘yin,

o‘ynash (aktyorlar, aktrisalar haqida). 6. Pinhoniy xatti-harakatlar


— nihoyat, Myla.
0 ‘yin haqidagi yanada aniqroq ma’lumotni « 0 ‘zbek tilining 
izohli lug‘ati»dan topamiz. « 0 ‘yin. 1. Ko'ngil ochish, dam olish 
maqsadida qilinadigan erkin harakat yoki mashg‘ulot, Bolalar 
o‘yini. Loy o'yini, ermak uchun loydan turli narsalar yasash. 
2. Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun ma’lum qoidalar asosida 
o‘tkaziladigan mashg‘ulot va shu kabilar».
Yuqoridagi manbalarda «o‘yin» haqida qanchalik ta’rif, izoh 
berilmasin, «o‘yin»ning ma’nan mohiyati to ‘laqonli o‘zining 
in’ikosini topgan emas, chunki o'yinga boshqa fan sohiblari o‘z 
nuqtayi nazarlarini bildirishgan. Holbuki, «o‘yin» jismoniy tarbiya 
va sport mutaxassislari tomonidan o‘z ta’rifini topgan.
0 ‘yin — tarixiy, ijtimoiy, falsafiy tushunchalardan iborat bo‘lib, 
turli xil harakatlardan iborat bo‘lgan murakkab harakatli faoliyatdir. 
0 ‘yin insonlarga xos faoliyatning muayyan shakllaridan biridir. 
« 0 ‘yin» tushunchasi go'dakning shiqildoq bilan bajariladigan 
oddiy harakatlaridan tortib, sport turida (basketbol, gimnastika, 
kurash va shu kabilar) amalga oshiriladigan jismoniy faoliyatlami 
o‘z ichiga oladi.
0 ‘yin shartli qo‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan fao­
liyatdir. 0 ‘yinda qandaydir moddiy boyliklar ishlab chiqilmaydi. 
0 ‘yinning maqsadi o ‘zida. Chunki u shaxsning tarbiyasi va 
shakllanishiga umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, o‘yin har doim 
pedagoglar, psixologlar, faylasuflar, san’atshunoslar, tibbiyot 
xodimlari va boshqalar diqqatini o‘ziga tortib kelgan.
0 ‘yin — tarixan tarkib topgan ijtimoiy hodisadir. Masalan, 
bolalar о‘yinlari, stol ustidagi o‘yinlar, jo‘r bo‘lib aytiladigan o‘yin- 
lar, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari va hokazo. 0 ‘yin o‘zini 
anglash, ko‘ngil ochish, dam olish vositasi, jismoniy va umum- 
ijtimoiy tarbiya, sport vositasi bo‘lishi mumkin.
0 ‘yin madaniyat unsuri sifatida jamiyatdagi barcha mada- 
niyatlar bilan birgalikda rivojlanadi, ular bolalar va o‘smirlarni 
tarbiyalashning foydali vositasidir.
U hamma vaqt ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan va ttirli-tuman 
ko‘rsatmalar hamda rang-barang mavzudagi faohyatni ifodalaydi.

0 ‘yin faoliyati, o‘yin — mehnat bilan bolalik yoshidayoq umu- 


miylikka egadir.
0 ‘yin - juda hissiyotli faoliyat, shuning uchun u bolalar va 
yoshlaming tarbiyaviy ishlarida jiddiylikni talab etadi. Katta doira- 
dagi xalq o‘yinlari bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan. 
Xalq o‘yinlarining o‘ziga xos xususiyati harakatning o‘yin ma/mu- 
nida yaqqol ajralib turishidadir (yugurislilar, sakrashlar, uloqti- 
rislilar, tashlashlar va boshqalar). Bu harakat faoliyatlari ulaming 
syujetlarida motivlashgan (mavzu, g‘oyalar). Ular o‘yin maqsadiga 
erishish yo‘lida qo‘yilgan turli xil qiyinchiliklar, to‘siqlami bartaraf 
etishga yo‘naltirilgan.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi bilan o‘yinning mazmuni 
o‘zgaradi, o‘yin faoliyati dastlabki bosqichlarda oddiy bo‘lsa, keyin- 
chalik u bosqichma-bosqich boyib boradi va murakkablashadi.
Milliy kurashda «o‘yin» atamasi polvonlarning bir-birlariga 
qo‘l silkitib yoki sakrab, yengil harakat qilishlari ma’nosini ang- 
latadi. «Polvonlar, o‘ynab-o‘ynab olinglar», deganda shu ma’no 
tushuniladi. «Nima uchun xalq o‘yinlari yoki o‘zbek xalq o‘yinlari» 
deb ataladi? Buning uchun xalq so‘zining lug‘aviy ma’nosini topi- 
shimiz zarur.
Demak, yuqoridagi qomuslardan m a’lum bo‘ldiki, xalq 
so‘zining lug‘aviy ma’nosini tilimizda el, elat, millat, aholi, xaloyiq, 
olomon, bir guruh kishilar ma’nolarini ariglatadi va amalda 
qo‘llaniladi, bu tilimizdagi rang-baranglikka xos xususiyatdir. 
Binobarin, «o‘zbek xalqi» iborasi o‘rni kelganda, o‘zbek eli, o‘zbek 
elati, o‘zbek millati deyilishi mumkin, bu hech qanday til qonun- 
qoidalariga va mantiqqa zid emas.
«Xalq» so‘zi atama sifatida o‘zining qat’i belgilangan ma’no- 
mohiyatiga ega. Fikrimizning isboti uchun bir necha qiyosiy misol- 
lar keltiramiz. 0 ‘zbek xalqi yoki o‘zbek xalq o‘yinlari deganda, 
0 ‘zbekistonda va boshqa mamlakatlar-u mintaqalarda yashovchi 
barcha o‘zbeklami yoki o‘zbek xalq o‘yinlarini tushunish kerak. 
0 £zbekiston xalqi yoki 0 ‘zbekiston xalqlari o‘yinlari deganda, 
faqat respublikamizda yashovchi barcha aholini yoki barcha xalqlar 
o‘yinlarini tushunmoq kerak. Chunki ular orasida o‘zbeklardan 
tashqari turli xalqlar, fuqaroligi yo‘q yoki fiiqarolikdan mahrum

etilgan kimsalar, muhojiriar, chet el fuqarolari va shu kabilar 


ham bolishi tabiiydir. Xullas, 0 ‘zbekiston xalqi deganda respub- 
likada yashovchi yalpi aholi yoki o‘zbek xalq o'yinlari deganda 
faqat o‘zbek xalqiga tegishli bo‘lgan o‘yinlami tushunmoq joizdir. 
Qadim vaqtlardan beri xalq hayotiy mazmunining siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy, inaishiy tomonlarini o'zida mujassamlashtirib kelgan 
narsa — bu o‘zbek xalq o‘ymlari va jismoniy mashqlar edi. Ilk 
zamonlarda ulaming aksariyati mol boqish, yovvoyi hayvon, qush 
va baliqlami ovlashga qaratilgandi. Tariximiz ohangraboligini hech 
qachon yo‘qotmagan. Istiqlolga erishgunga qadar biz xalqimizning 
juda ko‘p shonli an’analarini boy berdik, lekin an’anaviy xalq 
o'yinlari va milliy sport turlari batamom yo'qolib ketmadi. Uni 
xalq o‘z farzandini e’zozlagani kabi avaylab, ishonch ko‘zi ila 
saqlab keldi. Qanchalik taqiqlashlar, ta’qiblar bo‘lmasin, ular 
kattalardan kichiklarga, avloddan avlodga o‘tib kelaverdi. Ularni 
bir yoki bir necha kishi yaratgan emas, uni xalq yaratgan, 
shuning uchun ham yillar bo‘roniga dosh berib, asrlar osha 
yashayveradi.
Xalqning har qanday o‘yini mehnat, turmush tarzi va tevarak- 
atrof bilan uzviy bog‘langan. Bu ayniqsa, turli joylarda yasha- 
yotgan o‘zbek xalqining o‘yinlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Masalan, hamma joyda uzoqni chamalab mo‘ljalga uloqtirish, 
tashlash, irg‘itishlar mavjud, lekin tog‘lik o‘zbeklar nishonga yoki 
uzoqqa tosh, tekislikdagilar esa kesak, loy, tayoq uloqtiradilar 
(«Qadama tayoq», «Aniq mo‘ljalga», «Merganlar» va boshqa 
o‘yinlar).
Xalq o‘yinlari azaldan insonning turmush tarzida o‘ziga xos 
o‘rin tutib, bolalar va yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy 
vositasi sanalgan. Jamiyat taraqqiyotining har bir davrida xalq 
o'yinlari belgilangan maqsad va vazifalari bilan shu jamiyat man- 
faatlari yo‘lida xizmat qilgan. 0 ‘zbek xalq o‘ymlari shu jamiyat 
manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan. 0 ‘zbek xalq o‘yinlari shu qadar 
ko‘p bo‘lganki, bir qishloq o'yinlari ikkinchisidan, bir shahar 
o‘yinlari boshqa o‘yinlardan farq qilgan. Tarixiy manbalarga qara- 
ganda, o‘zbek xalqining milliy sport turlari va milliy ocyinlari 
kishilarni faol, sermahsul ishlashga tayyorlagan. iBunda milliy

o‘zbek o'yinlarining umumiy miqdori, bilimdonlaming fikricha,


3—5 mingdan kam emas.
Bu o‘yinlarning har biri xalqimizning orzu-istaklari, umidlari, 
quvonch-u tashvishlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ular yillar 
davomida shaklfanib, mukammal holga kelgan, ma’lum bir qoidaiar 
asosida birlashtirilib, har xil turlarga ajratilgan. Xalq orasidagi 
o'yinlar doimiy va mavsumiy bo'lib, hatto shahar va qishloqlarga, 
kichik va kattalarga, kunduz va oqshomga xos xarakterga ega 
bo£lgan (U.Qoraboyev, 1991).
Ma’lumki, barcha o'ynaladigan o'yinlar bilan bir qatorda, turli 
kasb egalarining ham o‘ziga xos o‘yinlari bo‘lgan. Ba’zi tadqiqot- 
chilar fikricha «uloq» (ko'pkari) o‘yini chorvadorlar orasida keng 
tarqalgan ekan. Chorvadorlar orasida «ко'ркап» (uloq), «junto1 p», 
«chimto£p», «podachi» kabi o‘yinlar o‘ynalgan (ko£pgina sharq 
xalqlarida, jumladan, o£zbek chorvadorlari orasida keng tarqalgan 
«chovgan», «chimto£p» o£yini asosida hozirgi vaqtda butun dunyo- 
da o‘ynalayotgan «Chim ustida xokkey» sport turi vujudga kelgan).
Ocyin jarayonida bolalar dunyoni anglabgina qolmay, balki 
turii vaziyatlarda mustaqil harakat qilishni o‘rganadilar. 0 £yin 
bolalar harakatining faol ko‘rinishlaridan biridir.
Harakatchan o'yinlar ko£pchilik va yakka o'yinlarga bo'linadi. 
Ko£pchilik ichida o'ynaladigan o‘yinlar axloqiy ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Yakka harakatchan o‘yinlarda bola sharoit va maqsadni 
o'zlashtirishi, muvofiq yo£lni o£zi tanlashi mumkin (A.K. Atayev, 
1990).
0 ‘yinlarda, asosan, sog‘lom, o£z kuchiga, imkoniyatlariga 
ishongan bolalar ishtirok etishgan. 0 ‘yinlarda bolalarning yoshi, 
jismoniy tayyorgarliklari ko£p hollarda hisobga olinmagan. O'yin 
ishtirokchilari, asosan, bolalarning bo‘y-bastiga muvofiq tanlangan. 
Chunki, bolalarning bo‘yi va gavdasining tuzilishi katta ahamiyat 
kasb etgan.
Bolalar o‘yinlari ni harakatli o£yinlar va ma’naviy (so£z) o'yinlar 
tarzida ikki guruhga ajratish mumkin.
Harakatli o£yinlarda biror predmet (o‘yinchoq) yoki so£z 
(qo£shiq) hal qiluvchi rol o£ynaydi, ular butun o£yin davomida 
boshqaruvchilik, vosita vazifasini bajaradi. «Chillak» o’yinida chillak

dasta va chillak, «Danak yashirish» o‘yinida danak harakatni bosh- 


qaruvchi predmet hisoblanadi. «Oq terakmi, ko‘k terak?», «Boy 
xotin», «Mehmonmisiz?» va boshqa talay o'yinlarda so‘z (qo‘shiq) 
harakatni boshqaruvchi vositaga aylangan.
G. Jaxongirov (1975) o‘zbek bolalar milliy o'yinlarini tavsiflagan 
bo‘lmasa-da, o‘zbek bolalar folklori materiallari asosida o‘yinlarda 
folklor unsurlarining о‘mini shartli ravish da vazifalarga qarab ajrat- 
di: qo‘l chaqqonligi o‘yinlari, topishmachoq, taqlid, quvlash­
machoq, koptok o‘yinlari, chorvachilik, dehqonchilik, bog‘dor- 
chilik, arg‘imchoq, suv o‘yinlari, she’riy va maishiy xarakterdagi 
о‘yinlar.
Hozirgi kunda o‘yinlar ikki turga ajratiladi: harakatli o‘yinlar 
va sport o‘yinlari. Yugurishning har xil turlari, sakrash, uloqtirish 
va boshqa harakatlardan tashkil topgan о‘yinlar harakatli o‘yinlar 
deb ataladi.
Pedagogik amaliyotda harakatli o‘yinlaming ikkita asosiy turi 
qo'llaniladi.
1. Ozod, ijodiy yoki erkin o‘yinlarda, o‘yin qatnashchilari 
o'zlari o‘yin rejasini belgilaydilar va belgilangan maqsadni o‘zlari 
amalga oshirishga harakat qiladilar. Go‘daklarda, maktabgacha 
va kichik maktab yoshidagi bolalarda, ko‘pincha, ular syujetli 
bo‘ladi, rollar syujetga bog‘liq holda taqsimlanadi, shuning uchun 
psixologlar ularni rolli deb ataydilar. Ular yakkalik va guruhli 
bo‘Hshi mumkin.
2. 0 ‘matilgan qoida asosida tashkillashtirilgan harakatli o‘yinlar, 
rahbarlikni yoki bolalaming o‘z sardorlari bo‘lishini talab qiladi. 
Ular mazmuni va murakkablik darajasiga ko‘ra juda rang-barang:
a) oddiy, jamoasiz harakatli o‘yinlar, qaysiki har bir qatnashchi 
qoidaga rioya qilgan holda, o‘zi uchun kurashadi. Barcha o‘yin 
faoliyati boshqalar ustidan tezlik, kuch, chaqqonlik kabi sifatlar 
orqali shaxsiy ustunlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bu o‘yinlarda 
shaxsiy tashabbus ko‘rsatish ustunlik qiladi;
b) nisbatan murakkab, jamoaga o‘tish harakatli o ‘yinlari, 
o‘ynovchilar, birinchi navbatda, o‘z qiziqishlarini himoya c[iladigan, 
lekin ba’zan, shaxsiy xohishga ko‘ra, o‘rtoqlariga yordam beradi, 
ularga ko‘maklashadi, o‘yinda hujumchidan saqlanish - qutilishga

yordam beradi («dog‘lash-qo‘lni ber», «asir bilan qochib o‘tish»). 


Ba’zan o‘ynovchi maqsadga erishish uchun boshqa o'ynovchilar 
bilan vaqtincha hamkorlikka kirishi mumkin. Ayrim o‘yinlarda 
bunday hamkorlik, hatto, qoidalarda nazarda tutilgan («Oq ayiq», 
«Bo‘ri va qo‘ylar»);
c) jamoali harakatli o'yinlarda o‘ynovchilar alohida jamoa 
guruhlarni tashkil qiladi. Ular jamoalarning umumiy maqsadga 
erishishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyatini ifodalaydi, barcha 
shaxsiy qiziqishlar o ‘z jamoasi qiziqishlariga bo‘ysundiri!gan. Har 
bir o‘ynovchi faoliyati barcha jamoa muvaffaqiyati bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Jamoali o'yinlarda o'z faoliyatini o‘rtoqlari faoliyati bilan 
muvofiqlashtirish zarar. Ko‘pincha, jamoali o‘yinlarda faoliyatni 
muvofiqlashtirish va o‘yinning umumiy rahbarligi uchun o‘y- 
novchilar o‘rtasidan jamoa sardorini ajratish zarurati paydo bo‘ladi, 
ya’ni bo‘ysunish barcha uchun majburiy hisoblangan.
Ayrim jamoali o‘yinlar yarim sport tavsifiga ega: ular harakat 
texnikasini, o‘yin usuli bo‘yicha juda murakkab va belgilangan 
qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Ba’zi o‘yinlarda rollarni ixtisos- 
lashtirish talab qilinadi. Bunday o‘yinlar ayrim manbalarda yarim 
sportli deb ataladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq o‘yinlarini keng 
qo'llash, har xil pedagogik vazifalami hal qilish uchun ish sharoitini 
hdsobga olib, o‘yinlarniing ma’lum belgilari bo‘yicha to‘g‘ri keladi- 
ganlarini maxsus saralash talab qilinadi. Xalq o‘ymlarini tasniflash 
bo‘yicha ham turli xil qarash, fikr, yondashishlar mavjud.
Professor V.G. Yakovlev alohida o‘yin guruhlarini birlashtirib, 
o‘ynovchilami o‘yindagi o‘zaro munosabatlari va o‘zaro faoliyatlari 
tamoyillaridan kelib chiqib, jamoali harakatli o‘yinlarni pedagogik 
tasniflashni tavsiya qiladi, ya’ni jamoali harakatli o‘yinlarni ikkiga 
ajratadi:
1. Jamoalami guruhlarga ajratmasdan.
2. Jamoalami guruhlarga ajratish bilan.
Jamoalar guruhlarga ajratilmaydigan harakatli о ‘yinlar ikki 
(o‘yinboshisiz va o‘yinboshi bilan)ga ajratiladi. 0 ‘yinboshisiz 
o‘ynaladigan o£yinlar: o‘z o‘mi va jamoa faoliyatidagi umumiy 
tartib uchun kurashadi. 0 ‘yinboshi belgilangan o ‘yinlarda:
a) o‘yinboshiga qarshi yakka kurash; b) bu o‘zaro qo‘llab-quv-
Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə