Milliy xalq o'yinlari va ularning kelib chiqishi Reja: Tayanch so`zlar va iboralar


Harbiy k o ‘nikma va m alakalam i shakllantiruvchi oyinlar



Yüklə 84 Kb.
səhifə5/7
tarix29.05.2023
ölçüsü84 Kb.
#114003
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek xalq o\'yinlari va ularning kelib

Harbiy k o ‘nikma va m alakalam i shakllantiruvchi oyinlar: 
«Qorako‘z bo‘y-bo‘y», «Т1М», «Urush-urush», «Asir olish»,

«Nomer chaqirish», «Qo‘riqchi va qaroqchi», «Otishma», 


«Ko‘chma nishon», «Nishonga ur», «Ovchilar va o‘rdaklar», 
«Qubba».
Xalq sayllari va marosimlarda о ‘tkaziladigan harakatli о ‘yinlar: 
«Olamon poyga», «Uloq», «Qiz quvlash», «Cho‘nka shuvoq», 
«Cho‘pon», «Olib qochar».
0 ‘zbek xalq o‘yinlarida kasalliklami davolash uchun va o‘rga- 
tish jarayonida keng ko‘lamda foydalanish murnkin. Kasallikni 
oldini olish uchun qo‘llaniladigan o‘yinlar bilan kasaidan chiqqan 
odamda qo'llaniladigan о‘yinlar farqini bilish juda zarur. Chunki 
ularni jismoniy yuklanishi (nagruzkasi) bir-biridan ajralib turishi 
darkor. 0 ‘rgatish jarayonida esa ko‘nikma va malakalami shakl- 
lantirishga muvofiq o‘yinlar tanlab beriladi.
Yuqoridagilarni nazarda tutib o ‘zbek xalq o‘yinlarini quyidagi 
toifalarga ajratish mumkin:
1. Harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar.
2. Darsning ayrim qismlarida qo‘llaniladigan o‘yinlar.
3. Turli yoshdagi bolalar faoliyatida qo‘llaniladigan o‘yinlar.
4. Bolalar jinsiga qarab qo'llaniladigan o‘yinlar.
5. Ruhiy hissiyotlami rivojlantiruvchi o‘yinlar.
6. Yomg‘ va qorong‘i sharoitlarda qo‘llaniladigan o‘yinlar.
7. Hayotiy zarur malakalami egallashda yordam beruvchi va 
takomillashtiruvchi o‘yinlar.
8. Sport faoliyatida qo‘llaniladigan o‘yinlar.
Shu tavsiflarni ochib berish masalalarini keyingi sahifalarda 
ko‘ramiz.
Alohida shuni ham ta’kidlash joizki, aksariyat xalq harakatli 
o'yinlari o‘z moliiyati va mazmuni bilan mehnat va turli kasb 
ko'nikmalari, odob-axloq, ma’naviy-madaniy qadriyatlar, ong, 
xotira, diqqat, tafakkur, tasawur, idrok kabi hislatlami shakl- 
lantirishda muhim rol o'ynaydi.
Bunday o‘yinlarni ilmiy asosda yanada shakllantirish va ta’lim 
muassasalari va dam olish-soglomlashtirish maskanlarida o‘tkazi- 
ladigan mashg‘ulotlar, turli bayram tantanalari, to‘y-tomoshalar 
va sayllar kabi tadbirlarda ulardan keng foylanish milliy qadriyat- 
larimizni tiklash, sayqal topishiga turtki beradi, yosh avlod ma’-

naviyati, kuch-qudrati, jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini 


charxlaydi.
Ma’lumki, yurtimizda odil, demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyati qurish sari shahdam qadam qo'yilayotgan hozirgi sharoitda 
erkin shaxs tarbiyasida «Sog‘lom avlod» va «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi», «Barkamol avlod davlat dasturi», «Mustahkam 
oila», «Obod turmush», «Sog‘lom bola» yili davlat dasturlarini 
amalga oshishi erkin, farovon va sog‘lom turmush tarziga yangicha 
tafakkur bilan yondashish imkoniyatini berdi. Eng oddiy va ayni 
paytda eng murakkab masala — insonning sog‘lom va farovon 
turmush tarzini ta’minlash ekanligi isbot talab qilmaydigan haqi- 
qatga aylandi.
Jamiyat a’zolarining ma’naviy qiyofasini shakllantirish, g‘uru- 
rini uyg‘otish, iftixor tuyg‘usini tarbiyalash milliy qadriyatlarga 
tayangan mafkuraga asoslanadi. Mustaqillik, yangilangan ruhiyat, 
ayniqsa o‘sib kelayotgan yoshlar ongida dunyoga ilmiy asosda 
qarash imkoniyatini berdi. Axloqiy tarbiya negizida marosimlar
urf-odatlar va an’analarga yangicha munosabat tuyg'usi shakllandi. 
Bunday munosabatlarni shakllantirishda o‘zbek xalq harakatli 
o‘yinlarining o‘ziga xos o‘mi bor.
Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili hamda bizning 
kuzatuvlarimiz shu narsani ko‘rsatadiki, mustabid davrda o‘zbek 
xalq o‘yinlariga e’tibor berilmagan. Bugun milliy istiqlol mafku- 
rasining «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo 
etish», degan bosh g‘oyasini har bir insonning ongi-shuuriga singib 
borishi yoshlarda o‘zbek xalq harakatli o‘yinlariga yangicha yon- 
dashuvni, yangicha tafakkur tahlilini talab etmoqda.
Pedagogik va psixologik izlanishlar shu narsani ko'rsatmoqdaki, 
told ta’lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarga alohida tizim yaratilmas 
ekan, o'zbek xalq harakatli o‘yinlarini tarbiyaviy samaradorligi, 
ma’naviy-axloqiy va estetik qiymati to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin 
emas.
Shunday ekan, uzluksiz pedagogik ta’limni tashkil etish va 
rivojlantirishda ushbu muammoni ilmiy jihatdan to ‘liq o‘z 
yechimiga ega bo‘lishi kun tartibiga qo‘yilgan dolzarb vazifaga 
aylanmog‘i lozim.

0 ‘zbek xalq harakatli o‘yinlari — bolaning hamma jismoniy 


xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom hayot kechi- 
rishning afzalliklari, shart-sharoitlari, tashabbuskorligini oshirish, 
harakat faoliyatiga bo'lgan tabiiy mtilishlarini shakllantirish vositasi 
bo‘lib xizmat qiladi.
Harakatli o‘yin odamlarga xos faoliyatning qiziqarli shakl- 
laridan biridir. 0 ‘yin tushunchasi yosh bolaning shaqildok bilan 
bajaradigan oddiy harakatlaridan tortib, kattalarning o‘zbek jang 
san’ati, kurash, ko‘pkari va boshqa juda ko‘p sport turlarida amal- 
ga oshiradigan jismoniy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.
Harakatli o‘yinlar muayyan maqsadga erishishga qaratilgan 
ma’lum qoidalarga amal qilinadigan ongli faoliyatdir. O'yinda, 
qandaydir moddiy boyliklar ishlab chiqarilmaydi. 0 ‘yinlar shaxs 
ruhiyatiga ta’sir etuvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mujassam- 
lasligan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jaravonning asosini tashkil 
etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishiga, harakat 
ko'nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning 
funksional faoliyatini oshirishga va hissiy quvnoqlik tuyg‘ularini 
kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir 
etadi.
Harakatli o‘yinlar bolalarni «Hayotga tayyorlanish maktabi» 
bo£lib, ulami jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi. 
0 ‘yin bola ongi, tafakkurini o‘stirib, xotira, diqqat, irodasini 
mustahkamlaydi, jismoniy, ruhiy, hissiy (emotsional) taraqqiy 
ettirisliga xizmat qiladi.
Shuningdek, o‘yin bolani katta hayotga tayyorlashda mashq 
vazifasini bajarib, kelajakda hayotda duch kelinadigan turli 
holatlarga ma’naviy tayyorlaydi. «Agar bola o‘yinda halol o‘ynasa, 
keyinchalik hayotda ham halol bo‘ladi», yoki «Bolaning o‘yindagi 
harakatiga qarab, uni qanday odam bo‘lishini aytish mumkin», 
degan naqllar bekorga aytilmagan.
Qisqa qilib aytganda, o‘yin bolalarda ijodiy faollik, tashab- 
buskorlik, tashkilotchilik va boshqa ko‘nikmalami rivojiantirishda 
muhim vosita hisoblanadi. 0 ‘yinlar tufayli bolalarda ulami o‘rab 
turgan dunyoni tushunish va unga ta’sir qilish ehtiyoji shakllanadi
aqliy, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari shakllanadi, bir so’z

bilan aytganda, o‘yin yordamida inson tarbiyalanadi, shaxs sifatida 


shakllanadi.
Harakatli о‘yinlar nafaqat bolalar, balki katta yoshdagi kishilar 
hayotida ham muhim o‘rin tutadi. Agar о‘yinlar bolalarning ruhiy 
va jismoniy rivojlanishi, hayotga tayyorlanishi uchun kerak bo’la- 
digan bo‘lsa, katta yoshdagilar uchun ular bo‘sh vaqtlarini maz- 
munli va qiziqarli o‘tkazish, hordiq chiqarish, sog‘liqlarini mustah- 
kamlash, chiniqishlari uchun hissa qo‘shadi.
Harakatli o‘yinlarning ustuvorligi va hammabopligi shundaki, 
ulardan yil davomida, turli shart-sharoitlarda va ishtirokchilar 
yoshiga qarab mazmunan o‘zgartirilgan hamda tabaqalashtirilgan 
holda foydalanish mumkin. Ana shu xususiyatlarni e’tiborga olgan 
holda xalq harakatli o‘yinlami tarixiy-ijtimoiy nuqtayi nazaridan 
quyidagicha tasniflash mantiqiy to‘g‘ri bolishi mumkin deb 
belgilandi.
Ushbu tasniflanishi muvofiq moslashtirilgan mazkur harakatli 
o‘yinlar, bir tomondan, bolalami yil davomida soglomlashtirish 
imkoniyatini kengaytiradi, ikkinchi tomondan, ularda shu о‘yinlar 
orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish ehtiyojini hamda 
motivatsiyasini kuchaytiradi.

Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə