Milliy xalq o'yinlari va ularning kelib chiqishi Reja: Tayanch so`zlar va iboralar



Yüklə 84 Kb.
səhifə1/7
tarix29.05.2023
ölçüsü84 Kb.
#114003
  1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek xalq o\'yinlari va ularning kelib




Milliy xalq o'yinlari va ularning kelib chiqishi

Reja:

 

Tayanch so`zlar va iboralar: Harakatli o`yin, xalq o`yin, kollegial, xodim, asosiy, prinsip.qonuniyat, jamiyat, metodis, taraqqiyot, qonunivat, verbal, kuy, qo'shiq, zavqlanish, tuyg'u.
Milliy xalq o'yinlari ikki guruhga bo'linadi:

1. Milliy harakatli o'yinlar.


2. Milliy xalq o'yinlari.

3. 0 ‘zbek xalq o‘yinlarining tasnifi

Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil bo'lib hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urfodatlari, an'analari jamlangandir.


Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabrtoqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
• xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
• milliy o'yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urfodatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
• xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
• bolalarning o'ynashlari uchun shartsharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
• maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlari va musobaqalar o'tkazish.
Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.


l—2yoshli bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari. «Barmoqqabarmoq», «G'ozg'oz», «G'oz tursin», «Bo'pbo'p», «Toytoy», «Poyezd», «Achomachom» o'yinlari go'dak endi birikki qadam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.

3—4yoshti bolalar bilan o 'ynaladigan o yin turlari: «Ot o'yin», «Kesak qo'ydi», «Ko'z boylagich», «Choriy chambar», «Avvalakam», «Tayoq irg'itish», «Quloq cho'zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdiuchdi».

4—5yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o'yin», «Ko'pkari», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor girgir aylan».

Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do'ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi ko'k terak». Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o'zo'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boriladi.
Xalq harakatli o'yinlarini tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e'tibor berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik.
4. O'yinlarni ijtimoiyfoydali mehnat bilan bog'lagan holda hayotga tatbiq etish.
5. O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli bo'lish.
O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, asosan, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanib boriladi. Bu o'yin­lar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so'zlarning uyg'unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan, «Barmoqlar», «Sichqonsichqon» o'yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasavvurlari o'sib boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri» degan ibora bor. Bu hikmat bola hali qo'rqish hissini bilmaydigan davrida, ya'ni yaxshiyomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqonsichqon» o'yini qo'l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan «sichqon»ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. «Sichqon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to'g'risida tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «AIla», «Ajiaji», «Boylandi», «Chapakkaxochapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faoUashadi. Bolalarning nutq faolligini o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalaniladi.
Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundimundi», «Bulbulimbulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana, xalqimizda azalazaldan o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar halihanuzgacha bolalar orasida «tinchlik — yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi. Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq, U olavermadi har choq. Toychog'imni kirn olsa, Men u bilan chin o'rtoq.

Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə