44
Arab tilidan o‘zbek
tiliga -iy, -viy, -ot, -iyat, -an singari grammatik
qo‘shimchalar o‘sha til so‘zlar tarkibida o‘zlashtirilgan. Ammo ulardan ba’zilari
ruscha-baynalmilal so‘zlarga qo‘shilib, sifat yasash uchun xizmat qiladi:
texnikaviy, kimyoviy, partiyaviy. O‘z navbatida, arab tiliga turkiy so‘zlar ham
o‘zlashgan. Masalan, XII asrda yaratilgan arab tili yodgorliklarida alp (bahodir),
qutlug‘ (baxtli), chag‘ri (ov qushi), bilga (olim),
XIV asr obidalarida xatun
(xonim), ag‘a (katta), bek, haqan singari turkiy so‘zlarni uchratamiz. Bu hol arab
tiliga turkiy tillarning ham ta’siri bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Turkiy tillar leksik qatlamini tadqiq etishda run bitiglari eng qadimiy
obidalardan hisoblanadi. O‘rxun-enasoy yozma yodgorliklari turkiy tillarning
qadimiy xususiyatlarini
mukammal aks ettira olmasa-da, turkiy tillarning tarixiy
taraqqiyot bosqichiga oid muhim manba sifatida ahamiyatlidir.
O‘rxun-Yenisey yodgorliklari, asosan, toshlarga o‘yib bitilgan yozuvlardan,
idish, tangalar kabi buyumlarda va qog‘ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo‘lib,
bir qancha vaqtlar olimlar uchun o‘qilishi jumboq bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra u
qadimgi skandinav-german tillariga oid run, runiy (runa-sirli, yashirin demakdir)
yozuvi nomi bilan ham yuritiladi. Sibirda surgunda bo‘lgan shved ofitseri
F.Stralenberg 1730-yilda hali tarixda noma’lum bo‘lgan
va hech kimsaga
tushunarli bo‘lmagan bu yozuvni yuqoridagidek nomlagan edi. Bu yozuv haqida
dastlab XVIII asrning boshlarida rus olimi S.Remezov, keyinroq shved olimi
F.Stralenberg hamda nemis olimi D.Messershmidtlar xabar bergan. Bu
yozuv(lar)ning turkiy xalqlarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.Abel
Remyuza (1820), so‘ngra rus olimi N.Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890-yilda
N.Yadrinsev va 1891-yilda V.Radlov rahbarligida Urxun daryosi bo‘yiga
uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yilda 2 ta atlas e’lon
qilindi. Bu atlaslarda bosilgan matnlarni birinchi bo‘lib daniyalik tilshunos
V.Tomsen o‘qishga muvaffaq bo‘ldi (1893). U 1893-yil 15-dekabrda Daniya fanlar
akademiyasi majlisida O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan
yodgorliklarning sirini
topganligini ma’lum qildi va bu yodgorlik turkiy xalqlar tilida yozilganligini
bildirdi. V.Tomsendan so‘ng V.Radlov Kultegin xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi
45
matnning transliteratsiya va transkripsiyasin tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu
material qadimgi turkiy til qurilishi,
fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi
yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi. Shundan keyin ko‘p yillar davomida
bu yozuvlarni tarjima qilish, ularning til xususiyatlarini o‘rganish va nashr etish
sohasida salmoqli ishlar qilindi.
O‘rxun-Yenisey yodgorliklari o‘z
navbatida , uch tarmoqqa bo‘linadi.
1.
Dostları ilə paylaş: