Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə21/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
жахон тарихи

Yangi Xett podsholigi. Tutxaliy III (Tutxaliy III yoki Tashmi-Sharri) Xett podshosi bo‘lib, mil. avv.1400-1380 -yillarda hukmronlik qilgan.
Uning davrida Xett podsholigi o‘zining eng chuqur inqiroz davriga yetib keladi. Tutxaliy III ning uquvsiz siyosati “Xattilar mamlakati”ning dushmanlar xalqasiga tushib qolishiga olib keldi va hattoki dushmanlar tomonidan vayron qilingan edi. Shimoldan kask qabilalari Nenassa shahriga yetib keladilar, g‘arbda Arsava podsholigi qo‘shinlari, shimoliy sharqdan Atssi mamlakati qo‘shinlari bostirib kiradi va xayaslar mamlakat yuqorisini talashadi va Kelkit daryosidagi Samuxa shahrigacha harakatlanishadi. Sharqda Isuva (Ishuva) podsholigi qo‘shinlari Tegaramni talon-taroj qilishadi, Armatana davlati qo‘shinlari bo‘lsa Kitssuvadna shohligi chegaralarigacha etib kelishadi. Shu tariqa Xett davlati hududlarining katta qismini boy beradi va hozirgi Tokat - Anqara -Nigde - Sivas shaharlari orasidagi hududlarni saqlab qoladi.
Bundan tashqari kasklar Tarikarimma tog‘ini egallab oldilar va davlat poytaxti Xattusa shahrini buzib tashlaydilar (unda faqatgina bitta butun bino – xett oqsoqollaridan birining maqbarasigina saqlanib qoladi).
Tutxaliy III davlatining samarali mudofaasini tashkil qila olmaydi. U asosan o‘z shaharlarini qo‘shnilardan himoya qilish bilan cheklanadi, hattoki biror- bir joyda tashabbusni qo‘lga olishga intilmaydi. Shahzoda Suppiluliuma alohida armiyani o‘z qo‘mondonligiga olganidan keyin mamlakatdagi ahvol birmuncha o‘nglana boshlaydi. U Samuxa shahrini xettlar ta’siriga qaytaradi hamda uni kask qabilalari, Atsi va Xayaslar qo‘shinlariga qarshi kurashish bazasiga aylantiradi. Suppiluliuma bir necha yil davomida kasklarning yirik armiyasini yengishni va Xayas qo‘shinlarini quvib chiqarishni uddalaydi.
Suppiluliuma sharqda kurashayotgan bir paytda Tutxaliy III janubiy g‘arbda hujumga o‘tishga harakat qiladi. Biroq, uning Masa (yunoncha Misiya), Xulan daryosi va Kasiy yerlaridagi hujumi kasklar va xayaslarning yangi bosqini tufayli barbod bo‘ladi. Tutxaliy III harbiy harakatlarni xayaslar hududida davom ettirishga harakat qiladi, lekin xayaslar podshosi Karanni tomonidan tor-mor qilinadi.
Tutxaliy III hukmronligining oxirlarida Suppiluliuma Arsava qo‘shinlarining navbatdagi bosqinini bartaraf qiladi.
U vafoti arafasida tojni iste’dodli, o‘zini ajoyib ko‘rsata olgan Suppiluliumaga emas, balki hech qanday e’tiborga loyiq bo‘lmagan Tutxaliy IV kichikka topshiradi.
Tutxaliy III ning o‘g‘li (boshqa manbalarda nevarasi yoki jiyani) bir necha oy hukmronlik qiladi. Mamlakatga barcha taraflardan bostirib kelayotgan dushmanlarga qarshi mudofaani tashkil qila olmaganligi uchun Tutxaliy III ning o‘g‘li Suppiluliuma va uning lashkarboshilari tomonidan o‘ldiriladi. Suiqasd natijasida Tutxaliy III ning oila a’zolari bo‘lgan erkaklarning ko‘pchiligi halok bo‘ldi yoki qamoqqa olindi va surgun qilindi. Shunday qilib, ichki ziddiyatlar hamda tashqi bosqinlar natijasida Xett podsholigi tanazzulga yuz tutadi.
Mamlakatda kelib chiqishi xurritlardan bo‘lgan zodagonlarning ta’siri oshib boradi. Suppiluliuma I xett podsholigining yangi hukmdori sifatida, taxminan mil. avv. 1380-1334 -yillarda boshqargan. Suppiluliuma I mohir diplomat, qobiliyatli qo‘mondon, uzoqni ko‘ra biluvchi siyosatchi bo‘lgani uchun qudratli Misr podsholigi, kassitlar Bobili, va Mitanni davlatlarining kuchsizlanishi natijasida Old Osiyoda yuzaga kelgan qulay xalqaro vaziyatdan foydalanib, Xett davlati harbiy qudratini kuchaytiradi.
Suppiluliuma I hukmronligining eng muhim voqealaridan biri sifatida xettlarning Mitanniga qarshi urushlari bo‘ldi. Mitannida hokimiyat tepasiga o‘ldirilgan shohning ukasi yosh Tushratta keladi. Tushratta yaqinlari orasida Xett podsholigi bilan yaqinlashish tarafdorlari (xususan katta amaldor Tuxi) yetarlicha bo‘lsa ham orada tinchlik shartnomasi tuzilmadi. Keyinchalik Tuxi qatl qilinadi va Tushratta Misr bilan ittifoqni qayta tiklaydi. Suppiluliuma I esa Mitanni bilan kurash uchun hali kuchlar kamligini tushunib etadi.
Nevarasi Xattusili III tomonidan tuzilgan Suppiluliuma I solnomalarida hikoya qilinishicha, Suppiluliuma I hukmronligining dastlabki 20 yilida mamlakatning qayta tiklash va mustahkamlash bilan shug‘ullanadi. U otasiga
qarshi bosh ko‘targan Kurtalissa, Aravanna, Zazsa (Zazzisa), Kalasma, Timna (Timmina), Xaliva va boshqa qator shahar davlatlarni bo‘ysundirishga erishadi.
Suppiluliuma I yangi fir’avn Amenxotep IV (Exnaton) bilan do‘stona aloqalar o‘rnatishga harakat qiladi. Fir’avnga yozgan maktubida davlatlar o‘rtasida do‘stlikni tiklashni taklif qilib, o‘zi bilan Amenxotep III o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni eslatadi. Dastlab xettlar bilan Misr o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatiladi va hattoki Suppiluliuma I kichik osiyolik savdogarlar guruhini Suriya va Falastindagi Misr qismida joylashtirishga ruxsat oladi, lekin keyingi tarixiy sharoit sababli Xett podsholigi va Misr o‘rtasidagi do‘stlik uzoqqa cho‘zilmadi.
Fir’avn Tutanxamonning yosh bevasi Anxesenpaton elchilar orqali Xett podshosiga o‘g‘illaridan birini o‘ziga kuyovlik uchun jo‘natishini so‘raydi, chunki uning o‘g‘li yo‘q edi va Tutanxamonning o‘limidan so‘ng Misr taxtiga voris qolmagan edi. Suppilulima I qandaydir firibdan xavotirlanib, Anxesenpatonning asl maqsadini aniqlash uchun Xattusatsiti boshchiligidagi elchilarni Misrga jo‘natadi va o‘zi esa shu paytda Karxemishni qamal qilishga kirishadi. 8 kunlik qamal davomida xettlar bu kuchli shaharni egallaydilar.
Karxemish shahri qulashi bilan Frotdan O‘rtayer dengizigacha bo‘lgan butun Suriya Xett podsholigi ta’sir doirasiga kiradi. Karxemishni hukmdori etib Suppiluliuma I o‘g‘li Piyassilini (Sharri-Kushux) tayinlanadi. Boshqa o‘g‘li Telepin Xalap taxtga o‘tkaziladi.
Suriyani bo‘ysundirib Suppiluliuma I o‘zining poytaxti Xattusaga qaytadi. Roppa-rosa bir yildan so‘ng keyingi bahorda Misrdan uning elchilari qaytadi, ular bilan birga Misr vakili Xani ham keladi. U malikaning podsho o‘g‘lini o‘ziga er qilish haqidagi xohishini tasdiqlaydi. Suppiluliuma I Misrga o‘g‘li Sannansani yuboradi.
Suppiluliuma I ning Misrga jo‘natilgan o‘g‘li shahzoda Sannansa yo‘lda, Misrdagi aksilxett guruhlari tomonidan o‘ldiriladi. Bu esa Xett podsholigi va Misr o‘rtasida yangi ziddiyatni keltirib chiqaradi. Xett qo‘shinlari taxt vorisi Arnuvanda boshchiligida janubiy Suriyaga bostirib kiradilar. Lekin, hal qiluvchi jang sodir bo‘lmaydi. Xettlar qarorgohida Misr asirlaridan o‘lat kasalligi tarqaladi. Yuqumli
kasallik Kichik Osiyoga ham kirib keladi va Suppiluliuma I ning o‘zi ham shu kasallikdan vafot etadi. O‘lat epidemiyasi 20 yil avjida turadi va Xett aholisining katta qismi qirilib ketadi.
Suppiluliuma I davrida Xett podsholigi shimoldan Araks, janubdan Falastingacha va g‘arbda Galis daryosi qirg‘oqlaridan Ossuriyagacha , sharqda esa Bobilgacha cho‘zilgan qudratli mamlakatga aylanadi.
Xett davlatida yer egaligi podsho yerlari, ibodatxona yerlari, jamoa yerlariga bo‘lingan. Davlat yerlariga egalik qilish va foydalanish natural (saxan) va mehnat (lussi) majburiyatlarini o‘tash bilan bog‘langan. Odatda Saxan va lussidan ibodatxona yerlari ozod qilingan. Xett podshosi xizmatida bo‘lgan shaxsiy yoki xususiy kishilarning yerlari hamda hukmdordan sovg‘aga olingan yerlar ham saxan va lussi bilan bog‘langan majburiyatlardan ozod qilinishi mumkin bo‘lgan.
So‘nggi Xett podsholari Tutxaliy IV va uning ikki o‘g‘li davrida mamlakatni axeylar, Bolqondan kelgan frigiyaliklar, Kichik Osiyoni g‘arbidan kelgan qabilalar hujumini zo‘rg‘a qaytaradilar. Axey qabilalari tor-mor qilinganidan keyin, Kichik Osiyo g‘arbidagi Ilion shahri zabt etiladi. So‘nggi Xett podshosi Suppiliuma II Kipr orolini yana qayta bosib oladi. Mil. avv.XII asr oxirida Egey dengizi qirg‘oqlari va orollarining etnik jihatdan aralash “dengiz xalqlari” Xett davlatini tor-mor qildilar (mil. avv.1190-yillar). Tarixda bu davr “Bronza kalapsi” deb ham ataladi. Chunki, temirdan foydalanish monopoliyasiga chek qo‘yilgan edi. Ushbu rudani eritish sirlari Yaqin sharq davlatlari orasida keng tarqaladi. Dengiz xalqlari haqida Misr ierogliflarida ham ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan. Shunday qilib, Yangi Xett davlati tarixda tilga olinmay qo‘yiladi. Markazlari Karxemish va Melida shaharlari bo‘lgan so‘nggi Xett podsholiklari qoldiqlari mil. avv.VIII asr oxirlariga qadar parchalangan holda mavjud bo‘lib turadi. So‘ngra Ossuriya tomonidan tugatildi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə