Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə22/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
жахон тарихи

Xett madaniyati.


Qadimgi Xett jamiyatining yuksak madaniy taraqqiyotini arxeologik topilmalarga asoslanib tadqiq etilsa, unda qadimgi Misr va Mesopotamiya
madaniyatlari ta’siri bo‘lganini ko‘rish mumkin. Xett madaniyatida, ayniqsa, xurrit xaqlarining ta’siri kuchli bo‘lgan.
Qadimda boshqa dinlarda bo‘lgani kabi xettlar e’tiqodi ham o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan. Ularda mingga yaqin ma’bud va ma’budalar afsona va yozma manbalarda keltiriladi. Ammo, ko‘pincha aholining aksariyati oz miqdordagi ilohlarga sig‘inishganligi ta’kidlanadi. Mamlakat poytaxti Xattusaning oliy homiysi chaqmoq xudosi edi. Xurrit xalqlarining chaqmoq xudosi Tesubga (yoki Teshub) ham e’tiqod qilganlar. Shu bilan birga quyosh va hosildorlik xudosi Telepin va boshqa ilohlarga sig‘inganlar. “Rubaum” (Podsho) quyoshga taqqoslab iloh sifatida ko‘rilgan. Ular o‘z podsholarini “quyoshim” deb ulug‘lab, unga xudo sifatida qarashgan. Yozuvda mixxatdan foydalanishgan va bu holat davlat ishlari, diniy marosimlar bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalar asosini podsholar qoldirgan bitiklar tashkil etadi. Ayniqsa, podsholar Xattusili I, Telepin va Suppilulium I lar davrida yozilgan mixxat bitiklar qadrlidir. Yozma ma’lumotlardan saqlanib qolgan hukmdorlarning “tarjimai hollari” o‘ziga xosligi bilan e’tiborni tortadi.
Xettlar arxitekturasi somiy xalqlarining madaniy yodgorliklarga juda o‘xshash bo‘lgan. Xettlarning poytaxti Xattusani ark qismi (hozirgi Buyukqal’a) tik qoyada joylashgan bo‘lib, o‘sha davr mudofaa tizimi talablariga mos qilib qurilgan edi. Ark devorlari zich terilgan tosh bloklardan iborat bo‘lgan. Shaharga kirishda darvoza chetlarida sherlar tasviri toshdan o‘yib ishlangan. Bogaz Koy va Eyuk manzilgohlari ham tabiiy qoyalar yonbag‘rida joylashgan bo‘lib, u yerdagi devoriy suratlar Xett madaniyatining yuksak darajada bo‘lganligidan dalolat beradi. Eyukda mahobatli sfinks haykallari topilgan va shu bilan birga Kichik Osiyo xalqlari madaniyatiga xos ikki boshli burgut tasvirini ham uchratish mumkin. Xattusadan sharqda bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan Yazilik manzilgohi diniy marosimlar maskani hisoblangan.
Xettlarning toshdan yaratgan haykallari garchand Misr va Mesopotamiyadagi kabi haybatli bo‘lmasada, ammo ulug‘vorligi jihatidan ulardan qolishmas edi. Ayniqsa, toshdan qurilgan qal’a inshootlari, mudofaa devorlarini
qurish yuksak darajada bo‘lgan. Xett davlatini “dengiz xalqlari” halokatga uchratganidan keyingi asrlarda ham ularning madaniy merosi boshqa qo‘shni mamlakatlar madaniyatlarida o‘z izini qoldirgan.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə