Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish



Yüklə 59,88 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü59,88 Kb.
#135746
1   2   3
ORALIQ NAZORAT

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
Xar qanday jamiyatning iqtisodiy tuzilishi mulkchilikdan boshlanadi. Ajdodlar
tomonidan yaratilgan ne’matlar albatta mulk shaklida namoyon bo’ladi.
Umuman olganda, mamlakat miqyosida mulk va uning ko’payib borishiga ikki tomondan
yondashish mumkin. Odamlarning mulki qancha ko’p bo’lsa, davlat ham shuncha boy bo’ladi
yoki aksincha, davlat qancha boy bo’lsa, aholining mulki ham shuncha ko’p bo’ladi, farovon
yashaydi. Deformatsiyalashgan sotsializmda davlat mulkining ustunligi kishilik jamiyati
erishgan muhim yutuqlardan biri sifatida talqin etildi.
Bozor iqtisodiyoti, to’g’rirog’i aralash iqtisodiyotning muhim jihati shundaki, u
mulkchilikning biron-bir shakli hukmronligini rad etadi. Unga mulkchilikning uchinchi tipi va
muvofiq ravishda turli-tuman shakllari xos bo’lib, mulk masalasining hal etilishi bozor
iqtisodiyotini vujudga keltirish borasidagi barcha tadbirlar tizimini tashkil etar ekan, demak,
birinchi navbatda davlat mulk monopoliyasini sindirib, turli mulk shakllarini vujudga keltirishi
zarur. «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar
tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi»1. Shuning uchun ham eng avvalo, O’zbekistonning
asosiy qonuni — Konstitutsiyada jamiyat mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanishi, mulk
shakllarining teng-ligi e’tirof etilib, huquqiy muhofazasi ta’minlanishi qayd etilgan.
Sobiq sotsialistik davlatlarda bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun avvalo,
davlatlashtirishdan qaytish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ya’ni iqtisodiyotni ustun darajada davlat
tomonidan tartibga solishdan bozor mexanizmi orqali tartibga solishga o’tish kerak.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yoki davlatlashtirishdan qaytish bu davlatning
iqtisodiy faoliyatdagi hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqtisodiyotni
boshqarishda yagona davlat mexanizmi o’rniga aralash iqtisodiyotga xos bozor

Yüklə 59,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə