Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq ta’limi



Yüklə 19,97 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü19,97 Kb.
#144653
  1   2   3
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy -fayllar.org


Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq ta’limi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti


M
illiy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq ta’limi

Umumiy pedagogika va psixologiya “ fanidan


Talaba:_ Isroilov Diyorbek
O’qituvchi: F.Babashev
Toshkent 2023

Mavzu: O'zbekiston respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov asarlarida ta'lim va tarbiya masalalari
Reja:


1. Prezidentimiz I.Karimovning asarlarida – barkamol avlodni tarbiyalash muammolari.
2. I.A.Karimov asarlarida ma`naviy-axloqiy rivojlatirish va shaklantirish masalalari.
3. Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlashda I.A.Karimov asarlaridan foydalanishning yo`llari va usullari


Prezidentimiz I.Karimovning asarlarida – barkamol avlodni tarbiyalash muammolari.
Mustaqillikning kelajakdagi istiqboli, islohotlarning taqdiri ko`p jihatdan mamlakatimizning ertangi kuni va taraqqiyotini o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan sog`lom va uyg`un kamol topgan avlodni tarbiyalash bilan bog`liq. Endigina o`sib va unib kelayotgan yigit va qizlarimizni har tomonlama kamol topgan shaxslar etib shakllantirmasdan turib O`zbekistonning kelajagini tasavvur qilib bo`lmaydi. Kishi o`z hayotida barkamollikka qanchalik intilsa, , shunchalik takomillashib boradi. Bizning xalqimiz bola tarbiyasida boy tajribaga ega. Ta`lim – tarbiya axloq, urf – odatlarga oid dastlabki fikrlar qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o`z ifodasini topgan. Bulardan tashqari o`zbek xalqi o`rtasida keng tarqalgan pandnomalarda, o`gitlarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarda va allomalar merosida barkamol shaxsni tarbiyalash masalalariga keng o`rin berilgan. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Al – Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g`oyalarga ko`ra jamiyatimizning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni ya`ni kim bo`lishidan qat`iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun – qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim bo`lganida Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir – biriga hurmatda bo`ladi. Ota – ona farzand ustozu – shogird o`rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo`ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bolalarning ma`naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligi va albatta bunday fikr aytish, bu borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta`kidlash joiz. Demak, bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma`naviy asos bor. Millatimiz urf – odatlaridagi, qonidagi ma`rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan.

Ta`lim islohotlarini o`rganish jarayonida qiziq holat ko`z oldimizga namoyon bo`ladi. Ma`lumki, O`zbekistonning 130 yillik asorati tarixi ikki hil mustamlaka davriga to`g`ri keladi. Birinchisi chor Rossiyasi, boshqasi qizil imperiya davri. Bu ikki xil mustamlakachilik siyosatining ham yemirilishi davrlari bor. Ayni shu davrlarda milliy ozodlik harakati namoyondalari yurtning boshidagi millat fidoyilari ta`lim islohoti borasida fikrlaganlar, islohotni amalga oshirish, taraqqiyot yo`llarini qidirganlar. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida alohida ta`kidlaganlaridek: “Ta`lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda o`zini ko`p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma`nodagi “portlash effekti”ga, ya`ni, yangi ta`lim modelining kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim. Ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va tajribalarini o`sib kеlayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda asosan inson xayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.


O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov ta`kidlaganidеk: «Bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rеjalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob bеradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab еtmoqdamiz.
“Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy soғlom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo`lgan, uyғun rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz”. Yosh avlodning xar tomonlama еtuk, bilimli, yuksak ma`naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bulib еtishishini ta`minlash yulida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bugini sifatida pеdagog xodimlarning yukori ilmiy, mеtodik bilimlarga xamda amaliy ishlash bo`yicha yuksak maxoratga ega bulishlarini ta`minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshi¬rish xisoblanadi.
Bu masalaga davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jiddiy e`tibor bеrib kеlinmokda. Buni yurtboshimiz I.A.Karimovning kuyidagi fikrlarida yakkol ifoda etilgan: «Maktab, ta`lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo`lishi Asosiy qonunimizda bеlgilab quyilgan. SHu bilan birga, bu kеng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo`llab-quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir». Xozirda uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish jiddiy vazifa bolib turibdi. Buning uchun xar bir o`kituvchi o`z fanini o`qitishning eng samarali zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarini puxta bilishi va bu soxadagi yangiliklarni uzluksiz o`rganib borish orqali o`z kasbiy maxoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
1993 yilda oliy ta`lim tizimidagi islohotlarga keng e`tibor berildi. Bu masala O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida alohida yig`inda tahlil etildi. Majlisni boshqargan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov kadrlar saviyasi haqida, oliy o`quv yurtlarining ahvoli va ularning ishlab chiqarish korxonalari bilan munosabatlari haqida fikr bildirarkan, test tizimining afzalliklari haqida shunday degandi:
«O`g`il – qizlarimizni o`qishga qabul qilishda test usulining qo`llanishi ijobiy qadam bo`ldi. Bu qing`ir ishlar payini qirqadi, mish – mishlarga chek qo`yadi, iste`dodli yoshlarni tanlab olish imkonini beradi. Binobarin bu ishni yanada takomillashtirib borish kerak.
Darhaqiqat, test tizimi juda ko`p bo`lmag`ur gaplarga chek qo`ydi. Vaqt o`tgani sayin test tizimi takomillashib bormoqda va eng asosiysi unga ishonch ortmoqda.
«Kelajagi buyuk davlat eng birinchi navbatda bo`lajak fuqarolarning madaniyati, ma`lumoti va madaniyati haqida g`amxo`rlik qilmog`i zarur». – degan edi Islom Karimov. Test ta`lim tizimidagi bir yangilik bo`lsa, iqtidorli va iste`dodli farzandlarimiz uchun yangi turdagi o`quv muassasalarining tashkil etilishi ham o`ziga xos yangilik bo`ldi. Bu Islom Karimovning 1990 yildagi orzularidan biri – «eng iste`dodli bolalar uchun maktablar ochish» g`oyasini amalga oshishi edi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» kun tartibiga qo`yilgunga qadar yurtimizda 300 dan ziyod yangi turdagi litseylar ishga tushdi. Ota – onalar «bolam litseyda o`qiydi», deb g`ururlanadigan bo`lishdi. Chunki litseylarni tugatganlarning ko`pchiligi oliy o`quv yurtlariga kirish uchun test imtixonlaridan yuqori ball to`plab talabalik baxtiga musharraf bo`lishdi. Ayrim litsey bitiruvchilarining barchasi, aksariyat litseylarning 85 dan 98 foizgacha bitiruvchilari oliy o`quv yurtlarining talabalari bo`lishdi.
Iqtidorli bolalarimiz bu ta`lim dargohlarida xorijiy, xususan, ingliz tilini ham puxta o`rgana boshladilar. Bu ularning xalqaro olimpiadalarda qatnashish imkoniyatini yaratdi. Qarangki, birinchi yildayoq yigitlarimizdan bir nechasi ushbu musobaqa g`oliblari bo`lishdi. Ayni shu kungacha 35 nafar litsey o`quvchilari turli fan olimpiadalarida oltin, kumush va bronza medallarini qo`lga kiritib, O`zbekiston degan nomni bir qancha rivojlangan davlatlar orasida tilga olinishiga erishdilar. Bu yurt farzandlarining salohiyati yuqori ekanligidan darak beradi. «O`zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati» deyilganda, uning intellektual salohiyati ham tushuniladi.



Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə