Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq ta’limi


I.A.Karimov asarlarida ma`naviy-axloqiy rivojlatirish va shaklantirish masalalari



Yüklə 19,97 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü19,97 Kb.
#144653
1   2   3
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy -fayllar.org

I.A.Karimov asarlarida ma`naviy-axloqiy rivojlatirish va shaklantirish masalalari.
Jamiyatda kelayotgan ijtimoiy islohatlarning samaradorligi uning fuqorolariga ega bo`lgan ma`naviyatga bog`liq. Shu bois mustaqillikning, dastlabki yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma`naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi1.

Bular:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik


- xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o`z imkoniyatlarini erkin namayon qilish.
- vatanparvarlik.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotigina emas, balki ma`naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Har qanday mafkura kabi O`zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri ham jamiyatda ma`naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma`naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg`or milliy, ma`naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g`oyalari tashkil etadi.
Ma`naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, tarraqqiyoti, imkoyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijodiy, ruhiy omildir.
Ma`naviyat (arabcha, ma`naviyat-ma`nolar majmui) mohiyatiga ko`ra ijtimoiy taraqqiyotda ijobiy, axloqiy, dunyoqarashlari tushuncha va g`oyalar majmui hisoblanadi.
Ma`naviyat sohasida ijobiy yechimini ta`minlash zarur bo`lgan asosiy vazifani ko`rsatar ekan: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta`kidlaydi: “Bu sohadagi asosiy vazifalarimiz-milliy qadriyatlarimizni tiklash, o`zligimizni anglash, milliy g`oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma`naviy hayotimizdagi o`rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko`tarish va ta`sirchanligini kuchaytirishdir... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi-iymon-e`tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqoro ma`naviyatini shakllantirishdir. Ya`ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs-komil, insonni tarbiyalashdan iborat”1.
Demak, ma`naviyatli inson bilimli, ma`lum kasb-hunar sohibi, o`z vatanining sodiq fuqorosidir. O`z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurt bilan g`ururlana oladigan inson. O`z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go`zalliklaridan bahramand bo`ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini avaylab asraydigan insondir.
Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurishi—turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma`naviy –ruhiy hayotida o`ziga xos o`rin tutadi. Axloq (lotincha-xulq-atvor ma`nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs hatti harakatini tartibga soladigan qonun qoidalar majmuidir. Axloq ma`naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me`yorlarsiz, shaxsning ruhiy va jismonan tetikligining mezoni bo`lgan ma`naviy kamolotga yetishib bo`lmaydi. Shuning uchun ham ma`naviy axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik, dialektik xarakterga ega bo`lib, shaxsni ma`naviy axloqiy shakllantirishda muhim sanaladi.



Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə