Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq ta’limi


Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlashda I.A.Karimov asarlaridan foydalanishning yo`llari va usullari



Yüklə 19,97 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü19,97 Kb.
#144653
1   2   3
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy -fayllar.org

Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlashda I.A.Karimov asarlaridan foydalanishning yo`llari va usullari
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida jamiyat hayotiga yangiliklarning kirib kelishi, inson mehnatining ham takomillashishi, qulaylikka ega bo`lishini ta`minlab beradi. Shuningdek yangillikka bo`lgan ehtiyoj ta`lim sohasida ham bir qator o`zgarishlar bo`lishini taqozo etmoqda. Jamiyat taraqqiyotini ta`minlovchi barkamol insonlarni shakllantirishning uchun ijtimoiy taraqqiyot sharoitida maktab oldida o`qituvchilik kasbiga nisbatan talab ortib bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida “Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g`oyat muhim bo`lgan sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o`z oldimizga qo`yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI asr — intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor ahamiyat kasb etadigan asr, degan hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan edik.

Albatta, hozirgi kunda taraqqiyot yo`lidan izchil rivojlanib borishimizda, ezgu maqsadlarimizni ro`yobga chiqarishda hal qiluvchi rol o`ynaydigan muhim bir mezon borki, u ham bo`lsa, inson kapitali, ya`ni inson omili, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan, hayotga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan yoshlarimizdir.


Biz qabul qilgan, o`sib kelayotgan avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash dasturida belgilangan ulkan va keng ko`lamli vazifalarni qisqa vaqt mobaynida, ya`ni bir yil davomida amalga oshirib bo`lmasligi barchamizga yaxshi ayon. Shu ma`noda, bu olijanob maqsad davlatimiz va butun jamiyatimizning doimiy va uzoq istiqbolga mo`ljallangan ustuvor vazifasiga aylanishi va hamisha e`tiborimiz markazida turishi lozим”.
Bunga javob berish uchun o`qituvchi quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo`lishi kerak:
O`qituvchining muhim fazilati – o`quvchilar bilan tez til topisha olishi, ko`pchilikka aralasha bilishi, yuksak madaniyatga ega bo`lishidir. U ijtimoiy faol fuqaro sifatida yetuk bo`lmog`i zarur.
O`qituvchi o`z ishida ijod qilishga intilishi, qolipga tushgan shakllardan voz kechishi, yangiliklarni kashf eta olishi, suhbatlarda yangi fikr aytishi, ishga ijodiy yondoshishi, shijoat ko`rsata olishi muhimdir. O`qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo`lgan taqdirdagina u odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo`la oladi, ularni har doim hurmat qila oladi. Buning uchun u ochiq ko`ngil, qat`iy bo`lishi, o`zini tuta bilishi, bardoshli bo`lishi, qiyinchiliklar oldida esankirab qolmasligi, muomalada qo`pollik qilishdan saqlanishi o`ziga va bolalariga nisbatan talabchan bo`lishi, o`z shaxsiga nisbatan tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak.
Pedagoglarning muvaffaqiyatli ishlashlari, o`quvchilarga ta`lim berishlari uchun ta`lim jarayoniga yangiliklarni tadbiq etishni bilishlari shart. Mana shunga ko`ra innovatsiya – yangilik atamasi ko`pchilikning e`tiborini tortdi. Endi esa innovatsiyani ta`lim-tarbiya ishida to`liq va aniq qo`llash uchun uning mazmun, mohiyatini tushunib yetish lozim. Bu bir qadar vaqt talaba qiladi.
Maktab o`quvchilari o`zlarini shaxs sifatida namoyon etishga intiladilar. Buning uchun xilma-xil faoliyat turlarini egallashga kirishadilar. Ta`lim jarayonida o`qituvchilar ham o`quvchining barcha imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga harakat qilishlari muhim ahamiyatga ega.
Innovatsiya orqali o`qitish jarayoni o`qituvchi va o`quvchining o`zaro munosabatlari optimallashtiradi. Bunda har ikkala shaxs ham faol ishtirokchiga aylanishi ko`zda tutiladi. Ta`lim jarayonining samaradorligi esa ushbu o`zaro munosabatlarning qanday bo`lishiga bog`liq, albatta.
Ta`lim jarayoni innovatsiya orqali yuksak saviyada tashkil etilsa bo`lajak mutaxassislarda intellektual faollik namoyon bo`ladi. Intellektual faolllik esa bo`lajak mutaxassisning har tomonlama tayyorgarlik ko`rishiga, bo`lajak faoliyatning ustasi bo`lib yetishishiga yordam beradi. Intellekt (latincha intellectus – ya`ni aql, idrok, zehn) degan ma`noni anglatadi. Bu degani kishining bitta bilish faoliyati, tor ma`noda tafakkuri, fikr yuritish jarayonini shakllantirish demakdir.
Zamonaviy pedagogikaning vazifasi o`quvchilar inttellektual faolligini oshirishda ta`lim jarayoniga yangiliklarni qo`llashni talab etmoqda. Chunki bugungi kunda ta`lim jarayonida yangiliklarni joriy etish yaxshi samara bermoqda.
Uzluksiz ta`limning asosiy poydevorlaridan biri bu boshlang`ich ta`lim hisoblanadi. Shunday ekan hozirgi tub islohotlar amalga oshirilayotgan davrda zamonaviy boshlang`ich ta`limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? Uning tarbiyasi qanday bo`lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur.
Hammaga ayonki, ta`lim darslikdan boshlanadi. Maktab sohasida «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun asosan 1996-97 o`quv yilidan boshlab maktablarni birinchi sinflarida o`qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imloda o`qitish uchun zarur dastur qo`llanma va darsliklar yaratildi.
T.G`afforova va boshqalar tomonidan yaratilgan darsliklar bir qancha qulayliklarga ega ekanligi uchun ham 7 yil davomida o`qitildi va muvaffaqiyat qozondi.
Respublika Xalq Ta`limi Vazirligi tomonidan uyushtirilgan «Darsliklar tanlovi»ga 1-sinflarda R.Safarova boshchiligidagi guruh tomonidan tayyorlangan «Alifbe» darsligi, T.G`afforova boshchiligidagi guruh tomonidan tayyorlangan «Ona tili», «O`qish kitobi» darsliklari g`olib bo`ldi. T.G`afforova guruhi tomonidan tayyorlangan darsliklar o`zining zamonaviyligi, pedagogik texnologiyalarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu darsliklar o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi, o`qish motivini shakllantiradi.
II, III, IV, V sinflar uchun ham «Darsliklar tanlovida» g`olib bo`lgan darsliklar chop etildi. O`quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishda saralar ichida tanlangan eng yaxshi darsliklar yaxshi xizmat qiladi.
Jamiyatning har bir faol fuqarosi XXI asr bo`sag`asida turar ekan, o`tgan yillarni baholashga va kelajak hayotning turli qirralarini belgilab olishga urinishlari tabiiydir. Ta`lim sohasidagilar ham bundan mustasno emas. Ilmiy – texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko`p sonli tarmoqlariga, balki, madaniy sohasiga, ijtimoiy – gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisda keyingi 10 yilliklarda pedagog olimlar diqqatini jalb qilgan dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya hisoblanadi.
Bu muammoga qiziqish orttirganligini quyidagicha izohlash mumkin:
- Ba`zi olimlarning pedagogikadagi «Zamonaviy yo`nalish» deb an`anaviy yondoshishlari va o`z imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor qo`l urishlari;
- boshqa guruh tarafdorlari ta`limning bugungi ahvolga qayg`uradilar va uni inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish deb qaraydilar;
- uchunchi guruh olimlar texnologiyalashtirishni obyektiv jarayon deb uni ta`limni evolyutsion bosqichga ko`tarish shartlaridan biri ekanligini e`tirof etadilar.
http://fayllar.org
Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə