Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 13,37 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü13,37 Kb.
#157080
  1   2   3   4   5
1-amaliyot. Parvarish

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

MAVZU: Bemorni parvarish qilish

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

bo’limi proffesori

Rasulova Marg’uba Ilhamovna

Reja:

  • Parvarish to’g’risida tushuncha.
  • Bemorlarni umumiy parvarishlash.
  • Yotoq yaralari va bosqichlari.
  • Yotoq yaralarini oldini olish.

Bemorlarni parvarish qilish

  • bu bemorlarga har tomonlama yordam berish va shifokor ko'rsatmalarini amalga oshirishni ta'minlaydigan tadbirlar majmuasidir.
  • U kasallikni davolashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tibbiyotning ilk rivojlanish davrida (m-n, 1-jahon urushi) shifokor hali ko'p kasallikni davolashga ojiz bo'lgan davrda yarador va bemorlarni to'g'ri parvarish qilish tufayli juda ko'plab odamlarning hayoti saqlab qolingan.

Bemorlarni parvarish qilish

Yillar o'tgan sayin, kasalliklarni kelib chiqish sabablari, kechish jarayonlarini ilmiy talqin qila borildi, davolash usullari takomillashdi. Bugungi kundagi innavazion ilmiy texnika taraqqiyoti, kuchli ta'sir qiladigan dorilar mavjudligiga qaramay (insult o’tkazgan)bemorlarni parvarish qilish kishilarning salomatligi, ish qobiliyatini tiklashda muhim va hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Parvarishning ko'lami

- bemorning ahvoliga, yoshiga, kasallikni davomiyligi, turi va unga tayyorlangan davo tartibiga bog'liq. Kasallik vaqtida inson tanasidagi a'zolar va sistemalarning faoliyati buziladiishtaha pasayadi, bedorlik, tushkinlik va uxlash maromi izdan chiqadi. Davolash - xastalik bilan kurashishga qaratilgan bo'lsa, parvarish qilish -organizmning kuchlarini quvvatlantirishdan iboratdir.

Bemorlarni parvarish qilish

- deganda asosiy hayotiy ehtiyojlarni (yeyish, ichish, harakat, ichak va qovuqlarni bo'shatish va h.k.) qondirishda unga ko'maklashish, kasallik holatlari (qusish, bo'g'ilish, yo'talish, turli xil og'riqlar va h.k.) vaqtida yordam berish tushuniladi. Parvarish bemor uchun qulay sharoit, yoqimli mikroiqlim yaratish: xonada me'yorida harorat va yorug'lik, musaffo havo bo'lishi, o'rinboshlarning qulay va ozoda bo'lishi, zarur va maishiy ashyolar, signalizasiyalarni ham o'z ichiga oladi.


Yüklə 13,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə