Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə10/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Shifrni ochish: Jadval ichiga shifrtekst gorizontal tarzda yozib chiqiladi.



8

1

6

i

s

n

3

5

7

i

e

d

4

9

2

p

a

t



Sonlarni o‘sish tartibida yozib chiqib, shunga
mos harflar yozib chiqiladi, “stipendia” so‘zi hosil bo‘ladi.
Bu usullarning asosiy kamchiliklaridan biri tekstni jadvallarga karrali qilib tanlash kerak bo‘ladi.


Nazorat uchun savollar:


  1. Sehrli kvadratlar usulida kalit nimadan iborat?

  2. Sehrli kvadrat qurishning qanday usullarini bilasiz?

  3. Shifrlanadigan matn jadvalga qaysi tartib bilan yoziladi?

  4. Shifrlanadigan matn jadvalning barcha kataklarini to‘ldirmasa nima qilinadi?

  5. Kalit har ikkala tomonda ham bo‘lishi shartmi?

    1. Sezar shifri


Almashtirish usullari sifatida quyidagi usullami keltirish mumkin: Sezar usuli, Affin tizimidagi Sezar usuli, tayanch so‘zli Sezar usuli va boshqalar.
Sezar usulida almashtiriluvchi harflar k soniga siljishi bilan aniqlanadi.
Yuliy Sezar bevosita k=3 bo‘lganda ushbu usuldan foydalangan.
k = 3 bo‘lganda va alfavitdagi harflar m = 26 ta bo‘lganda quyidagi jadval hosil qilinadi:

Siljimagan
alfavit

Siljigan
alfavit

Siljimagan
alfavit

Siljigan
alfavit

Siljimagan
alfavit

Siljigan
alfavit

A

D

J

M

S

V

V

E

K

N

T

W

C

F

L

O

U

X

D

G

M

P

V

Y

E

H

N

Q

W

Z

F

I

O

R

X

A

G

J

P

S

Y

B

H

K

Q

T

Z

C

I

L

R

U







Masalan, matn sifatida KOMPYUTER so‘zini oladigan bo‘lsak, Sezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo‘ladi:


C = NRPSBXWHU.
Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o‘z navbatida, bir xil harflarga almashishidir.
Misol.
Bizga k-kalit, m-harflar soni, t-harflarning alfavitdagi tartib raqami, x- shifrlangan harf, M-shifrlanuvchi so‘z berilgan bo‘lsin.
(t+k) mod m = x ^shifrlash formulasi; (x-k) mod m = t ^shifrni ochish formulasi; Shifrlash:
M-’doska”; K=3; M=26;
d: (3+3) mod 26=6 ^g o: (14+3) mod 26=17 ^r s: (18+3) mod 26=21 ^v k:
(10+3) mod 26=13 ^n a: (0+3) mod 26=3 ^d c=”grvnd”;
Shifrni ochish:
g: (6-3) mod 26=3 ^d r: (17-3) mod 26=14 ^o v: (21-3) mod 26=17 ^s n:
(13-3) mod 26=10 ^k d: (3-3) mod 26=0 ^a M=”doska”


Nazorat uchun savollar:


  1. Sezar usulida kalit nimadan iborat?

  2. Kalit qaysi sondan qaysi songacha oraliqda bo‘ladi?

  3. Shifrlanadigan matn harflari qaysi tartib bilan nomerlanadi?

  4. Shifrlangan matnni ochishda modulda manfiy son chiqsa nima qilinadi?

  5. Kalit har ikkala tomonda ham bo‘lishi shartmi?

  6. Kalitsiz qanday ochish mumkin?

    1. Affin tizimi


Affin tizimidagi Sezar usulida har bir harfga almashtiriluvchi harflar maxsus formula bo‘yicha aniqlanadi: (at+b) mod m, bu yerda a, b - butun sonlar, 0m=26, a=3, b=5 bo‘lganda, Shunga mos ravishda harflar quyidagi jadval hosil qilinadi: quyidagicha almashadi:



A

F

B

J

C

N

D

R

E

S

F

V

G

Z

H

D


Natijada yuqorida keltirilgan matn quyidagicha shifrlanadi: C=PFXJDZSR
Shifrni ochish formulasi quyidagicha: M = ( a~1( C — b))mod m. Bu yerda a- 1 qiymat a sonining mod m bo‘yicha teskarisi, C - shifrtekst.


Nazorat uchun savollar:


  1. Affin usulida kalit nimadan iborat?

  2. Kalit qaysi sondan qaysi songacha oraliqda bo‘ladi?

  3. Shifrlanadigan matn harflari nomerlanish tartibi qanday?

  4. Shifrlangan matnni ochishda modulda manfiy son chiqsa nima qilinadi?

  5. Kalit har ikkala tomonda ham bo‘lishi shartmi?

  6. Kalitsiz qanday ochish mumkin?

    1. Steganografiya


Steganografiya (grekcha axsyavoa – yashirin va 𝛾𝜌𝛼𝜑𝜔 – yozayapman, sirli yozuv degan manoni anglatadi) – bu ochiq ma’lumotni uzatilayotgan vaqtda shifrni yoki sirni ichiga joylashtirib uzatishni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
Kriptografiyada shifr yoki sirli xabarning ko‘rinishi mavjud bo‘ladi, steganografiyada esa u ham sir saqlanadi. Steganografiyani, odatda, kriptografiya metodlari bilan birgalikda qo‘llaniladi va ular bir birini to‘ldiradi deyish mumkin.
90-yillar oxirida steganografiyaning bir nechta yo‘nalishlari qayd etildi:

Klassik steganografiya


Qadimgi dunyo steganografiyasi
Yunon tarixchisi Gerodotning keltirishicha, axborotni yashirishning bir necha xil usullari mavjud bo‘lgan. Misol uchun, ular qullarning boshiga kerakli axborotni yozishgan, qulning sochi o‘sgach esa u manzilga jo‘natilgan. Manzilga yetgach uning sochi olinib, ma’lumot yetib borgan deya hisoblangan.
Maxsus (ko‘rinmas) siyoh usuli
Klassik steganografiyaning keng tarqalgan usullaridan biri bu maxsus(ko‘rinmas) siyoh usulidir. Bunday siyohlarda yozilgan matn faqatgina maxsus sharoitlarda qog‘ozda paydo bo‘lgan (isitish, yoritish va kimyoviy qorishma qo‘shish kabi). Bu usul I asrda Aleksandr Felono tomonidan kashf etilgan bo‘lib, o‘rta asrlarda ham ishlatilgan. Qog‘ozga qatorlar orasiga sut bilan yozilsa, sut esa qog‘oz olovda qizdirilganda ko‘rinishi haqidagi usul ham mavjud.
Boshqa steganografik usullar
Ikkinchi jahon urushi paytida mikronuqta usuli keng qo‘llanilgan, bu mikronuqtalar mikroskopik fotosuratlar bo‘lib, ular telegramma va xatlarning matnlariga joylashtirilgan.
Bundan tashqari yana quyidagi axborotni himoyalash usullari mavjud bo‘lgan:

  • Xaritaning orqa qismiga uning tartibi bo‘yicha xabar yozish;

  • Qaynatilgan tuxum ichiga matn yozish va h.k ;

Hozirgi kunda steganografiyani axborotni matnli, grafik yoki audio ko‘rinishda yashirishning maxsus dasturiy ta’minotini ishlatish usuli deya tushunish mumkin.

Kompyuter steganografiyasi


Kompyuter steganografiyasi - bu klassik steganografiyaning yo‘nalishi bo‘lib, kompyuter platformasi uchun asoslangan. Masalan, Linux uchun, steganografik fayl tizimsi StegFS, ma’lumotlarni ishlatish mumkin bo‘lmagan joylarda ularni ma’lum fayl formati ko‘rinishida saqlash, belgilarni fayllar nomiga almashtirish, matnli steganografiya va h.k. Bir necha misollar keltiramiz:

  • Zahiralangan formatli fayllarni kompyuterda qo‘llash – bu usulda to‘lmagan axborotning kengaytma maydoni nollar bilan to‘ldiriladi. Mos ravishda biz bu nolli qismni o‘zimizning ma’lumotlarimiz bilan to‘ldirishimiz mumkin. Bu usulning kamchiligi ma’lumotlar yashirish hajmining kamligidir.

  • Egiluvchan diskning ishlatilmaydigan qismiga xabar yashirish usuli –

bunda xabar diskning ishlatilmagan bo‘sh qismiga yoziladi. Kamchiligi – kam hajmdagi axborotni uzatish mumkin.

  • Faylli tizimning xususiyatidan foydalanish – qattiq diskka fayl saqlanganda u har doim klasterlarda joy egallaydi. Masalan, ilgari keng qo‘llanilgan fayl tizimsi FAT 32 (Windows 98, 2000, ME larda qo‘llanilgan) da klasterlarning standart o‘lchami – 4kb. Mos ravishda 1 kb ma’lumotni saqlash uchun xotiradan 4 kb joy ajratiladi, shundan 1 kb ma’lumot uchun ketsa, qolgan 3 kb hech narsa uchun ishlatilmaydi, bundan esa, bu joyni axborot yashirish uchun qo‘llash mumkin. Bu usulning kamchiligi – xabarni ochishning osonligi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə