Moddalar almashinuvi asosiy kasalliklarining etiologiyasi va patogenezi



Yüklə 63,25 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü63,25 Kb.
#182548
1   2   3   4   5
valiyeva

Qandli diabet (xalq orasida «saxar kasalligi» deb ham aytiladi— tanada uglevod va suv almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Me’da osti bezi funktsiyasi buzilishi yoki insulinga organizmning qarshiligi oqibati hisoblanadi. Me’da osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin glyukozani qayta ishlashda qatnashadi. Bu gormonsiz organizm qondagi glyukoza miqdorini me’yorda ushlab tura olmaydi va uning miqdori oshib ketadi. Natijada organizm ortiqcha glyukozani siydik orqali chiqarib yuborishi kuzatiladi.




Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’ishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa teri kasalliklari paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishiaterosklerozstenokardiyagipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.
Qandli diabetning hozirgi kunda 2 ta tipga ajratiladi:

  • 1-tip yoki insulinga bog’liq tip:

  • 2-tip yoki insulinga bog’liq bo’lmagan tip:

1-tip qandli diabetga chalingan odamlarda turli sabablarga koʻra, oshqozon osti bezidagi insulin ishlab chiqaradigan β hujayralari insulin ishlab chiqarmaydi. Insulin organizmda yetishmasligi sababli glyukozani qayta ishlay olmaydi. Natijada ovqat tarkibidagi glyukoza hujayralarga kirib bora olmaydi. Bu qonda glyukoza miqdori oshishiga olib keladi. Qonda shakarning yuqori darajasi esa, qisqa va uzoq muddatli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
2-tip qandli diabet kasalligida organizmdagi tegishli hujayralarning insulinga nisbatan sezgirligi kamayib, yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarilgan taqdirda ham qondagi glyukozani hujayralarga kiritishda muammo yuz beradi. Oqibatda, qon tarkibida glyukozaning miqdori koʻp boʻlib qolaveradi. Bu esa, organizmda turli muammolarga ilk sababchi boʻladi.Kasallikka ushbu davrda eʼtiborsizlik qilinsa, keyingi bosqichlarida organizmda yetarlicha insulin ishlab chiqarmasligi ham mumkin. Nazorat qilinmagan 2-tip qandli diabet qonda glyukoza miqdorining yuqori darajada saqlanishiga olib keladi. 


Yüklə 63,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə