3) proteksionistik tariflardan
keng foydalangach, Fransiya bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug‘ullandi;
4) manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor bergan holda, qishloq xo‘jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib chiqardi, ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto‘g‘ri man etishi va mamlakatga erkin don olib kirishga ruxsat berishi natijasida dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi.
Angliya merkantilizmining
ancha yirik vakili Uilyam
Staffordning (1154–1612.) hayot faoliyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda kam. Uning
faqat boy
savdogar oilasidan kelib
chiqqanligi va “Bizning vatandoshlarning
ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni”
asarini yozganligi ma’lum. Unda
U.Stafford merkantilizm
uchun xarakterli
bo‘lgan quyidagi g‘oyalarni ilgari surgan:
Uilyam Stafford (1154–1612
y.)
1) muomalada buzilgan pullar emas,
balki to‘la qimmatli pullar bo‘lishi kerak,
chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida
yaroqli
hisoblanadi;
2) chetga xomashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin
undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib kelmasin);
3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi;
4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni to‘liq man etishni tavsiya etdi.
Dostları ilə paylaş: