Har bir davlatda merkantilizm o‘ziga xos usulda namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli alqlarning milliy-psixologik xususiyatlari uning o‘ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi100.
Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifatida Fransiyada ancha rivoj topdi. Fransiyada merkantilizm vakillaridan biri,
mashhur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi
Antuan Monkreten (1576–1621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini – jamg‘armani ko‘paytirishning, mamlakat xo‘jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko‘paytirish yo‘llarini qidirdi, o‘z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, hunarmandchilik
maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o‘z mamlakati savdogarlariga tashqi
savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat boyligini so‘rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Fransiya tashqi savdosini kengaytirishni ko‘zda tutadi, u nisbatan monetarizm g‘oyasini, shuningdek, savdo balansi konsepsiyasini aks ettiradi.
Fransiyadagi amaliy merkantilizmning
eng yorqin vakili Jan
Dostları ilə paylaş: