233
e) kasallik yoki uning belgisining rivojlanganlik darajasi.
102.Gen kasalliklari tasnifi nimaga asoslanadi? (noto‘g‘ri javobni toping).
a) kasallik boshlanish yoshiga
b)
mutant genlar soniga
c) ma`lum organ va tizimlar zararlanishiga
d) irsiylanish tipiga
e) mutatsiya
xarakteriga
103.Antimongoloid ko‘z kesimi – bu:
a) ko‘z soqqalarining ichki burchaklari orasidagi masofaning uzayishi
b) ko‘z yorig‘i tashqi burchagining tushishi
c) ko‘z yorig‘ining nisbatan tor bo‘lishi
d) ko‘z yorig‘i ichki burchagining tushishi
e) ko‘zning ichki burchagida yarimoysimon teri burmasi mavjudligi
104.Aniridiya – bu:
a) ko‘z yorig‘i tashqi burchagining tushishi
b) ko‘z olmasining yaxshi rivojlanmasligi yoki bo‘lmasligi
c) kamalak parda bo‘lmasligi
d) ko‘z olmasi o‘lchami kichrayishi
e) ko‘z soqqasi ichki burchagi orasidagi masofa kamayishi
105.Oligodaktiliya – bu:
a) barcha barmoqlar bo‘lmasligi
b) barmoqlarning birlashishi
c) bir yoki undan ko‘p barmoqlarning yo‘qligi
d) barmoqlarning bukiluvchi kontrakturasi
e)
barmoqlar soni ortishi
106.Anentsefaliya – bu:
a) kalla o‘lchamining kichrayishi
b) bosh miya va kalla gumbazi suyaklarining yo‘qligi
c) bosh miya o‘lchamining kichrayishi
d) kallaning bo‘yiga o‘lchamini ortishi
234
e) kallaning ko‘ndalang o‘lchamini ortishi
107.Alopetsiya – bu:
a) ayollarda ko‘p miqdorda erkakcha soch o‘sishi
b) kam miqdordagi quruq sinuvchan sochlar
c) sochning to‘liq yoki qisman yo‘qligi
d) jingalak sochlar
e) ko‘z soqqasi ichki burchagi orasidagi masofa kamayishi
5 bob.
108.Genom mutatsiyasi natijasida yuzaga kelgan kasallikni ko‘rsating:
a) gemofiliya
b)
daltonizm
c) Klaynfelter sindromi
d) ―mushuk chinqirig‘i‖ sindromi
e) axondroplaziya
109. Aneuploid xromosoma to‘plamli hujayrani ko‘rsating:
a) n
b) 2n
c) 3n
d) 4n
e) 2n-1
110. ―Mushuk chinqirig‘i‖ sindromli o‘g‘il bolaning kariotipini ko‘rsating.
a) 46, X Y, 13+
b) 46, X Y, 5p
-
c) 46, X Y, 5p
+
d) 46, X Y, 4p
-
e) 47, X Y, 5p
-
111. Daun sindromining sababi:
a) erkaklarda qo‘shimcha X-xromosoma bo‘lishi
b) 21- xromosomaning qo‘shimchasi bo‘lishi
c) 13- xromosomaning qo‘shimchasi bo‘lishi
235
d) 18- xromosomaning qo‘shimchasi bo‘lishi
e)
X-xromosoma monosomiyasi
112. Polisomik shunday organizmki-bunda:
a) xromosomalardan bittasi 3 tadan ortiq nusxada bo‘ladi
b) gomologik xromosomalarning ikkalasi yetishmaydi
c) xromosomalardan bittasi 1 nusxada bo‘ladi
d) xromosomalardan bittasi 2 nusxada bo‘ladi
e) xromosomalardan bittasi 3 nusxada bo‘ladi
113. Y- jinsiy xromosoma qayerda bo‘ladi?
a) spermatozoidlarda
b) o‘g‘il bolalarning somatik hujayralarida
c) tuxum hujayrasida
d) qiz va o‘g‘il bolalarning jinsiy hujayralarida
e) erkaklarning yadroli hujayralarida
114. X -xromosoma erkaklarda bo‘ladimi ?
a) yo‘q
b) bo‘ladi
c) faqat xromosoma
kasalliklarida
d) erkaklarning faqat boshlang‘ich jinsiy hujayralarida
e) faqat spermatozoidlarda
115.Kasallikka mos kariotipni toping:
46, X Y,5p
-
a) Daun
2. 47, XXY b) Shereshevskiy Terner
3. 45, X0 c) Klaynfelter
4. 47, XX, +21 d) Patau
5. 47, XY, +13 e) ―mushuk chinqirig‘i‖
116. Daun sindromida atd burchagi necha gradusga teng?
a) 60
0
b) 70
0
c) 80
0
236
d) 90
0
e) 100
0
117. To‘rt barmoqli burma, jimjiloq klinodaktiliyasi, bitta buklov burmasining
yo‘qligi, atd burchagi 80
0
gradusga teng bo‘lishi qaysi sindromga xos?
a) Daun
b)
Shereshevskiy-Terner
c) Patau
d) Klaynfelter
e) ―mushuk chinqirig‘i‖
118. Daun sindromining alomatlari qaysi yoshda nomoyon bo‘ladi?
a) tug‘ilgandan
b) bolalik davrida
c) o‘smirlik davrida
d) balog‘at yoshida
e) qarilikda
119. Odamlarda jinsiy xromosomalar sonining o‘zgarishi bilan bog‘liq kasallikni
ko‘rsating:
a)
Edvards sindromi
b) Klaynfyeltyer sindromi
c) Daun
d) Patau
e) ―mushuk chinqirig‘i‖
120. Odamlarda xromosomalar strukturasi o‘zgarishiga bog‘liq kasallikni
ko‘rsating:
a) Edvards sindromi
b)
Klaynfelter sindromi
c) Daun
d) Patau
e) ―mushuk chinqirig‘i‖
121. Quydagi genotiplardan monosomiyani ko‘rsating?