Molekulyar kinetik nazariya haqida umumiy tushunchalar” mavzusidagi kurs ishi bajardi: Hakimov. G’ Kurs ishi rahbari: Yo’ldoshqori. Sh farg’ona 2023



Yüklə 330,69 Kb.
səhifə2/14
tarix08.05.2023
ölçüsü330,69 Kb.
#108943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs Ishi G\'olibjon

Kurs ishining dolzarbligi: fizikaning barcha bo'limlari bo'yicha asosiy fizik tushunchalar, qonunlar, qonuniyatlar, tamoyillar (prinsip), formulalar, nazariyalar va tajribalar, fizik hodisa va jarayonlarni kuzatish va boshqarish yo'llari, fizik tajribalar o'tkazish, fizik kattaliklarni o'lchashni o'rganish, tajriba natijalari va xatoliklarni hisoblash o’quvchilarda malaka va ko'nikmalarni hosil qilish qilishdan iboratdir.
Kurs ishining maqsadi: asosiy fizik qonuniyatlar va hodisalar mohiyatini to'g'ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko'rish ko'nikmalarini, oliy o'quv yurtlariga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malka va ko'nikmalarni, o'quvchilarning fizikaviy tasavvurlarini, tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatlarini oshirish hamda hayotda bo'layotgan hodisa va jarayonlarni to'g'ri talqin qilishga o'rgatishdir.
Kurs ishining vazifalari: hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarini yechishdagi roli bilan tanishtirish kabi mavzu va muammolarni hal qilish kerakligini ko'rsatishdan iboratdir.

I BOB. MOLEKULAR KINETIK NAZARIYANING ASOSOY QOIDALARI

1.1.Molekula haqida ma’lumot


Issiqlik haqidagi tushuncha juda qadim zamondan ma'lum bo‘lib, u dastlab odamning fiziologik sezishi asosida yuzaga kelgan. Fiziologik sezish asosida odam jismlami issiq va sovuqqa ajratgan va ulaming isitilganlik darajasini aniqlagan. Lekin bizning sezgi organlarimiz temperaturani noaniq o‘lchaydi va bu sohada noto‘g ri natijalarga olib keladi.
XII — XIII asrlarda Farengeyt, Delil, Lomonosov, Reomyur va Selsiylar tomonidan ikkita doimiy nuqtaga ega bo'lgan turli xil tuzilgan termometrlaming yaratilishi issiqlik hodisalarini o‘rganishni rivojlantirib yubordi. Birinchi navbatda issiqlikdan moddalaming kengayishi o'rganila boshlandi. Lekin issiqlik fizikasining asosiy miqdoriy tushunchalari birdaniga yuzaga kelavermadi. 0‘sha davr fiziklarining asarlarida „issiqlik miqdori“, „issiqlik darajasi“, „issiqlik gradusi“ tushunchalarida juda ko‘p chalkashliklar bor edi. 1755- yilda Lambert temperatura va issiqlik miqdori tushunchalarini bir- biridan farq qilishni aytib o‘tdi. Turh temperatura va turh miqdordagi suyuqliklarni bir-biri bilan aralashtirilganda yuzaga keladigan temperaturani aniqlashni va uning formulasini Rixman bergan.
1803- yili Blek issiqlik miqdori va temperatura tushunchalarini bir-biridan ajratdi va birinchi bo‘lib „issiqlik sig‘imi“, „yashirin erish issiqligi“ va „yashirin bug'lanish issiqligi“ tushunchalarini kiritdi.
Issiqlik haqida nazariya ham yuzaga kela boshladi. Ulardan biri alohida issiqlik suyuqligi — teplorod haqidagi nazariya bo‘lsa, ikkinchisi issiqlikka „sezilma,ydigan zarralaming“ harakat turi deb qarash edi. Lomonosov keyingi nazariyaning ashaddiy tarafdori edi.
Teplorod nazariyasiga ko‘ra, jismda teplorod qancha ko‘p
bo‘lsa, uning temperaturasi shuncha yuqori bo‘ladi, deb hisoblanar
edi. Bu nazariya uchun u yoki bu jismda mavjud bo'lgan teplorodni issiqlik miqdori sifatida tasawur qilish tabiiy hol edi. Jismlar temperaturalarining tenglashishi bir jismdan boshqa jismga biror miqdorda teplorodning o'tishi jarayonidan iborat deb hisoblanar edi. Teplorod nazariyasi kalorimetrik dalillami yaxshi tushuntirar edi, shuning uchun teplorod haqidagi nazariya XIX asrning o'rtalarigacha ustunlik qilib keldi. Lekin energiya saqlanish qonunining ochilishi fiziklarni Lomonosov nazariyasiga qaytishga majbur qildi.
Issiqlikning kinetik nazariyasi materiya, birinchi navbatda,
havo va bug'ning kinetik nazariyasi bilan birga rivojlana bordi. Bemulli havoni „turli yo‘ nalishlarda juda tez“ harakat qilayotgan zarralardan iborat va zarralar „elastik suyuqlik“ hosil qiladi deb qaradi. U zarralar harakat tezhgi bilan havoning isishi orasidagi bog'lanishni aniqladi.
Bu fizika tarixida gaz xossalarini molekulalar harakati bilan
tushuntirishdagi birinchi urinish bo‘lgan va Bemulli fizika tarixiga gazlar kinetik nazariyasining asoschilaridan biri bo‘lib kirgan.
1750-yilda Lomonosov „Issiq va sovuqning sababi haqida
fikrlar“ degan asarida issiqlik materiyaning ichki harakatida bo‘lib, materiyaning sezilmaydigan zarralarining o‘rin o'zgartirishidir, deb yozgan edi. U bu harakatlarning ehtimoliy xarakterini — ilgarilanma, aylanma va tebranma harakatlardan iborat deb qarab, „issiqlik bog'langan materiyaning ichki aylanma harakatidan
iboratdir“ degan edi. Issiqroq jismlarda molekula (korpuskula)lar tezroq aylanadi, sovuqroqlarida esa sekinroq aylanadi; issiqroq jism sovuqrog'iga tekkizilganda soviydi, degan fikrlarni bildiradi.
1798- yili Rumford to‘p stvollarini parmalashni kuzatib, bunda ajralib chiqayotgan issiqlik metallni parmalashda bajarilgan ish bilan bog‘liq, degan fikmi aytdi. Keyingi yili Devi buni tajribada isbot qildi. U muzning bir bo‘lagini boshqa bo‘lagiga ishqalaganda erishini, shu ishqalashda bajarilgan ish natijasida hosil bo‘lgan issiqlik hisobiga sodir bo‘lishini isbotladi.
XIX asr birinchi yarmining oxirlarida Joul issiqlikning mexanik ekvivalentini eksperimental aniqlaydi: bir kilokaloriya issiqlik miqdori olish uchun 427 kilogrammometr mexanik ish bajarish kerak.
Issiqlikning mexanik nazariyasining bu yutuqlari shunga olib keldiki, XIX asming o‘rtalariga kelib, teplorod nazariyasi butkul inkor etildi.
Fizikaning „Molekulyar fizika va issiqlik“ deb nomlanadigan boTimining asosida materiyaning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tasawur yotadi. Molekulyar fizika turli holatlardagi moddalarning makroskopik xossalarini, shuningdek, moddaning bir holatdan boshqa holatga aylanishlari bo‘ysunadigan qonunlarni moddaning molekulyar tuzilishi haqidagi, atom va molekulalar harakatlarining va ular orasidagi ta’sir kuchlarining xarakteri haqidagi tasawurlarga asoslanib tushuntiradi.

Yüklə 330,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə