I.Xalq ta’limi bo’limining asosiy vazifalari
Jamiyatni rivojlantirish va demokratik tarzda o‘zgartirishning maqsad va ustivor yo‘nalishlariga asoslanib, hudud iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish va islox qilishning puxta o‘ylangan strategiyasi ishlab chiqilishini, hudud iqtisodiyotini boshqarishning bozor usullari va mexanizmlari joriy kilinishini tashkil etishdan;
-hudud va tarmoqlar iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, darajasini kompleks taxlil qilishdan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar rivojining yo‘nalishlarini o‘rganishdan, hudud iqtisodiyotidagi va tarmoqlardagi nomutanosibliklarning ta'sirini o‘rganishdan, ularni bartaraf qilish yo‘llarini asoslab berishdan;
-hudud iqtisodiyotini rivojlantirishning turli ssenariylarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hududda joylashgan tuman, shahar iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz va dasturlarini ishlab chiqishdan;
-byudjet-solik, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga karshi siyosatning umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif kiritishdan;
-demografik prognozlar tuzishdan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, ichki iste'mol bozorini to‘ldirish, xalk farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha dasturlar yaratishdan;
-hudud iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologiya jihatidan qayta jixozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, resurslarni tejash imkonini beradigan texnologiyani joriy qilish dasturlarini yaratishdan;
-hududni kompleks rivojlantirish imkonini beradigan qisqa va o‘rta muddatli sarmoya dasturlarini ishlab chiqishga doir ishlarini muvofiqlashtirishdan;
-hudud iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish uchun mahalliy ma'dan va xom-ashyo resurslaridan unumli foydalanish dasturlarini yaratishdan;
-eksport imkoniyatini rivojlantirishni ragbatlantirish bo‘yicha taklif kiritishdan, maxsulotni (ish, xizmat turlarini) eksport qilishni prognoz qilishdan;
Dostları ilə paylaş: |