“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202
Moliya UMK

2-nazorat uchun savol
Firmalar qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning to‘rtta 
asosiy turi qanday? Har biriga misol keltiring. 
3-mavzu. Zamonaviy moliyaning fundamyental 
(tub) masalalari 
Reja: 
 
1.
 
Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul 
qilishga ta’siri 
 
2.
 
Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy 
sabablari
 
3.
 
Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
 
4.
 
Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yuborilishi” va uning 
moliyaviy natija (oqibat)lari
 
5.
 
Korporatsiyada moliyachining tutgan o‘rni
 
 
9
Amaliyotimizda bunga qay darajada rioya qilinayotir? Uning natijasi qanday bo‘layapti? Misollar keltira olasizmi? Unga, 
eng umumiy tarzda, qanday baho bergan bo‘lur edingiz? Nima uchun? 


16 
1. Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga 
ta’siri 
 
Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli mavjud: yakka egalik, 
shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya (3.1-rasm).
3.1-rasm. 
Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakllari
 
 
 Yakka egalik
(sole proprietorship), bitta odam yoki oilaga tegishli firma 
bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining 
mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari 
bo‘yicha 
cheklanmagan majburiyatlarga 
yoki 
cheklanmagan mas’uliyatga 
(unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining 
talablarini qondirish uchun o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda 
kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.
Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka egalik sifatida boshlaydi. 
Keyinchalik kengayib, oyoqqa turgan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi. 
Ammo, shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki 
kichkina ustaxona – butun faoliyat davomida yakka mulkligicha qolishi ham 
mumkin. 
Shirkat 
(partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan 
firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar. 
Sheriklik kelishuvida, odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va firmaning 
daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa 
shart belgilangan bo‘lmasa, sheriklar, xuddi yakka mulk-chilikdagi kabi, 
majburiyatlar bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar. 
Ammo, sheriklarning majburiyatlarini ma’lum darajada cheklash ham 
mumkin. U holda bunday sheriklar 
mas’uliyati cheklangan sheriklar
, yoki 
kommanditlar deb ataladilar (limited partners). Biroq bunda, sheriklarning hech 
bo‘lmasa bittasi firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega 
bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik deb ataladi. Odatda, kommandit-sheriklar shirkat 
faoliyatiga taalluqli kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu 
asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə