“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202
Moliya UMK

korxonalar moliyasi
yoki 
korporativ moliya
 (business or corporate finance) deb ataladi.
Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi 
(o‘lchami)dan qat’iy nazar 
kapital
7
ga
ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina 
7
Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-


13 
uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar 
firmaning 
jismoniy kapitali
hisoblanadi. 
Firmalarga jismoniy kapitalni sotib 
olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar 
moliyaviy kapital
deyiladi.
Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa 
bo‘ladi (2.2-rasm): 

2.2-rasm. 
Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi 
Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan 
shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon 
strategik rejalash-tirish
deb 
ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va 
daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga 
kiritish mumkin.
Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi)dan kelib chiqqan 
holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va shu bilan bir qatorda birinchisi bilan o‘zaro 
bog‘liq boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter ishlab 
chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichida kompyuterlarga xizmat 
ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ul-lanishga ahd qilishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari o‘zgarishi, 
o‘zgarganda ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korporatsiyalar bir vaqtning 
o‘zida biznesning bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi 
uchrab turadigan hol. Bundan tashqari, shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining 
dastlabki faoliyati bilan umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi 
uning bugungi vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi.
Masalan, 
ITT Corporation (International Telephone and Telegraph) 
korporatsiyasini eslaylik. Korporatsiya 1920 yilda telefon va telegraf xizmatlarini 
va tegishli asbob-uskunalarni taklif etuvchi kompaniya sifatida tashkil etilgan. XX 
so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda 
ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan 
boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v) 
kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang: 
o‘sha manba. J.II. –B. 316.,

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə