“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   202
Moliya UMK

3- nazorat uchun savol 
Siz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov sifatida «Men Sizga 
shuncha summa qarzman» (I owe you) shaklidagi eng oddiy qarz tilxatini qabul 
qilarmidingiz? Sizning javobingizga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
 
4. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi 
ishtirok ulushining bo‘linishi

Moliyaviy tizim katta ko‘lamdagi korxonani tashkil etish yoki yirik 
korxonalar kapitalini ko‘p sonli mulkdorlar o‘rtasida bo‘lish uchun moliya-viy 
mablag‘larning birlashish mexanizmini ta’minlaydi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda to‘laqonli biznesni yurgizish uchun zarur bo‘lgan 
investitsiyalarning minimal hajmi, ko‘pincha, alohida odamning va hatto eng katta 
oilaning pul mablag‘laridan oshiq bo‘ladi
37
. Moliyaviy tizim uy xo‘jaliklari 
mablag‘larini, keyinchalik unga muhtoj bo‘lgan firmalar foydalanadigan yirik 
36
“Alternativ” – mumkin bo‘lgan ikki yoki bir necha imkoniyatdan birini tanlashga asoslangan; muqobil. 
“Alternativa” fransuzcha “alternative”, lotincha “alter” – ikkitadan bittasi. 1. Bir-birini inkor etuvchi 
imkoniyatlardan birini tanlash; muqobillik. 2. Shu imkoniyatlardan biri. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.75. 
37
Bunga misollar keltiringchi?! 


42 
kapitalga birlashtirish yoki yirik-lashtirish uchun imkoniyat yaratadi (masalan, 
fond bozorlari yoki banklar yordamida).
Moliyaviy tizim tufayli individual uy xo‘jaliklari katta miqdor-dagi pul talab 
qilinadigan investitsiyalarda resurslarning birlashishi va umumiy investitsiyalarda 
ulushlarning keyingi bo‘linishi yo‘li bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Masalan, faraz qilaylik, Siz 10,0 mln. so‘mlik uloqchi otni sotib olish uchun 
mablag‘ kiritishga qaror qildingiz. Lekin Sizda hammasi bo‘lib 1,0 mln. so‘m bor. 
Agarda otni o‘nta qismga bo‘lishning jismoniy imkoniyati bo‘lganda, Siz uning 
o‘ndan birini sotib olishingiz mumkin edi. Biroq biz bu yerda hamma qismlarning 
summasidan ko‘ra butuni shubhasiz ancha-muncha qimmat bo‘ladigan vaziyat-
lardan birini ko‘ryapmiz. Shunday qilib, otni jismoniy bo‘lish muammoni hal 
qilmaydi. Va bu yerda hayvonni unga zarar keltirmasdan “bo‘lish” imkonini 
beradigan moliyaviy tizim yordamga keladi. Investitsion pul (moliyaviy 
resurslarning birlashishi)ni yaratib va investorlar o‘rtasidagi ulushni taqsimlab
10,0 mln. so‘mlik investitsiyani, otni bo‘laklamagan holda, 1,0 mln. so‘mdan 
iqtisodiy «qism»larga bo‘lish mumkin. Bundan keyin, ko‘pkari (uloq)dan 
topilayotgan pul, otni mashq qildirishga va boqishga ketgan xarajatlarni chiqarib 
tashlab, barcha ulushi borlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Yana bir misol sifatida pul bozorida amalda bo‘lgan investitsion fondlar 
operatsiyasini ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qilaylik, Siz ko‘proq ishonchli va likvidli 
dollarlik aktiv – AQSh G‘aznachiligi veksel
38
iga kapital qo‘yishga qaror qabul 
qildingiz. Taklif qilinayotgan veksellarning eng arzoni milliy valyutamizda 10,0 
mln. so‘m turadi. Siz esa bor-yo‘g‘i 1,0 mln. so‘mlik investitsiya qilmoqchisiz. 
Ushbu holatda bu kabi veksellarga ham Sizning moliyaviy resurslaringizni boshqa 
investorlarning resurs-lari bilan birlashtirish yo‘li bilangina mablag‘ qo‘yish 
mumkin. O‘tgan asrning 70-yillarida shunday jarayonni rag‘batlantirish uchun 
investorlarga g‘aznachilik veksellarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan o‘zaro 
jamg‘armalar tuzilgan.
O‘zaro jamg‘armada investorlarning mablag‘lari vaqtinchalik birlash-tiriladi 
va ularga mazkur jamg‘arma kapitalidagi ularning ulushi ko‘rsa-tilgan 
hisobraqamlar ochiladi. Jamg‘arma vaqti-vaqti bilan mijozlarga o‘zlarining 
aksiyalari kursi to‘g‘risidagi axborotni taqdim qiladi va ularga amalda istalgan 
vaqtda o‘zining hisobraqamiga istalgan qo‘shimcha summani kiritish yoki pulni 
qaytarib olish imkonini beradi. Shunday qilib, agar jamg‘arma aksiyasining joriy 
kursi 11 000 so‘mni tashkil etsa, Siz esa 1,0 mln. so‘m qo‘yayotgan bo‘lsangiz, 
unda Sizning jamg‘armadagi hisobingizda 90,91 aksiya bo‘ladi (1 000 000 : 11 
000). Bu g‘aznachilik veksellariga investitsiya qiluvchi o‘zaro jamg‘armalar 
moliyaviy tizimning to‘rtinchi funksiyasi bajarilishiga yordamlashayotganidan 
dalolat beradi. Zero, ular tufayli katta qadr-qimmatga ega bo‘lgan veksellar amaliy 
jihatdan benihoya (cheksiz) bo‘linuvchi qimmatli qog‘ozlarga aylanadi. 
4- nazorat uchun savol 
Ko‘pchilik uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslarini birlashtirish usuli 
38
“Veksel” nemischa “Wechsel” – o‘zgarish; almashtirish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.454. 


43 
mavjud bo‘lmaganda amalga oshirish mumkin bo‘lmagan investitsiyani misol 
qilib keltiring. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə