“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   202
Moliya UMK

2. Moliyaviy bozorlar 
 
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishini quyidagi tarkibiy 
qismlar birligi sifatida tasavvur qilish mumkin (6.1-rasm). 
51
«Federal» lotincha «federalis» - ittifoq, uyushmaga oid. Qarang: o‘sha manba. J. IV. –B.338. 


54 
6.1-rasm. 
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi
Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlar 
sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, q
arz majburiyatlari (debt), aksiyalar 
(equity) 
va 
hosila qimmatli qog‘ozlar (derivatives) 
moliyaviy aktivlarning asosiy 
turlaridan bo‘lib hisoblanadi

Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma – 
firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari – tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda, 
qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat 
garovlari, shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz 
instrumentlarini yana 
qayd qilingan daromad instrumenti 
(fixed-income 
instruments) deb ham atashadi. Zero, ular bo‘yicha kelgusida qayd qilingan 
summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni yana 
qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar 
deb 
atash ham mumkin. 
 
Qarz instrumentlari, shuningdek
qarzni uzish muddati (maturity)
asosida 
ham klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam 
bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozori 
pul bozori 
(money market) nomiga ega. Uzoq 
muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozori esa 
kapital bozori 
(capital 
market) deb nomlanadi. 
Pul bozorida, asosan, yo xususiy sektorning ishonchli qarz oluvchilari 
tomonidan (veksellar va yirik korxonalarning boshqa tijorat qog‘ozlari) yoki davlat 
tomonidan (masalan, g‘aznachilik vekseli) chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar 
kabi instrumentlar aylanadi. 
Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya
52
va 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə