“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Moliyaviy yangiliklar va moliyaviy bozorlar



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202
Moliya UMK

6-mavzu. Moliyaviy yangiliklar va moliyaviy bozorlar 
Reja: 
1.
 
Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko‘rinmas qo‘li” 
2.
 
Moliyaviy bozorlar 
 
1. Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko‘rinmas qo‘li” 
 
 
Moliyaviy yangiliklar qaysidir markazlashtirilgan organlar tomo-nidan 
rejalashtirilmaydi, balki ayrim tadbirkorlar va firmalarning xarakatlari natijasida 
yuzaga keladi. Moliyaviy sohada innovatsiya-larning yuzaga kelishiga turtki 
bo‘ladigan asosiy iqtisodiy manfaatlar, to‘g‘risini aytganda, inson faoliyatining 
boshqa har qanday sohasida harakat qiluvchi manfaatlardan hech qanday farq 
qilmaydi. A.Smit qayd qilganidek, “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p 
foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga ko‘ra, 
umumiy manfa-atlarga xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga 
qanchalik yordam berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi va foyda 
tashvishga soladi. Biroq mutloq o‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individ, 
uning maqsadiga kirmaydigan natijaga 
ko‘rinmas qo‘l
(invisible hand) tomonidan 
yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan borib, u ko‘pincha haqiqatda qilmoqchi 
bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq jamiyatning rivojlanishiga samaraliroq yordam 
beradi”
46

Bu holatni misollar bilan izohlash uchun, yosh yigit 1965 yilda xorijga 
sayohatga ketayotib tushib qolgan vaziyatidagi masalalarni hozirgi kunda 
zamonaviy yosh yigit qanday hal qilish kerakligi bilan solishtiring. Bir necha o‘n 
yilliklar oldin xorijdagi sayohatchiga hech kim uning tilida gapirmaydigan joyda 
pul tugab qolishi mumkinligi to‘g‘risida doimo xavotirga tushishiga to‘g‘ri kelgan. 
Bu holatda uyga telegramma yuborishga va o‘z mamlakatidagi bankdan mahalliy 
bankka telegraf orqali pul jo‘nat-masini tashkillashtirishga urinishiga to‘g‘ri 
kelgan. Bu jarayon qanchalik uzundan-uzoq va qimmat bo‘lganligini 
tushuntirishning zaruriyati yo‘q. Xorijiy banklar bilan kredit liniya
47
larini ochish 
to‘g‘risida oldindan kelishuvlar faqatgina eng boy sayohatchilar uchun mumkin 
bo‘lgan.
Bizning davrda amalda xorijda xoxlagan xaridni kredit kartochkasi 
yordamida to‘lash mumkin.
VISA, MasterCard

American Express 
kabi bunday 
kartochkalar yer sharining deyarli istalgan nuqtasida qabul qilinadi. Masalan, 
mehmonxona nomeriga haq to‘lash uchun Siz shunchaki o‘z kartoch-kangizni 
xizmatchiga berasiz va u telefon liniyasiga ulangan maxsus appa-ratga uni qo‘yadi. 
Sanoqli soniyalarda Sizning qarzni to‘lay olish qobili-yatingiz (ya’ni, Sizga ushbu 
46
Adam Smith, The Wealth of Nations (Chicago: University of Chicago Press, 1977), - B. 408. 
47
«Liniya» lotincha «linea» - kanop ipi; shoqul; yo‘l, chiziq. Biror narsani muayyan masofa (joy)ga uzatishga 
mo‘ljallangan qurilma (moslama)lar sistemasi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.499.


51 
kartochkani bergan bank to‘lovni kafolatlashi holati) tekshiriladi. Shundan so‘ng 
Sizga kvitansiyaga imzo qo‘yish va yana sayohatni davom ettirish qoladi, xolos. 
Bundan tashqari, bu tizimda pulni yo‘qotish yoki uni o‘g‘irlatish to‘g‘risida 
xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Agar Siz kredit kartochkangizni topolmayotgan 
bo‘lsangiz, yo‘qolgan kartochkani beruvchi bank bilan ulangan yaqinda joylashgan 
istalgan bankka yo‘l olasiz. Bank uni bekor qiladi (undan boshqa odam foydalana 
olmasligi uchun) va yangisini beradi. Ko‘p banklarda bu holatda hatto kredit 
olishingiz ham mumkin. 
Xalqaro sayohatlar kredit kartochkalarining joriy qilinishi tufayli ancha 
qulay va arzon bo‘lib qolganligiga hech kimda shubha yo‘q. Ularni kashf qilish va 
tarqatish millionlab odamlarga foyda keltirdi va moliyani «demokratlashtirish»ga 
imkon tug‘dirdi. Lekin bu qanday ro‘y berdi? Quyida Sizlarga kredit kartochkalari 
misolida moliyaviy innovatsiya-larning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy 
omillarni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. 
Shuni alohida qayd etish joizki, bu jarayonda texnologiya
48
eng muhim omil 
hisoblanadi. Kredit kartochkalarning qo‘llanilishi faqatgina tele-fon va kompyuter 
tarmoqlari, shuningdek, boshqa o‘ta murakkab telekom-munikatsiya tizimlari, 
axborotga ishlov berish uchun dasturiy ta’minot yaratilishi natijasida amalga oshdi. 
Biroq, kredit kartochkalari zamonaviy moliyaviy tizimning muhim qismiga 
aylanishi uchun, foyda olish maqsadida yangi imkoniyatlarning doimiy qidiruvida 
bo‘lgan va moliyaviy xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar, ushbu ilgarilab ketgan 
texnologiyadan foyda-lanishga tayyor bo‘lishlari lozim edi. Bu narsa, o‘z 
navbatida, ikkinchi tomondan uy xo‘jaligi va boshqa firmalarga ushbu 
kartochkalarni sotib olishga tayyor bo‘lishlarini taqozo etar edi. 
Innovatsiyalar tarixida (moliyaviy va boshqa istalgan sohalarda) biror-bir 
potensial iqtisodiy foydali g‘oyani ishlab chiqishda ko‘pincha birinchi bo‘lgan 
firma bundan katta foyda olmasligi holati takrorlanib turadi. Bu kredit 
kartochkalariga nisbatan ham adolatli (tegishli)dir. Xalqaro sayohatlarga kredit 
kartochkasini ishlatishni taklif qilgan birinchi kompaniya Ikkinchi jahon urushi 
tugashidan so‘ng darhol asos solingan

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə