“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   202
Moliya UMK

5-nazorat uchun savol 
Operatsiyada 
ishtirok 
etmagan 
tomonlarni 
muhim 
axborot 
bilan 
ta’minlaydigan moliyaviy bitimga misol keltiring. 
 
6. Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik 
muammolarini yechish

Agar moliyaviy operatsiyaning bir tomoni bitim bo‘yicha boshqa hamkor 
bilmaydigan axborotga egalik qilganda, yoki bir tomon boshqasi uchun qaror 
qiluvchi agent hisoblanganda paydo bo‘ladigan stimullashtirishning psixo-logik 
muammolari moliyaviy tizim yordamida hal qilinadi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, moliyaviy bozorlar va vositachilar risk va pul 
resurslarining samarali taqsimlanishiga yordam beruvchi bir necha funksiyalarni 
bajaradilar. 
Biroq, 
stimullashtirish 
psixologiyasiga 
tegishli 
bo‘lgan, 
vositachilarning ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarish layo-qatini cheklaydigan 
muammolar mavjud. Stimullashtirishning psixologik muammolari shartnoma 
tomonlari ko‘pincha bir-birini kuzatish va biri ikkinchisini nazorat qilish 
imkoniyatiga ega bo‘lmaganlari uchun yuzaga keladi.


45 
Stimullar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, odatda, uch turga bo‘linadi va 
ular xalqaro amaliyotda quyidagicha nom olgan: 
1. “Ma’naviy risk” muammosi; 
2. “Noqulay tanlov” muammosi; 
3. “Komitent
39
-komissioner”
40
muammosi. 
Ma’naviy risk 
yoki 
mas’uliyatsizlik 
(moral hazard) muammosi, masalan, 
qachonki sug‘urta polisiga egalik qilish sug‘urtalangan tomon katta riskka yo‘l 
qo‘yganda yoki yo‘qotishga yetaklovchi hodisaning oldini olishga kam harakat 
qilganda yuzaga keladi. Aynan mas’uliyatsizlik ko‘pincha sug‘urta kompaniyalari 
tomonidan riskning ayrim turlarini sug‘urta qilishni xoh-lamasliklarining sababiga 
aylanadi. Masalan, agar ulgurji ombor mulk-dori yong‘in hodisasiga sug‘urta 
polisini sotib olganda, uning uchun yong‘inga qarshi tadbirlarga pul sarflash 
stimuli kamayadi. Bu holat, uning omborida yong‘in bo‘lish ehtimoli, sug‘urta 
shartnomasi tuzilgunga qadar bo‘lgan holat-dagidan yuqori bo‘ladi. Agar sug‘urta 
summasi omborning bozor bahosidan yuqori bo‘lsa, unda ayrim ekstremal 
vaziyatlarda ombor egasi nafsga beri-lishi va pul olish uchun uni yoqib yuborishi 
ham mumkin. Potensial ma’-naviy risk tufayli sug‘urta kompaniyalari sug‘urta 
summasini qisqarti-radilar, yoki ma’lum bir holatlarda ayrim turdagi sug‘urta 
polislarini sotishdan umuman bosh tortadilar
41

Mijoz ishga bo‘nak (avans) to‘lasa va odam (yoki firma) ish qanchalik 
yaxshi yoki yomon bajarilishiga qaramay, bir xil summani oladigan vaziyat 
shartnoma tuzish sohasidagi mas’uliyatsizlikka misol bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin. Agar to‘lov faqat ish bajarilgandan so‘ng amalga oshirilganda edi, unda 
pudratchida, shubhasiz, to‘lovning avans shakliga qaraganda yaxshiroq harakat 
qilib ishlashiga stimul ko‘proq bo‘lar edi
42

Biznesni moliyalashtirishda yuzaga keladigan muammo ma’naviy risk-ning 
nisbatan kamroq misoli bo‘lib hisoblanadi. Faraz qilaylik, Sizda yangi korxona 
tuzish g‘oyasi tug‘ildi va Sizga ish boshlash uchun boshlang‘ich mablag‘ zarur. Siz 
uni qayerdan olishingiz mumkin? Olishingiz ehtimoli ko‘proq bo‘lgan manba bu – 
qarindoshlar va o‘rtoqlaringiz. Nima uchun? Negaki, Siz ularga ishonasiz. Ular esa 
Sizni bilishadi va Sizga ishoni-shadi. Bundan tashqari, ular Sizning tijoriy 
rejangizni, jumladan, tijoriy siringizni ham boshqa odamlarga ochmasliklari Sizga 
ma’lum. Qarindoshlar va o‘rtoqlar esa, o‘z navbatida, Sizning ularga yuz berishi 
mumkin bo‘lgan hech qanday muammo va asoratlarni berkitmasdan, bo‘lajak 
biznes to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim qilishingizga ishonadilar. Bundan tashqari, 
hatto ish boshidan muvafaqqiyatli bo‘lmagan va Sizda qiyin-chiliklar tug‘ilgan 
holatda ham, Sizning yaqinlaringiz, Siz ularning manfaatlarini himoya qilish uchun 
bor imkoniyatingizni ishga solishingizni bilishadi.
39
“Komitent” lotincha “committens”, “committentis” – topshiruvchi, topshiriq beruvchi Komissionerga 
o‘zining, ya’ni komitent hisobidan, lekin komissioner nomidan savdo bitimini tuzish haqida topshiriq beruvchi 
tomon (shaxs yoki tashkilot). Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394. 
40
«Komissioner» fransuzcha «commissionnaire», lotincha «commissio» - topshirish; topshiriq. Komitent 
hisobidan va uning foydasiga, lekin o‘z nomidan bitimlar tuzadigan shaxs yoki tashkilot – savdo-sotiq ishidagi 
vositachi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394. 
41
“Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi yana bir misol. 
42
“Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi navbatdagi misol. 


46 
Endi agar Siz bankdan qarz olishga qaror qilganingizda kelib chiqadigan 
vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, Sizga mutlaqo notanish bo‘lgan bank 
xizmatchisi bilan biznes rejangizni batafsil muhokama qilishni xohlamassiz. Yoki 
xoxlaysizmi? Axir bu variantda Sizga raqib bo‘ladigan boshqa mijozga bu 
to‘g‘rida aytib berishi mumkinligi istisno qilinmagan. Hattoki, Siz ushbu masalani 
hal etishga muvaffaq bo‘lsangiz ham, yana yangisi yuzaga kelishi mumkin va 
buning vujudga kelmasligiga hech kim kafolat beraolmaydi.
Qarzlarni taqdim qilish qarorini qabul qiluvchi bank xizmatchilari esa, 
mijozlarda bo‘lajak biznesning barcha mumkin bo‘lgan qiyinchiliklari to‘g‘risida 
ochiqchasiga gapirib berish uchun asos mavjud emasligi bois, ko‘pincha qarzni 
taqdim qilishga shunchaki rozi bo‘lmaydilar
43
. Shunisi ayonki, buni har qanday 
odam eng noiloj vaziyatdagina oshkora qilishi mumkin. Axir, buni “Hayot!” 
deydilar!!! 
Shunday qilib, axborot almashinishda, ish imkoniyatlariga nisbatan ma’lum 
bir tengsizliklar yoki nomutanosiblik yuzaga keladi: mijoz o‘zining bo‘lajak 
biznesi to‘g‘risida bank xizmatchisidan ko‘ra ancha ko‘p biladi. Buning ustiga, Siz 
bankka qarz uchun kelganingizda, bank xizmatchisiga o‘zining Siz uchun mutlaqo 
notanish odamligi, bank esa – biror-bir mas’-uliyatsiz muassasadan ortiq emasligi 
aniq ma’lum. Demak, ishingizning borishi yomonlashsa, Siz unga yaqinlaringiz 
mablag‘lari sarflanganida qanday yo‘l tutganingiz kabi harakat qilmas, ya’ni 
holatni to‘g‘rilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmas edingiz. Hatto, 
buning ustiga, Siz bu biznesdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz va 
qarzni to‘la-masligingiz ham mumkin. Shunday qilib, butun kuch bilan ishlash 
motivatsiyasi (stimuli) korxona riskining bir qism boyligi qarz oluvchini 
qiziqtirmaydigan tashkilotga (masalan, bank yoki sug‘urta kompaniyasiga)
ko‘chirilishi natijasida pasayib ketadigan vaziyat ma’naviy risk yoki 
mas’uliyatsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga misol bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə