“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Moliya UMK

moliyaviy tizim 
(financial system) 
deyiladi.
Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori, 
moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar 
taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu barcha 
muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi. “Zamonaviy 
moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu moliyaviy tizim 
evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu 
konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga 
vaqt omili
ni hisobga olgan holda pul 
resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, 
shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy 
qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini 
taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar 
qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z 
biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy 
direktori 
tele-kommunikatsiya 
xizmatlari 
bozoriga 
chiqish 
istiqbollarini 
belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik 
elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi. 
“Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga 
ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan 
oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni 
qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, 



barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani 
bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə