“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202
Moliya UMK

3. Qizil bayroqlar.
Sizga bozor narxi juda arzon aksiyalarni, soliqni ushlab 
qolish (to‘lamaslik) huquqini (tax lien), turli tangalar, san’at asarlari, uchqur otlarni 
sotishga intiladigan va qisqa muddat ichida pulingizni bir necha barobar 
ko‘paytirib berishga harakat qilayotgan har qanday maslahatchidan uzoqroq 
yurganingiz ma’qul. Shuning uchun esingizda tursin: bozorlarni, yoki biror “sir 
tutiladigan” strategiyadan ogohligini baralla aytayotgan har qanday inson yoki 
ahmoq, yoki firibgardir. 
Ikkinchidan, 
“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning sababi shundan iboratki, 
moliya sohasida asosiy bilimga ega bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham 
zarur. Hatto moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun ham 
moliyachilar foydalanadigan konsepsiya, usul va terminologiyani bilish zarur. 
Masalan, o‘zingiz to‘laydigan daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida, 
hech bo‘lmaganda, eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda soliqchi 
yoki soliq organi tomonidan “chalingan har qanday musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga 
chorangiz qolmaydi. Olayotgan pensiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni 
bildirish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-ku, yaxshi-ya, ammo 
aksincha bo‘lsa-chi? U holda, hech bo‘lmaganda, bu unga shu mutaxassislar bilan 
bemalol muloqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun ularni jalb qilish 
imkonini beradi.
Uchinchidan,
ajab emas (ehtimol), Sizni zamonaviy (amaliy) moliya 
sohasida karera qilish qiziqtirib qolsa. Sir emas, bu sohada karera qilish uchun 
ulkan imkoniyatlar borki, kelajakda ular o‘z samarasini beradi, albatta. Buning 
uchun inson zamonaviy moliyaning barcha sir-asrorlarini egallashi lozim. 
Moliyachilarning aksariyat qismi iqtiso-diyotning moliya sohasida – banklarda, 
sug‘urta kompaniyalarida yoki investi-tsiyalarni boshqarish sohasida ishlaydi. 
Ammo ko‘pchilik moliyachi mutaxas-sislar xoh xususiy bo‘lsin, xoh davlat 
tashkiloti, nomoliya tashkilot-larining moliya bo‘yicha boshqaruvchisi sifatida 
faoliyat yuritadilar. Ba’zilar esa akademik karerani afzal ko‘radilar.
Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy 
maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar (ehtiyoj sezadilar). Bundan 
tashqari, moliya sohasida ta’lim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karera 
qilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. Shu o‘rinda, 


10 
bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korpo-ratsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z 
mehnat faoliyatini, dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə