Молиявий таҳлил



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/25
tarix20.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#128938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
MT 1-mavzu. Iqtisodiy tahlil fanining nazariy asoslari

“TAHLIL” - “SINTEZ”


Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi.
Real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklari aniqlanadi.
“Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi.

Zamonaviy boshqaruvni

  • yaqin va uzoq davriylikni qamrab olgan – rejalashtirish;
  • mulk egalari va maqsadli foydalanuvchilarni moliyaviy va boshqa axborotlar bilan ta’minlovchi – buxgalteriya hisobi;
  • axborotlarni chuqur qayta ishlash, faoliyatga obyektiv baho berish, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash orqali tezkor, joriy va istiqboldagi boshqaruv strategiyasini belgilab beruvchi – iqtisodiy tahlil;
  • faoliyatni yo‘lga qo‘yish va maqsadli boshqarishning aniq yechimlari va natijaviyligini ta’minlovchi, innovatsion va aqlli iqtisodni ta’minlashga imkon beruvchi – ilmiy faoliyat;
  • faoliyat samaradorligi va natijaviyligidan kelib chiqqan holda munosabatlarni muvofiqlashtirishning muhim mezoni bo‘lgan – mehnatni munosib rag‘batlantirish;
  • va boshqa (ijtimoiy, ekologik, texnikaviy, tashkiliy) jihatlarni qamrab olgan – murakkab tizim deb qarash lozim.

Boshqaruv, uning muhim elementlari


Ko‘rsatkichlar

Tizimga kiruvchi birliklar

Tasnifi

Boshqaruv (Menejment)

Korxona faoliyat samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmui

Turli xil usullar, ishlarni tashkil etish va faoliyatni nazorat qilish bilan amalga oshiriladigan muayyan turdagi boshqaruv faoliyati


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə