Молиявий таҳлил


Obyektivlik, aniqlik va ishonchlilik



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə8/25
tarix20.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#128938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
MT 1-mavzu. Iqtisodiy tahlil fanining nazariy asoslari

Obyektivlik, aniqlik va ishonchlilik

Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi ma’lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham korxonada doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib borilishi talab etiladi

Ta’sirchanlik

Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning natijalariga bevosita aralashishi, rezervlarni, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi lozimligini ifoda etadi

Rejalilik

Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‘rtasida taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda etadi

Samaradorlik

Tahlilni o‘tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi

Operativlik

Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, qarorlar qabul qilish va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va tezkorlikni taqozo qiladi

Demokratik

Tahlilni o‘tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini jalb qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi

Iqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari


Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar bilan ta’minlanganligi hamda ulardan samarali foydalanganligini ta’sir etuvchi omillar asosida, axborot manbalariga binoan monitoring etib, foydalanuvchilarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlashni fanning maqsadi deb hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiy tahlil quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
- o’rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga to’g’ri va holisona baho berish;
- tuzilgan biznes reja ma’lumotlarining to’g’ri va ilmiy asoslanganligini baholash;
- moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanishga baho berish;
- iqtisodiy tahlil tamoyillari va xo’jalik hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish;
- monitoring natijasida samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash;
korxonani rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy asos bo’ladigan ko’rsatkichlarni aniqlash;
- xo’jalik sub’ektini kelgusida faoliyati bo’yicha takliflar tayyorlash va h.k..

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə